5
umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
Jahon
ta’lim tizimida fan va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng
foydalanish, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror
rivojlantirish mamlakatning munosib kelajagini barpo etishning muhim omili.
Yuqori
kasbiy kompetentlikka ega, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash,
ta’limda innovatsiyalar, o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini
keng joriy etish
o‘quvchilarning motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va
o‘z-o‘zini baholash kabi indikatorlar asosida ilmiy izlanishlarni amalga oshira
oladigan qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim rol
o‘ynaydi.
Innovatsion iqtisodiyotda zamonaviy AKT ni yuqori darajada bilish,
raqamli texnologiyalarni
o‘zlashtirish va rivojlantirish qobiliyati o‘ta
muhim
omil sifatida qaraladi.
Informatika va AT
o‘quv predmeti - umumiy o‘rta ta’lim o‘quv fanlarining
tarkibiy qismi,
o‘quvchilarga ilm-fan asoslari to‘g‘risidagi bilimlarni amaliyotga
joriy qilish, inson faoliyati, umumiy, raqamli va moddiy madaniyatning
turlarini shakllantirishning umumiy tamoyillari,
o‘ziga xos ko‘nikmalarini
o‘zlashtirish,
shuningdek, raqamli texnologiyalar asosida amaliy
muammolarning innovatsion yechimlarini topish va hayotga tadbiq etish
imkonini beradi.
Лойиҳа