• Ona tili va adabiyot, xorijiy tillar
  • Ta’lim texnologiyasi STEAM




    Download 0.82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/76
    Sana25.02.2023
    Hajmi0.82 Mb.
    #43476
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
    Bog'liq
    1 umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
    112353 (3)
    Ta’lim texnologiyasi STEAM aniq fanlar blok-modulida o‘quvchilarning 
    egallagan bilim, 
    ko‘nikma va malakalarini kundalik hayot bilan bog‘liqligini 
    ko‘rsatishda dars va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quv tadqiqotlarini 
    o‘tkazish, tajribalarni bajarish, loyihalashtirishga yo‘naltirilgan ijodkorligini 
    tarbiyalash, yangiliklar yaratishga 
    bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga 
    qaratilgan. 
    Bu texnologiyani amalga oshirishda 
    o‘quvchilar tomonidan turli texnik 
    qurilmalarni yasash uchun loyihalar yaratish, loyiha asosida qurilmaning 
    maketini yaratish va uni amaliyotda ishlatib 
    ko‘rish, kamchiliklarini topish 
    hamda uni bartaraf etish kabi vazifalar bajariladi. 
    Aniq fanlar blok-modulida 
    o‘quvchilar mantiqiy fikrlashini va amaliy 
    ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan xalqaro baholash dasturi (PISA
    TIMSS) talablariga mos keladigan topshiriqlar bilan ishlashga 
    mo‘ljallangan 
    amaliy 
    mashg‘ulotlar hamda mustaqil bajarishga va ijodiy fikrlashga 
    undovchi amaliy topshiriqlar bilan ishlashni yosh avlod ongiga singdirish 
    o‘qituvchi oldidagi asosiy vazifalardan biri sanaladi. 
    Лойиҳа



    umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi 
    Aniq fanlarni 
    o‘qitishda nafaqat ularning o‘zaro ichki, balki tashqi, ya’ni 
    turdosh blok-modullar tarkibiga kiruvchi fanlar bilan integratsiyasi ham katta 
    ahamiyatga ega. Jumladan, quyidagi fan 
    yo‘nalishlari bilan o‘zaro 
    chambarchas aloqalari muhim hisoblanadi:
    Ona tili va adabiyot, xorijiy tillar
    orqali shakllantiriladigan 
    kompetensiyalar tabiiy va iqtisodiy fanlarni 
    o‘qitishda o‘quvchilarning 
    ijodiy fikrlashini rivojlantirishda, yozma va 
    og‘zaki ravishda o‘z 
    qarashlarini ravon bayon etish malakalarini hosil qilishda, ilmiy atamalarni 
    to‘g‘ri qo‘llash hamda baxs-munozaralar jarayonida erkin muloqot qilishga 
    o‘rgatishda muhim o‘rin tutadi. 
    Tarix 
    o‘quv predmeti tabiiy va iqtisodiy fanlar bilan ham bevosita 
    bog‘langan. Ilm-fan yutuqlarining ishlab chiqarish sohalari, iqtisodiy-
    ijtimoiy munosabatlarining rivojlanishi va atrof-muhit holatiga 
    ta’sirini 
    ko‘rsatishda tarixiy ma’lumotlarning ahamiyati kattadir. 
    Matematika 
    o‘quv predmeti insonning intellektini, diqqatini 
    rivojlantirishda, 
    ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va 
    irodani tarbiyalashda
    algoritmik tarzdagi 
    tartib-intizomlilikni 
    ta’minlashda va tafakkurini kengaytirishda katta o‘rin tutadi. Matematika 
    olamni bilishning asosi 
    bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning 
    o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va 
    texnologiyalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. 

    Download 0.82 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




    Download 0.82 Mb.
    Pdf ko'rish