• Poliomiyelit virusi
  • Qizamiq — o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, bolalar orasida keng tarqalgan. Bolalar yuqumli kasalliklariga kiradi. 1938-yilda Plots tomonidan virusi aniqlangan




    Download 76.43 Kb.
    bet6/8
    Sana10.05.2022
    Hajmi76.43 Kb.
    #20810
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    17-Mavzu
    Informatika va informatsion texnologiyalar faniga kirish va kurs (1), Mavzu Tibbiyotda ishchi o’rinlarini avtomatlashtirishda va tibb, 1-mavzu
    Qizamiq — o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, bolalar orasida keng tarqalgan. Bolalar yuqumli kasalliklariga kiradi. 1938-yilda Plots tomonidan virusi aniqlangan.
    Morfologik va kultural xossasi
    Qizamiq virusi 100—140 nm kattalikda bo‘ladi.
    Maymun eritrotsitlarini agglutinatsiyalaydi. To‘qima kulturalarida bo‘linib ko‘payganda yadro ichida kiritma hosil bo‘ladi.
    Chidamliligi. Tashqi muhitda bir necha daqiqadan so‘ng nobud bo‘ladi. Shuning uchun bu kasallikda dezinfeksiya ishlari olib borilmaydi. Tabiiy sharoitda qizamiq bilan faqat odamlar kasallanadi.
    Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai bo‘lib kasal odam hisoblanadi. Bemor prodromal davrining birinchi kunidan boshlab toshma toshgandan keyingi 4—5 kun ichida tashqi muhitga qo‘zg‘atuvchini chiqarib turadi. Havo-tomchi yo‘li orqali virus tarqaladi. Ayniqsa, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida u ko‘p uchraydi. Qizamiq bilan kattalar ham kasallanishi mumkin.
    Patogenezi va klinikasi. Yashirin davri 10 kun. Kasallik prodromal davrida tana haroratining ko‘tarilishi, yuqori nafas yo‘li va ko‘z shillig‘ining yallig‘lanishi bilan boshlanadi. Lunj va lab shilliq qavatiga toshma toshadi va u Filatov — Koplik toshmasi deyiladi. 3—4 kundan keyin bemorning ahvoli og‘irlashadi, avval yuzga, so‘ng tanaga toshmali papulalar toshadi, harorat ko‘tariladi. Kasallik 7—9 kun kechadi. Asoratlardan zotiljam, kam hollarda ensefalitni yuzaga keltirish mumkin.
    Immuniteti. Kasallikdan so‘ng butun umrga mustahkam immunitet yuzaga keladi.
    Profilaktikasi va davosi. Maxsus profilaktikasida kontaktda bo‘lganlarning muskuli orasiga 1,5—6 ml gammaglobulin yuboriladi. Sog‘lom bolalarning terisi ostiga qizamiqqa qarshi tirik vaksina yuboriladi.
    Umumiy profilaktikasida bemorni ajratish va gospitalizatsiya qilish, bolalar guruhida karantin tashkil qilish, aholi orasida tushuntirish ishlarini olib borish asosiy tadbirlar hisoblanadi.
    Davosi. Maxsus davosi yo‘q, antibiotiklar yuboriladi.
    Poliomiyelit kasalligi avvaldan ma’lum bo‘lgan kasallikdir. Misr ibodatxonalarida tekis yuzaga chizilgan yapaloq halqasimon naqsh topilgan bo‘lib, unda qurbon qilinayotgan odamning bir oyog‘i ikkinchisidan ozg‘in (qurigan oyoq), tovoni esa «ot tovoni»ga o‘xshash joylashganligi ifodalangan. Endi aniqlanishicha, poliomiyelit kasal- ligining natijasi aks ettirilgan.
    Poliomiyelit virusi
    Poliomiyelit virusi Picornaviridae oilasiga kiradi. Lotin tilidan olingan bo‘lib, pico — kichkina, rna — RNK saqlovchi degan ma’noni bildiradi. Bu oila uchta avlodni o‘z ichiga oladi va odam uchun eng patogen bo‘lib enterovirus — poliomiyelit virusi, koksaki va ESNO (Enteric cytopathogenic human orphan viruses) bo‘lib hisoblanadi. Kasallikni virusologik etiologiyasi K. Landshteyner va E. Paper tomonidan 1909-yili maymunlarda o‘tkazilgan tajribada aniqlangan.
    Morfologiyasi. Mayda virusdir (15—30 nm). RNK ipchasi va oqsilli kapsiddan tuzilgan. 32 ta kapsomeri bor. Kubsimon shaklda, tashqi qobig‘i yo‘q. Uglevod va yog‘ moddasi borligi aniqlangan. Yuqumlilik xossasi RNKga bog‘liq.
    Kultural xossasi. Poliomiyelit virusi maymun buyragi to‘qima kulturasida, odam embrionining fibroblastida va organizmga yuboriladigan kultura to‘qimasida yaxshi rivojlanadi. Viruslarning bo‘linib ko‘payishi to‘qimalarda sitopatologik o‘zgarishlar bilan o‘tadi.
    Antigenlik xossasi. Poliomiyelit virusining 3 ta serologik turi aniqlangan (I, II, III). Kasallikning 65—90 % ni 1 turi, 10—20 % ni

    1. turi keltirib chiqaradi. III turi esa sporalik kasalliklarni keltirib chiqaradi. Poliovirusning serotiplari neytralizatsiya reaksiyasi yordamida aniqlanadi.Chidamliligi. Qaynatilganda shu zahoti, 50°C harorat ta’sirida 30 daqiqadan so‘ng nobud bo‘ladi. Uy haroratida 3 oygacha saqlanadi. Past temperaturada yaxshi saqlanadi. Sovuqda najasda 6 oygacha, sutda

    1. oygacha saqlanadi.

    Tuproq, ochiq suv havzalarida uzoq vaqt saqlanadi va epide- miologik ahamiyat kasb qiladi. Oshqozon shirasi va 1 % li fenol ta’siriga chidamli. Xloramin, formalin, vodorod peroksidi, kaliy perman- ganatiga sezgir.

    Download 76.43 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 76.43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qizamiq — o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, bolalar orasida keng tarqalgan. Bolalar yuqumli kasalliklariga kiradi. 1938-yilda Plots tomonidan virusi aniqlangan

    Download 76.43 Kb.