|
umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasiBog'liq 1 umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi 112353 (3)14
umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
strategiyalarining samaradorligini belgilovchi muhim omillarni belgilab
berishga erishish;
globallashuv davrida mehnat bozori talablariga mos, nostandart
masalalarni ijodkorlik yondoshuvi asosida yecha oladigan yoshlarni
tarbiyalash masalasini amalga oshirish uchun muayyan fikrlash modellari
zarur, bolalarda bunday fikrlash modellari maktab yoshida shakllanadi.
Jahon
ta’lim tizimida fan va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng
foydalanish, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror
rivojlantirish mamlakatning munosib kelajagini barpo etishning muhim omili.
Yuqori kasbiy kompetentlikka ega, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash,
ta’limda innovatsiyalar, o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini
keng joriy etish
o‘quvchilarning motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va
o‘z-o‘zini baholash kabi indikatorlar asosida ilmiy izlanishlarni amalga oshira
oladigan qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim rol
o‘ynaydi.
Innovatsion iqtisodiyotda zamonaviy AKT ni yuqori darajada bilish,
raqamli texnologiyalarni
o‘zlashtirish va rivojlantirish qobiliyati o‘ta muhim
omil sifatida qaraladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fani - umumiy
o‘rta ta’lim o‘quv
fanlarining tarkibiy qismi,
o‘quvchilarga ilm-fan asoslari to‘g‘risidagi bilimlarni
amaliyotga joriy qilish, inson faoliyati, umumiy, raqamli va moddiy
madaniyatning turlarini shakllantirishning umumiy tamoyillari,
o‘ziga xos
ko‘nikmalarini o‘zlashtirish, shuningdek, raqamli texnologiyalar asosida
amaliy muammolarning innovatsion yechimlarini topish va hayotga tadbiq
etish imkonini beradi.
5-bob. INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINING
O‘QUV-METODIK TA’MINOTINI RIVOJLANTIRISH
Informatika va axborot texnologiyalari fanini
o‘qitish jarayonida o‘quv-
metodik
ta’minoti tarkibiga quyidagilar kiradi:
Informatika va axborot texnologiyalari fani
bo‘yicha tayanch o‘quv reja;
Informatika va axborot texnologiyalari fani
bo‘yicha davlat ta’lim
standartlari;
Informatika va axborot texnologiyalari fani
bo‘yicha o‘quv dasturlari;
Informatika va axborot texnologiyalari fani
bo‘yicha malaka talablari;
Informatika va axborot texnologiyalari fani
bo‘yicha o‘quvchilarning
kompetensiyalarini baholash tizimi asosida amalga oshiriladi.
Umumiy
o‘rta ta’limning barcha darajalari uchun informatika fani
bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodi yaratiladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanining maqomi matapredmetli
bilimlar,
ya’ni inson faoliyati va umumiy ta’lim mazmuni bilan atrof-muhit
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlashdagi, hayotiy muammolarni
yechishda muhim vosita sifatida qaraladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanini
o‘qitishning mazmuni,
usullari va pedagogik texnologiyalarini modernizatsiya qilish, uni moddiy-
Лойиҳа
|
| |