1. Umumiy malumotlar Differensial usul Kompleks usul




Download 188.49 Kb.
bet1/3
Sana29.03.2024
Hajmi188.49 Kb.
#181152
  1   2   3
Bog'liq
Sanoat binolarida katta oraliqlar ko‘pincha avia va kemasozlik y
(Tafakkur operasiyalari) Y. Mashhura, Umumiy ma\'lumoti tayyori. Doc (1), 8-SINF FIZIKA TAVSIYA (2) (3), wwwwwww213, 122easds, sdfsdjfdsogrel3434, Термиз шаҳар СПИСОК, DAVR TERMIZ ELIT МЧЖ, L. N. TOLSTOYNING URUSH VA TINCHLIK ROMANI, tárbiyalıq isler Redjepiva Madina, diplom00000, readingpracticetest1-v5-10206, Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u, дин шунослик 6 мус иш

Mavzu: Katta oraliqlar ustidagi tom yopmalarning konstruksiyalari
Reja:
1.Umumiy malumotlar
2. Differensial usul
3. Kompleks usul
Sanoat binolarida katta oraliqlar ko‘pincha avia va kemasozlik yig‘uv sexlarida, mashinasozlik korxonalarining yig‘uv va eksperimental sexlarida eng ko‘p qo‘llaniladi. Binolardan foydalanish va yong‘in xavfsizligi texnologiyasi samolyotlarning turishi va ta’mirlanishi uchun mo‘ljallangan, qo‘shma transport birliklarining katta miqdori joylashtiriladigan yirik avtobus va trolluybus parklari uchun katta oraliqli binolarni loyihalashni talab etadi. Katta oraliqli binolarning xilma – xilligi va ularga qo‘yiladigan turli xil talablar tegishli konstruktiv yechimlarga sabab bo‘ldi. Ko‘pincha, ramali, to‘sinli tizimlar, arkali ustyopmalar va osma fazoviy tizimlar qo‘llaniladi. Fazoviy inshootlarning konstruktiv yechimlari, ularni barpo etish shartlari, qurilish maydonining xususiyatlari, montaj qilish mexanizmlaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘pincha eng maqbul texnologiyani va inshootni barpo etish ketma – ketligini talab etadi. Odatda, inshootni barpo etish uchun montaj qilishning xilma – xil usullaridan foydalanish mumkin, ko‘pincha ular birga qo‘shib foydalaniladi va shu bilan texnologiyalarning ko‘p variantligini tashkil etadi, bunda maqbul texnologiyani tanlash montaj ishlarini loyihalashning mazmunli masalasini tashkil etadi. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalarda karkasning asosiy elementlari – ustunlar va fermalari juda kamdan – kam hollarda yiriklashtiriladi. Ko‘pincha metall elementlar – kran osti to‘sinlari, ustunlar, deraza panjaralari, bog‘lamalar, fonar konstruksiyalari, kompleks yiriklashtirilgan bloklar – metall ko‘taruvchi konstruksiyali va samarali engillashtirilgan ustyopmali (tomli) qoplama bloklari yiriklashtiriladi. Konstruksiyalarni rulonlashtirish usuli – metall listli konstruksiyalarni yiriklashtirib yig‘ishning bir turi bo‘lib metall konstruksiyalarni tayyorlovchi zavodda amalga oshiriladi. Bu usul rezervuarlarni, gazgolderlarni, oziq-ovqat va kimyo sanoati silindrik idishlarini (sig‘imlarini) montaj qilishda qo‘llaniladi. Ko‘tarish-montaj qilish jihozlari uchta asosiy guruhga bo‘linadi: Montaj kranlari – avtomobil, pnevmog‘ildirakli, maxsus shassiga o‘rnatilgan kranlar, gusenitsali, minorali, chorpoyali, temir yo‘lli. Kransiz moslama – chig‘ir, polispast, ko‘targichlar, domkratlardan foydalanib, konstruksiyalarni ko‘tarish va joylash uchun. Yuk ko‘taruvchi qurilmalar – montaj qiluvchi machtalar, shevrlar, portal ko‘targichlari, domkratlar massasi seriyali kranlarning yuk ko‘tarish qobiliyatidan ortiq bo‘lgan konstruksiyalar va jihozlarni montaj qilish uchun. Binoni montaj qilishda montaj qiluvchi mexanizmlarni tanlash muhim masala hisoblanadi. Bir qavatli sanoat binolarini montaj qilishda juda xilma – xil kran qurilmalari (uskunalari) qo‘llaniladi:
• yuk ko‘tarish qobiliyati 6,3...16 t bo‘lgan avtomobil kranlari;
• pnevmog‘ildirakli kranlar (10...100 t.); 49
• gusenitsali kranlar (6,3...160 t) • minorali kranlar (60...100 t);
• temir yo‘l kranlari (16...30 t);
• chorpoya kranlar (15...100 t.);
Temir yo‘l va chorpoya kranlarini odatda montaj ishlarini bajarish uchun loyihalashtirilmaydi, ammo qayta qurishda yoki kengaytirishda bunday kranlar bilan jihozlangan ishlab chiqarish majmuilarida ular ishlarini amalga oshirish uchun ishlatilishi mumkin. Ayniqsa yengil turdagi binolarni elementlab montaj qilishda ko‘pincha avtomobil va gusenitsali kranlar qo‘llaniladi, chunki ular ko‘proq harakatchan, ishlashda qulayligi bilan farq qiladi. O‘rtacha va og‘ir turdagi bir qavatli binolarni blokli va yirik blokli montaj qilishda katta ko‘tarish qobiliyatiga ega, ko‘pincha minora-strelali qurilma bilan jihozlangan gusenitsali kranlardan foydalaniladi. Bunday montaj qilishda ko‘pincha minorali kranlarni va SRK relsli kranlarni qo‘llanish nazarda tutiladi. Ulardan biri SRK – 3500 (yuk momenti 3500 t bo‘lgan strelali relsli kran) 35 m kulochda 100 t gacha yuk ko‘tarishi mumkin. Kran osti yo‘llarini qurish zarurligi minorali va strelali relsli kranlarning qo‘llanilishini ancha murakkablashtiradi. Pnevmog‘ildirakli kranlar yaxshigina yuk ko‘tarish va geometrik tavsiflarga ega, lekin montaj ishlarini bajarishda nisbatan kam qo‘llaniladi. Nisbatan og‘ir konstruksiyalarni montaj qilish uchun bunday kranlarga chiqariluvchi tayanchlar o‘rnatish talab etiladi, bu esa montaj ishlari sur’atini ancha pasaytiradi, shuning uchun gusenitsali kranlar qo‘llash afzaldir. Binoning karkaslarini montaj qilish uchun montaj qiluvchi kranlarga bo‘lgan faqat ehtiyojnigina emas, balki ularni joylashtirishni ham loyihalashtirish zarur. Ishlar amalga oshirilayotgan joyda mavjud kranlarga bog‘liq holda, ularni arendaga olish imkoniyatlariga, shuningdek binoning konfiguratsiyasiga, uning geometrik tavsiflariga, konstruktiv echimlarining xususiyatlariga bog‘liq holda qaror qabul qilinadi. Odatda kranlar joylashuvining ikki varianti tahlil qilinadi: 1. Kran bino karkasi ichida joylashgan. Montaj qilish “o‘ziga tomon” amalga oshiriladi, kran orqaga tisarilib, karkasning montaj qilingan yacheykalarini qoldirib montajni amalga oshiradi. Montaj qilishni bunday tashkil etishda elementlarni ko‘tarish joyida ularni oldindan joylashtirib olish oson. Konstruksiyalar montaj qilish xududiga kran harakatiga qarshi tomondan etkazib beriladi. Bunda konstruksiyalarni tushirish va ularni montaj qilish karkasning turli xil yacheykalarida amalga oshiriladi va ishchilar bir – birlariga xalaqit berishmaydi. Kranning bino karkasi ichida harakatlanishi qurilish amaliyotida juda keng tarqalgan, u oqilona va iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydi. 2. Kran montaj ishlarini bino karkasining tashqarisidan amalga oshiradi. Bunday qaror binoning yerosti xo‘jaligi rivojlangan holatda, demak yer ishlari hajmi, texnologik jihozlar ostiga poydevorlar qurish bo‘yicha beton ishlari hajmi katta bo‘lganda muhandislik kommunikatsiyalari tunnellar bilan yotqizilganda qabul qilinadi. Bu holda konstruksiyalarni montaj qilishga uzatish montaj qilish 50 yo‘nalishida yoki boshqa tomondan amalga oshiriladi, bu qurilish maydonchasidagi aniq sharoitlarga bog‘liq. Karkas elementlarini o‘rnatish ketma – ketligi Elementlarni o‘rnatish ketma – ketligiga bog‘liq holda montaj qilishning differensial (alohida), kompleks va aralash (kombinatsiyalashgan) usullari qo‘llaniladi.

Download 188.49 Kb.
  1   2   3




Download 188.49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Umumiy malumotlar Differensial usul Kompleks usul

Download 188.49 Kb.