1. Viruslarining asosiy xossasini. Gripp, paragripp, qizamiq, gepatitlar keltirib chiqaradigan kasalliklari




Download 76.43 Kb.
bet7/8
Sana10.05.2022
Hajmi76.43 Kb.
#20810
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17-Mavzu
Informatika va informatsion texnologiyalar faniga kirish va kurs (1), Mavzu Tibbiyotda ishchi o’rinlarini avtomatlashtirishda va tibb, 1-mavzu
Patogenligi. Poliomiyelitning I va II turlariga maymunlar (shimpanze va makaka), III turiga esa kemiruvchilar sezgir (paxta kalamushlari, sichqonlar). Laboratoriya sharoitida ularda kasallik kelib chiqadi va falajlanishga olib keladi.
Infeksiya manbai. Kasal odam va virus tashuvchilardir.
Tarqalish yo‘li. Mexanik (pashshalarning oyoqchalari orqali), havo-tomchi (kasallikning birinchi kunlarida burun-halqum orqali chiqariladi), alimentar (oziq-ovqatlar orqali tarqaladi). 40 kungacha ular najas bilan chiqariladi.
Patogenezi. Kirish darvozasi og‘iz bo‘lib, nafas shilliq pardalar orqali kirib, halqum va ingichka ichak limfa tugunlariga so‘riladi va u yerda bo‘linib ko‘payadi, so‘ngra qonga so‘riladi. Qonda viruslarni neytrallovchi antitelolar hosil bo‘lib, ularning markaziy nerv sistemasiga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Shularni yengib o‘tgan viruslar markaziy nerv sistemasiga o‘tib, orqa miya oldingi ortig‘ining harakatlantiruvchi to‘qimalari va po‘stloq osti qavatining kulrang moddasida joylashadi va degenerativ yallig‘lanish jarayonlarini keltirib chiqaradi. Natijada, bemor oyoqlarini falajlanishiga olib keladi.
Poliomiyelit kasalligi uch shaklda o‘tadi: 1. Abortiv. 2. Falajlik.

  1. Falajsiz (meningial) shakllari. Poliomiyelit bilan ko‘pincha 5 oydan boshlab 5—6 yoshgacha bo‘lgan bolalar kasallanadi. Poliomiyelit virusi najas va burun halqum shillig‘i orqali tashqi muhitga chiqariladi.

Immuniteti. Kasallikdan so‘ng mustahkam, butun umrga yetarli immunitet qoladi.
Profilaktikasi. Vaqtida diagnoz qo‘yish, bemorlarni izolatsiya qilish va kasalxonaga yotqizish lozim.
Maxsus profilaktikasi. XX asrning 40-yillarida Solk birinchi vaksinani taklif etgan. Bu vaksina tarkibida formalin bilan inakti- vatsiya qilingan poliomiyelit virusining I, II, III turlari mavjud bo‘lgan. Lekin bu vaksina mustahkam immunitet hosil qilmagan va muskul ichiga yuborilganda kuchli og‘riq bergan. Ikkinchi vaksinani Sebin tavsiya etgan. U tirik va kuchsizlantirilgan poliomiyelitning uchala turidan tashkil topgan vaksinadir. Bu shtammlar yuqumli xossasidan mahrum bo‘lsa-da, lekin immunogenlik xossasini saqlab qolgan. O‘tgan asrning 60-yillarida M.P. Chumakov va A.A. Smorodinsev Sebin tayyorlagan kuchsizlantirilgan vaksina shtammlaridan drojji konfet shaklidagi vaksinalarni tayyorlashni ishlab chiqdilar. Bu bemor- lar tomonidan vaksinani qabul qilishni osonlashtirdi. Buning natijasida kasallik to‘liq yo‘qotildi.
Davosi. Simptomatik. Immunoglobulin qo‘llaniladi.
VIRUSOLOGIK DIAGNOSTIKASI
TEKSHIRISH UCHUN MATERIAL

  1. Bemor najasi (kasallikning 1 va 2-haftasida olinadi).

  2. Burun-yutqindan ajratma (kasallikning birinchi kunlarida olinadi).

  3. Bosh va orqa miya bo‘lakchalari, ingichka va yo‘g‘on ichak bo‘laklari, limfa tugunlari olinadi (murdalardan material).

Materialni to‘plash usuli
Penitsillin idishning 1/5 qismigacha to‘l- diriladi.Najasning 2—3 ulushi tekshiriladi.
Quruq tampon yordamida olinib, probir­kadagi tuzli eritmaga solinadi.
Zardob meningitida orqa miya suyuqligi olib tekshiriladi.Orqa miya suyuqligini olish tex- nikasini meningit diagnostikasida ko‘rishingiz mumkin.
Agarda, kasallikdastlabki davrlarida o‘lim bilan tugaganbo‘lsa, virusni miyadan ajratib olish mumkin. Ajratib olingan miyaning bir necha qismidan 1—2 sm.dan orqa miya olinadi, so‘ng limfa tugunlari, yo‘g‘on va ingichka ichakichidagi mahsulotlardan oli- nadi.
Asosiy tekshirish usullari

  1. To‘qima kulturani zararlash yo‘li bilan virus ajratib olinadi.

  2. Serologik usul, neytralizatsiya va komplement bog‘lanish reaksiyasi o‘tkaziladi.

Bemordan olingan najas ustiga undan besh marotaba ortiq fiziologik eritma quyiladi, idish og‘zi 3 % li xloramin yoki 5 % li lizol eritmasi bilan namlangan sochiq yopilib, bir xildagi aralashma hosil bo‘lguncha chayqaltirib aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan aralashmani 1500—2000 aylanma tezlikda 30 daqiqa sentrifuga qilinadi. Cho‘kma ustidagi suyuqlik pipetka yordamida ajratib olinadi va unga 1 ml hisobida 1000 birlikda penitsillin, 500 birlikda streptomitsin qo‘shiladi. Uni 40 daqiqa xona haroratida qoldiriladi va zararlanguncha muzlatib qo‘yiladi (zararlashdan avval sterillikka tekshiriladi).
Burun-yutqindan olingan material bilan ishlash ham shu usulda olib boriladi. Murdalardan olingan materiallarga alohida-alohida hovonchalarda steril qum va 10 % li fiziologik eritma solib aralashma tayyorlab olinadi. Qolgan ishlar najasni tayyorlagandek olib boriladi. Viruslarni ajratib olish uchun birlamchi va qayta ishlangan to‘qima kulturalariga zararli material yuboriladi. Viruslar borligini hujayralarda sitopatologik o‘zgarishlar yuzaga kelishiga qarab aniqlanadi.

  1. 10 kun ichida hujayralarda o‘zgarishlar yuzaga kelmasa, viruslar yo‘qligidan dalolat beradi. Ikkinchi marotaba to‘qima kulturalarini zararlash uchun birinchi ekilgandagi kultura suyuqligidan foydalaniladi. Ikkinchi safar zararlanganda ham hujayralarda o‘zgarishlar yuzaga kelmasa, natija manfiy degan xulosaga kelinadi. Agarda, natija musbat bo‘lsa, virus turini aniqlash maqsadida poliomiyelitning uch turi zardobi bilan neytralizatsiya va komplement bog‘lanish reaksiyalari o‘tkaziladi.

Serologik diagnostikasi
Retrospektiv diagnostika usuli. Tashxisni tasdiqlash uchun bemorning juft zardobi bilan neytralizatsiya reaksiyasi qo‘yiladi. Birinchi zardobni kasallikning birinchi kunlarida, ikkinchisini kasallik boshla- nishidan bir oy o‘tgandan keyin olinadi. Ikki zardob bir vaqtning o‘zida neytrallash reaksiyasi qo‘yish bilan tekshiriladi. Buning uchun zardoblarni 56°C haroratda 30 daqiqa davomida qizdiriladi va Xenks eritmasida aralashtiriladi. 1:4 dan 1:1024 gacha suyultiriladi. Har bir aralashma virusining I, II, III tur standart dozasi bilan aralashtiri­ladi, xona haroratida bir soatga qoldiriladi. So‘ng har bir aralashmadan olib, 2 ta probirkadagi to‘qima kulturalariga yuboriladi, termostatga 4—9 kunga qoldiriladi. Reaksiyaning natijasi muhit rangining o‘zgarishiga qarab aniqlanadi (qizil rangdan sariq ranggacha). Muhit rangining o‘zgarishi antitelo borligidan dalolat beradi. Probirkadagi hujayralar tirik bo‘lib, ularda modda almashinuvi yuzaga keladi. Buning natijasida muhitning pH ko‘rsatkichi o‘zgaradi va shu sababli uning rangi ham o‘zgaradi. Mos zardob ta’sirida virus neytrallanadi, hujayralar yashashi uchun sharoit yuzaga keladi.
Virusni neytrallovchi antitelolar 4 marotaba ortgandagina reaksiya musbat deyiladi. Masalan, birinchi zardobda 1:8, 1—2 oydan keyin olingan ikkinchi zardobda titr 1:32 ga teng bo‘lsa, reaksiya musbat deyiladi. Epidemik parotit yoki tepki — o‘tkir bolalar kasalligi bo‘lib, butun dunyoda keng tarqalgan.
Morfologik va biologik xossasi
1934-yili Jonson va Gudbaschur tomonidan kasallik virusi aniqlangan. O‘lchami 150—230 nm, Morozov usulida bo‘yalganda mikroskopda yaxshi ko‘rinadi. Shikastlangan to‘qimada virus kiritmalari ko‘rinadi. 7—8 kunlik tovuq embrionining amnionida, buyrak to‘qimasida va Hela to‘qimalarida yaxshi rivojlanadi.

Download 76.43 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 76.43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Viruslarining asosiy xossasini. Gripp, paragripp, qizamiq, gepatitlar keltirib chiqaradigan kasalliklari

Download 76.43 Kb.