1. Umumiy tushunchalar. Transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi Transformatorning ish rejimlari




Download 0,79 Mb.
bet1/7
Sana17.05.2024
Hajmi0,79 Mb.
#240883
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. Umumiy tushunchalar. Transformatorning tuzilishi va ishlash p


TRANSFORMATORDAGI QUVVAT ISROFLARI VA UNING FOYDALI ISH KOEFFITSIYENTI.
REJA:
1. Umumiy tushunchalar.
2. Transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi
3. Transformatorning ish rejimlari.
4. Transformatordagi quvvat isroflari va uning foydali ish koeffitsienti.

Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar.

Elektrotexnikaning asosiy vazifalaridan biri elektr energiyasini bir joydan ikkinchi joyga uzatishdir. CHunki elektr energiyasining iste’molchilari aksariyat hollarda yoqilg‘i va gidroresurslar tabiiy joylashgan rayonlarga qurilgan elektr stansiyalaridan bir necha o‘nlab va yuzlab kilometr masofalarda joylashadi. Elektr energiyasini uzatish liniyalarida esa quvvatning issiqlikka sarf bo‘ladigan isrofi va kuchlanishning pasayuvi doimo mavjuddir. Liniyaning uzunligi ortgan sari bu ko‘rsatkichlar ham ortadi. Elektr tokining to‘la quvvati ( )ni o‘zgartirmagan holdi uni turli kuchlanish va tok bilan uzatish mumkin. Quvvat formulasidan ko‘rinib turibdiki, uzatishda kuchlanish qanchalik yuqori bo‘lsa ( ), tok kuchi shunchalik kichik bo‘lib, u bilan bog‘liq isroflar ham shunchalik kam bo‘ladi. Tok kuchini kamaytirish uzatish simining ko‘ndalang kesimini kichik olishga va rangli metallarni tejashga imkon beradi.


Hozirgi vaqtda o‘zgaruvchan tokning 35, 110, 220, 500, 750, va 1150kV kuchlanishli uzatish liniyalari mavjud. Ammo o‘ta yuqori kuchlanishlarni bevosita generatorlardan olib bo‘lmaydi. Odatda, elektr stansiyalaridagi generatorlarning nominal kuchlanishi ko‘pi bilan 21kVdan oshmaydi. Elektr energiyasining iste’molchilari esa 380/220; 220/127 V nominal kuchlanishlarga mo‘ljallangan. SHuning uchun generatorlar ishlab chiqaradigan elektr energiyasining nisbatan past kuchlanishli, ammo katta tok kuchiga ega bo‘lgan quvvatini (hozirgi vaqtda 150,300, 500, 800 va 1200 ming kVli generatorlar ishlab chiqariladi) yuqori kuchlanishli va nisbatan kichik tok kuchiga ega bo‘lgan quvvatga o‘zgartirish kerak. Bu vazifa transformatorlar yordamida oddiygina hal etiladi.
Transformatorning ixtirochisi P.N.YAblochkov hisoblanadi. U 1876 yilda elektr yoy lampasi uchun manba sifatida ilk bor transformatordan foydalangan.
Transformatorlardan foydalanish 1891 yili uch fazali transformatorning konstruksiyasi ishlab chiqilib, elektr energiyasini uch fazali tok sistemasi yordamida uzatish amalga oshirilgandan so‘ng yanada kengaydi. Bu elektrlashtirishning jadal rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
1-rasmda elektr energiyasini transformatorlar yordamida uzatish sxemasi ko‘rsatilgan. Sxemadan ko‘rinib turibdiki, elektrostansiyada generator ishlab chiqarayotgan elektr energiyasi transformator Tr1 yordamida 6kv kuchlanishdan 35 kVgacha orttirilib, elektr uzatish liniyasi orqali taqsimlovchi podstansiyaga berilmoqda. U erda pasaytiruvchi transformator Tr2 yordamida kuchlanish 35 kVdan 6 kVgacha pasaytirilib, iste’molchining transformatori Tr3 ga uzatilmoqda. Bunday transformatorlardan bir nechta bo‘lishi mumkin. Transformator Tr3 yordamida kuchlanish 6kVdan iste’molchi uchun zarur bo‘lgan 380/220, 220/127V kuchlanishlarga aylantiriladi.Ko‘rinib turibdiki, elektr energiyasi elektristansiyadan iste’molchiga etib kelguncha uch marta transformatsiyalanmoqda. Real hollarda transformatsiyalanish soni bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin.



Download 0,79 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 0,79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Umumiy tushunchalar. Transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi Transformatorning ish rejimlari

Download 0,79 Mb.