1. Viruslarining asosiy xossasini. Gripp, paragripp, qizamiq, gepatitlar keltirib chiqaradigan kasalliklari




Download 76.43 Kb.
bet4/8
Sana10.05.2022
Hajmi76.43 Kb.
#20810
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17-Mavzu
Informatika va informatsion texnologiyalar faniga kirish va kurs (1), Mavzu Tibbiyotda ishchi o’rinlarini avtomatlashtirishda va tibb, 1-mavzu
Viruslarni undirish usullari. Viruslar faqat to‘qimalarda o‘sadi. Ular tovuq embrionida, kultura to‘qimalarida, sezuvchan hayvon organizmida, bo‘g‘imoyoqlilar organizmida o‘stiriladi.
Viruslarni o‘rganishning dastlabki davrida olimlar hayvonlarga yuqtirib kuzatishgan. Lekin bu usul juda murakkab bo‘lib, ko‘pgina viruslarga esa hayvonlar sezuvchan ham emas edi. Virusologiya rivojlanishida ularni tovuq embrionida, odam va hayvon kultura to‘qimalarida o‘stirish katta natijalar berdi.
Tovuq embrionini zararlash. Viruslar bilan zararlash uchun 7—12 kunlik tovuq embrioni olinadi va u 37°C li termostatda qoldiriladi. Havodagi namlik yetarli bo‘lishi uchun esa termostatga idishda suv quyiladi.
Tovuq embrionining tajribaga yaroqliligi embrionning harakat- lanishi va xorion-allantois qobig‘idagi qon tomirlarining ko‘rinishiga qarab aniqlanadi. Buning uchun ovoskopdan foydalaniladi.
Tovuq embrionining quyidagi qatlamlariga zararli materiallar yuboriladi:

  1. xorion — allantois qobig‘iga;

  2. allantois bo‘shlig‘iga;

  3. amniotik bo‘shlig‘iga;

  4. sariqlik qopchasiga.

Tovuq embrionini zararlash bokslarda, steril sharoitda, steril asboblar yordamida olib boriladi. Ishni boshlashdan avval tovuq embrioni ikki marta spirtga namlangan paxta bilan artib yuborilishi lozim.
Xorion—allantois qobig‘ini zararlash. Tuxum spirt bilan zararsiz- lantirilgandan so‘ng uning to‘mtoq qismini po‘stlog‘i, so‘ngra po‘stloq ostidagi parda olinadi va shunda xorion—allantois qobig‘i ko‘rinadi. Zararli materialdan steril shpris yoki pipetka yordamida 0,1—0,2 ml olib, xorion—allantois qobig‘iga yuboriladi. So‘ng tuxum po‘stlog‘i yana yopilib, ustidan eritilgan parafin quyiladi.
Tuxumning boshqa butun joyiga unga qanday zararli material yuborilganligi oddiy qalamda yoziladi.
Amniotik bo‘shlig‘ini zararlash. Tuxum ovoskopga qo‘yilib, uning yon tomonidan qon tomirlari kam bo‘lgan xorion—allantois qavati qatlam bilan belgilab olinadi. Tuxum gorizontal holatda zararsiz­lantiriladi. Maxsus steril nayza bilan uning po‘sti 2—3 mm chuqurlikda teshiladi va shu teshik orqali steril shpris yordamida zararli material amniotik bo‘shlig‘iga yuboriladi. Yuborilayotgan suyuqlik toshib ketmasligi uchun tuxumni havo qopi tomonidan teshib qo‘yish lozim. Zararli material yuborilgandan so‘ng har ikki teshik parafin bilan bekitiladi.
Allantois bo‘shlig‘iga yuborish. Zararlash qorong‘ilashtirilgan boksda olib boriladi. Tuxumning havo qatlami belgilab olinadi va zararsizlantiriladi. So‘ngra uning po‘stidan bo‘shliq ochib, steril shprisda zararli material embrion tomon harakatlantiriladi. Agarda igna allan­tois bo‘shlig‘iga yetgan bo‘lsa, embrion soyasi o‘z joyini o‘zgartiradi. Zararli material yuborilgandan so‘ng teshik parafin bilan bekitiladi.
Virusning biologik xossasiga qarab zararlangan tuxumni saqlash vaqti va harorati belgilanadi. Zararlangan tuxumni har kuni ovoskopga qo‘yib, embrionning tirikligi tekshiriladi. Embrion birinchi kuniyoq nobud bo‘lsa, u zararli material yuborilayotganda shikastlangan, degan xulosaga kelinadi. Bunday tuxumlar tajribadan chetlashtiriladi.
Embrionning har bir qatlamini o‘rganish talab qilinadi. Buning uchun material ma’lum tartibda to‘planadi. Dastlab allantois suyuqligi, so‘ngra amniotik suyuqligi pipetkada so‘rib olinadi, xorion allantois qobig‘i, amniotik qobig‘i, embrion sariqlik qopchasi va shundan so‘ng xorion allantois qobig‘i ajratiladi. Xorion allantois qobig‘idagi o‘zga- rishlarning tavsifiga qarab zararlangan embrionda virus borligi aniqlanadi.
Gemagglutinatsiya aktivligiga ega bo‘lmagan viruslar komplement bog‘lanish reaksiyasi yordamida aniqlaniladi. Allantois yoki amniotik suyuqlikda virusni aniqlash uchun gemagglutinatsiya reaksiyasi qo‘yi- ladi.
Kultura to‘qimalarida undirish usuli
Sezgir to‘qima kulturalarida viruslarni undirish uchun odam va turli xil hayvonlar to‘qimalaridan foydalaniladi. Birlamchi tripsinlan- gan bir qatlamli kulturalar va organizmda qaytadan ishlangan to‘qi- malar yuborish amaliyotda keng qo‘llaniladi.
Bir qatlamli kultura to‘qimalar yassi shisha — matraslarda undiriladi. Suyuq oziqa muhitning to‘qima suspenziyalari 37°C haroratda ma’lum gistologik tuzilishga ega bo‘lgan «In vitro» to‘qima qatlamlari o‘zga- rishiga (degeneratsiyaga) qarab viruslarning bor-yo‘qligi aniqlanadi. Virus saqlovchi materialni unga mos bo‘lgan ma’lum turdagi zardobni qo‘shib, viruslarni neytrallanishiga qarab aniqlash mumkin.
Bu usullar tekshirish natijalarini tezroq olishga yordam beradi va ancha tejamli hisoblanadi. Agar viruslar sitopatologik o‘zgarishlar keltirib chiqarmasa yoki tovuq embrionida o‘smasa, bunday hollarda laboratoriya hayvonlarini zararlash usulidan foydalaniladi.
Viruslarni undirish uchun qayta ishlangan to‘qimalardan foydalaniladi. Bu to‘qimalar xavfli o‘smalardan olinadi. Bir qatlamli to‘qimalar odam, tovuq, hayvon embrionlaridan olinadi. Bir qatlamli to‘qimalar ularda viruslar undirish usulining oddiyligi va natijani osongina o‘qilishi bilan ustun turadi.
To‘qimalarning organizmdan tashqarida rivojlanish qobiliyati ularning differensiyalanish darajasiga bog‘liq. Kamroq differensiyalangan to‘qimalar katta proliferatsiya (to‘qima elementlarining ko‘payishi) qobiliyatiga ega (masalan, biriktiruvchi, epitelial to‘qimalar).
Birlamchi kultura to‘qimalarini tayyorlash usulining mohiyati hujayralararo to‘qimalarni parchalash va ularni ajratib bir qatlamli to‘qimalar hosil qilishdan iborat.
To‘qimalarni ajratish, asosan, ularga proteolitik fermentlardan tripsinni ta’sir ettirish yo‘li bilan olib boriladi. Tripsin eritmasi hujay- ralarni bo‘linib, ko‘payish xususiyatini saqlab qolgan holda, ularni ajralishini ta’minlaydi. To‘qimalar kulturasini o‘stirish uchun ma’lum oziqa muhitlar kerak. Oziqa muhitlar tarkibi juda murakkab bo‘lib, qator ingrediyentlar (aminokislota, glukoza, vitamin, mineral tuzlar, kofermentlar va b.)ni o‘z ichiga oladi. To‘qimalar kulturasi aseptik sharoitda olinadi. Bakterial florani o‘ldirish uchun oziqa muhitlariga antibiotiklar (1 ml oziqa muhitiga 500 birlik penitsillin va 250 birlik streptomitsin) qo‘shiladi. Tayyorlangan to‘qimalarga 0,25 % li isitilgan tripsin eritmasi quyiladi va termostatda 37°C ga qoldiriladi. To‘qima o‘stirilayotgan davrda kolbani vaqt-vaqti bilan aylantirib turiladi. Tripsinlangan to‘qimalar 5 daqiqa davomida 800—1000 aylanma tezlikda sentrifuga qilinadi.
To‘qimalarni jarohatlamaslik uchun tripsinlash va sentrifugalashni juda ehtiyotlik bilan olib borish lozim. Sentrifuga qilingandan so‘ng cho‘kma ustidagi suyuqlik to‘kiladi, cho‘kmasi esa oziqa muhitiga joylashtiriladi. Bir xil to‘qima aralashmasi hosil bo‘lishi uchun cho‘kma bir qavatli steril dokali voronka orqali filtrlanadi. To‘qima aralashmasini sterillikka tekshirish uchun 0,1 ml.dan olib, ikkita probirkadagi shakarli sho‘rvaga ekiladi.
To‘qimalar kulturasini yaxshi o‘sishi ekilayotgan to‘qimalarning miqdoriga bog‘liq. Shu sababli tripsinlangandan keyin Goryayev kamerasidagi to‘qimalar hisoblanadi. To‘qima aralashmasi bo‘lingan- dan so‘ng 1 ml.da 500000—1000000 ta to‘qima nisbatida oziqa muhitida suyultiriladi va probirkalarga hamda matraslarga quyiladi. To‘qima kulturasi bo‘lgan probirkalar termostatda qiyshaytirilgan holda qoldiriladi.
Ekilgan kulturalar o‘sayotganligini bilish uchun ular har kuni mikroskopning kichik obyektivida o‘rganib turiladi. Normal prolife- ratsiyalangan hujayralar yorug‘ va bir qatlamli bo‘lib o‘sadi. Agar hujayralar qorong‘i, donador va proliferatsiyalangan bo‘lmasa, muhit ifloslanganligidan (idishlar yaxshi tozalanmagan yoki ingrediyentlar iflosligidan) dalolat beradi. Bunday kulturalar tajribadan chetlash- tiriladi.
Oziqa muhitlar kultura ekilgandan so‘ng 2—3 kunda almashtirib turiladi, bu proliferatsiya kuchini yaxshilaydi. Normal, yaxshi prolife- ratsiyalangan hujayralargina tekshirilayotgan material bilan zararlanadi.
Qayta ishlangan kulturalar xavfli o‘smalardan olinadi. Hela shtammi Helena ismli ayolning bachadon bo‘yin rakidan (1950-yil), Her—2 shtammi yutqin rakidan olingan. Bu hujayralar laboratoriya sharoitida ketma-ket ekish yo‘li bilan o‘stiriladi. Ularning o‘ziga xosligi shundan iboratki, hujayralar uzoq vaqt davomida bo‘linib ko‘payadi. Hozirgi vaqtda bu hujayralar minglab (generatsiyadan) avloddan almashib o‘tgan. Ekish jarayonida ular ayrim morfologik va biokimyoviy xossalarini yo‘qotadi, ya’ni mutatsiyaga uchraydi. Shunday bo‘lsa ham, ular viruslarni o‘ldirish qobiliyatiga egadirlar. Bunday to‘qima kulturalaridan butun dunyo laboratoriyalarida foydalaniladi. To‘qima kulturalarida viruslarning bo‘linib ko‘payish muddati ularning o‘z xossalariga va to‘qima turiga bog‘liqdir.
Viruslarning borligi to‘qimalarning sitopatologik ta’siriga qarab baholanadi. Mikroskop ostida qaralganda hujayralarda o‘zgarishlar kuzatiladi. Virusning xossasi va miqdoriga qarab, to‘qimaning sitopatologik ta’siri va faoliyati o‘zgaradi. Ayrim viruslarda sitopatologik ta’siri bir necha kundan keyin (chechak virusida), ayrimlarida 1—2 haftada (gepatit virusi va b.) ko‘rinadi.
Hozirgacha odamni jarohatlovchi yuzlab viruslar aniqlangan. Virusli infeksiyalarga qarshi kurashish bir necha usullarda olib boriladi. Emlash eng yaxshi usul hisoblanadi. Emlash yordamida chechak batamom yo‘qotilgan. Poliomiyelit kasalligi esa keskin kamaygan. Virusli infeksiyalarga qarshi kurashda umumiy profilaktika — daydi itlarni yo‘qotish (quturishda), shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga rioya qilish va boshqalar katta ahamiyatga ega.
Lekin bu tadbirlarning hammasi ham virusli kasalliklarni to‘liq yo‘qota olmaydi. Hozirgi vaqtda olimlar hujayrani jarohatlamagan holda viruslarni yo‘qotish yo‘llarini izlashmoqda.
Asosiy tekshirish usullari

  1. Gemagglutinatsiya reaksiyasi, bevosita gemagglutinatsiya reak­siyasi, komplement bog‘lanish reaksiyasi.

  2. Immunofluoressensiya usuli.

  3. To‘qima kulturalarida viruslarni neytrallash reaksiyasi.

  4. Gistologik usul — kiritmalar (quturishda Babesh—Negri kirit- masi, chechakda Pashshen tanachalari va b.) aniqlanadi.

  5. Biologik usul. Gripp nafas yo‘lining keng tarqalgan o‘tkir yuqumli kasalligi bo‘lib, u epidemiologik xarakterga ega va ko‘pgina odamlarni shikastlantiradi.

XX asr boshlarida M.I. Afanasyev va P.B. Vaks kasallik virus tabiatli ekanligini aytib o‘tishgan. 1903-yili C. Smits, K. Endryus va P. Leydlou bemorlardan ajratib olingan gripp virusining turini o‘rgandilar va uni gripp virusining A turi deb nomladilar. 1930-yili T. Frensis va T. Medjilm B gripp virusini, 1847-yili R. Teyler C gripp virusini aniqlashgan.

Download 76.43 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 76.43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Viruslarining asosiy xossasini. Gripp, paragripp, qizamiq, gepatitlar keltirib chiqaradigan kasalliklari

Download 76.43 Kb.