Paint ilovasida rasmlar bilan ishlash




Download 0.71 Mb.
bet5/10
Sana13.05.2023
Hajmi0.71 Mb.
#59236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1. Word dasturida ishlashni tushuntirish
1. Anketa (talabalar), 3-mavzu, conference, 12 labaratoriya ishi, Маълумотлар тузилмаси ва алгоритмлар узб, Abduvositaka, Saralash algoritmlari, Akademik yozuv 2 Omonboyev Rashidbek 12, kontakt hodisalar, golosariy, Operatsion tizimlar uz, 1 - lesson (internet), 2-маруза мавзуси Симулятор, dars tahlili, 6666666666666666666666666666666666666
2. Paint ilovasida rasmlar bilan ishlash.
Paintda rasm qismi faylga qanday saqlanadi?
Bir necha rasmning bo'laklarini birlashtirib yangi mazmundagi rasm hosil qilish mumkin. Buning uchun avval rasmlarning kerakli qismlarini ajratib olib alohida fayllarda saqlash maqsadga muvofiq bo'ladi.
Paintda rasmning istalgan qismini belgilab olib biror nom bilan saqlab qo'yish imkoniyati mavjud. Bu vazifa quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1) rasmning kerakli qismi uskunalar paneli yordamida belgilanadi (1- rasm);
2) Tahrir menyusining Faylga nusxalash (Копировать в файл) bo'limiga kiriladi (2- rasm);
3) fayl nomi kiritilib (masalan, «epizod1») Saqlash (Сохранить) tugmasi tanlanadi yoki «Enter» klavishi bosiladi (3- rasm);

4) natijada «epizodl» faylida (4- rasmdagi kabi) kiyikning oq fonli ko'rinishi hosil bo'ladi.
Paintda bir nechta rasm qanday birlashtiriladi?
Bir nechta rasmdan yangi rasm hosil qilish uchun quyidagi ketma-ketlikdagi amallar bajariladi:


1) paint dasturi ishga tushiriladi;

2) Tahrir menyusining Fayldan olib qo'yish (Вставить из файла) bo'limiga kiriladi (5-rasm);
3) kerakli fayl (birinchi rasm) tanlanib Ochish (Открыть) tugmasi tanlanadi yoki «Enter» klavishi bosiladi (6- rasm);


4) ochilgan rasmni ishchi maydonning kerakli joyiga joylashtiriladi va o'lcham zaruratga qarab o'zgartiriladi (7-rasm);


5) xuddi birinchi rasm kabi ikkinchi (uchinchi va hokazo) rasmlar birinchi rasm ustiga fayldan ochiladi (8-rasm);



6) keyingi joylashtirilgan rasmlarning oq foni avval joylashtirilgan rasmlarning bir qismini to'sib qo'yadi (8-rasmdagi ko'rinish kabi). Bu kamchilikni bartaraf etish uchun Rasm (Рисунок) menyusining Shaffof bo'lmagan fon (Непрозрачный фон) amali inkor etiladi. Natijada oq fon shaffof fonga o'tadi (9-rasm);
7) hosil bo'lgan shaffof fonli rasmni ishchi maydonning kerakli joyiga joylashtirib, kerakli o'lchamga keltiriladi va saqlab qo'yiladi (10-rasm).

Amaliy topshiriqlar





Download 0.71 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0.71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Paint ilovasida rasmlar bilan ishlash

Download 0.71 Mb.