• Yorug’lik kuchi
  • Yorug’lik kuchining birligi kandela (kd) dir.
  • Yoritilganlik birligi lyuks (lk) dir.
  • Fotometrik kattaliklar. Yorug’lik oqimi




    Download 0.64 Mb.
    bet4/8
    Sana25.03.2017
    Hajmi0.64 Mb.
    #2243
    1   2   3   4   5   6   7   8
    2.Fotometrik kattaliklar. Yorug’lik oqimi. Biror sirtdan o'tayotgan yorug’lik nurlanishini elektromagnit to'lqinning shu sirt orqali 1s da olib o'tgan energiya miqdori, ya'ni shu sirt orqali nurlanish quvvati W bilan xarakterlash mumkin. Nurlanishning bu energetik xarakteristikasi yoruglikning energiya oqimi deyiladi. Yoruglik oqimining birligi lyumen (lm)dir.

             Yorug’likning nuqtali manbalarini xarakterlash uchun yorug’lik kuchi I ishlatiladi. Yorug’lik kuchini manba nurlanishining fazaviy burchak birligiga to’g’ri keladigan yorug’lik oqimi tarzida aniqlanadi.

                                                   I = dФ/dW

             Yorug’lik kuchi. Fazaviy burchakning o'lchov birligi steradian (fazoviy radian) birlik radiusli sferada birlik yuza hosil qilgan burchakdir.  Ravshanki, yorug’lik manbai atrofidagi butun fazoni qoplaydigan fazoviy burchak 4  steradian bo'ladi: W=4p.  Shuning uchun izotrop manba uchun

                                                   I=Ф/4p

    Yorug’lik kuchining birligi kandela (kd)  dir.

     



             Yorug’lik yoritilganlik. Sirtlarni yoritishni miqdoriy baholash uchun yoritilganlik tushunchasi kiritiladi. S sirti-ning E yoritilganligi deb shu sirtga tushayotgan Ф yorug’lik oqimining bu sirt kattaligiga nisbatiga aytiladi. Boshqacha aytganda, yoritilganlik sirt birligiga tushayotgan yorug’lik oqimiga tengdir:

    Е=Ф/S


              Agar sirtning chiziqli o'lchamlari yorug’lik manbaigacha bo'lgan masofagacha nisbatan kichik bo'lsa



    Е=Icоsa/R2

             Yoritilganlik birligi lyuks (lk) dir.

             Yorug’lik manbai S ning B ravshanligi bu manbaning ko'rinuvchi sirtining yuza birligidan chiqayotgan yorug’lik kuchi bilan o'lchanadi.

             B=I/S0= (I/S)cоsa.

             Ravshanlik birligi kd/m2 dir.



    Download 0.64 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fotometrik kattaliklar. Yorug’lik oqimi

    Download 0.64 Mb.