1. Zamonaviy universitetning bosh funksiyasi




Download 56 Kb.
Sana21.05.2024
Hajmi56 Kb.
#248426
Bog'liq
4-3 bolim


Mavzu: Oliy ta'limning zamonaviy integrasiyasi: global va mintaqaviy makonda raqobatchilikdagi ustuvorliklari, universitetlarning xalqaro va milliy reytingi
Reja:
1.Zamonaviy universitetning bosh funksiyasi
2.Texnologiyalarni tijoratlashtirishning asosiy yoʻllari
3. Universitetlarning transformasiyalashuvi yoʻlidagi prinsipial institusional toʻsiqlar
Jamiyat kelajagi - bu bilimlar va innovasiyalar jamiyati. Zamonaviy universitetning bosh funksiyasi – innovatorlarni tayyorlash. Tadbirkorlikning muhim shakli – fan, ta'lim va madaniyat integrasiyasi asosidagi bilimga asoslangan tadbirkorlik hisoblanadi. Shu bois bugungi kunda intellektual tadbirkor konsepsiyasi yaratilmoqda.
Yuqori sifatli ta'lim xizmatlariga zamonaviy sharoitda faqatgina professor-oʻqituvchilarning nafaqat ta'lim jarayonidagi balki ilmiy, maslahat va innovasion faoliyatdagi faol ishtiroklari hisobiga erishiladi. Bizda fanning fundamental va amaliy tadqiqotlarga boʻlinishi tushunchasi ildiz otgan holda “sof fan” ning tadbirkorlik faoliyati imkoniyatlari deyarli mavjud boʻlmagan.
Jahon universitetlar muhitining zamonaviy trendlari: OTMlarni restukturizasiyalash, oliy ta'lim tizimida bozor komponentlarining rivojlanishi, jahon universitetlari reytingida yuqori oʻrinlarni egallash borasidagi kurashlar, talabalar safarbarligi(mobilligi)ning va masofaviy ta'limning ortib borishi, oliy ta'lim tizimining jamiyatga (life-long learning-umr davomida ta'lim olish) kirib borishining kengayishi – bularning barchasi oʻz navbatida jahonda universitetlarning yangi rolini shakllantiradi.
Zamonaviy universitetlar – bu bilimlar jamiyatining yadrosi, texnologiyalar transferining muhim kanali. Bular mamlakat milliy innovasion tizimi doirasi innovasion xab(markaz)lar rolini oʻynaydigan jamiyat institutlari.
Zamonaviy davrda universitetlarni boshqarish jarayoni bir muncha kengayib borgan tarzda, uning ijtimoiy funksiyasi oʻsib bormoqda. Universitetlar tashkiliy oʻzgarishlarni boshidan oʻtkazgan holda, bu holat ularni avtonom boshqaruv tashkilotiga aylantirmoqda. Xususan, boshqaruvning yangi konsepsiyasi paydo boʻladi – «yangi davlat menejmenti» (New Public Management, NPM) va «toʻrsimon boshqaruv» (Network Governance, NG) (Ferlie et al., 2009).
NPM-modeli doirasida ta'lim sektori bozor islohotlari ob'ekti sifatida namoyon boʻlmoqda. Ta'lim xizmat maqomiga, talab esa – iste'molchi maqomi aylanmoqda.
Bugungi kunda iqtisodiy oʻsishni aniqlovchi omil - ishlab chiqarish va intellektual mulkni samarali boshqarish boʻlmoqda. Ushbu tendensiyaning bogʻlovchi boʻgʻini - universitetlar hisoblanadi.

Dastlabki universitetlar - universitet 1.0, oʻzida faqat ta'limga va talantlarni izlashga moʻljallangan ta'lim institutlarini namoyon etgan.


Universitet 2.0 –ta'lim va tadqiqotga moʻljal olgan.
Lekin, bugungi kunda universitlar uchun faqat ilmiy va ta'lim tashkilotlari boʻlishining oʻzi etarli emas. Universitet 3.0 modeli asosidagi universitetlar bazasi oʻzida integrasiyalangan tadbirkorlik tizimini namoyon etgan holda innovasiyalarning asosiy etkazib beruvchilari, shuningdek bilimlarni tijoratlashtirish masalalari amalga oshiriladi.
Jahondagi globallashuv jarayonlari, axborot texnologiyalari sohasida inqilobiy oʻzgarishlar va bilimning iqtisodiyotning asosiy omili sifatidagi rolining oʻsishi oliy ta'lim muassasalari (universitet) ilmiy-pedagog kadrlari faoliyati tavsifini sezilarli darajada oʻzgartirdi.
An'anaviy oliy oʻquv yurtlari fundamental bilimlarni rivojlantirish va talablar tayyorlash orqali bilimlarni tarqatishga yoʻnaltirilgan edi. Ammo texnologiyalarning rivojlanishi, axborot olish borasida keng imkoniyatlarning paydo boʻlishi natijasida bilim ayrim institutlar va OOʻYularining oʻziga xosligidan tijorat korxonalari va mamlakatning jahon bozoridagi pozsiyasini belgilovchi - ishlab chiqarish kuchlarini, real raqobatchilikdagi ustuvorliklariga aylandi. Bugungi kunda universitetlarda texnologiyalarni tijratlashtirish masalalarini hal etish eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Mazkur jarayonni quyidagi 1-rasmda koʻrishimiz mumkin.
Bilimlarni generasiyalash Bilimlarni tijoratlashtirish
1-rasm. Texnologiyalarni tijoratlashtirishning asosiy yoʻllari
Bu oddiy temir boʻlagi. Shu holida uning qiymati 100 AQSh dollari atrofida. Deylik, agar bundan taqa yasashga qaror qilsangiz, uning qiymati 250 dollargacha oshadi.
Agar siz bu temirdan ninalar yasasangiz, uning qiymati 70 000 dollargacha koʻtariladi.
Modomiki siz bu temirdan soat prujinalarini ishlab chiqarsangiz, uning qiymati 6 million dollargacha etadi.
Unutmangki, sizning qadr-qimmatingiz holatingizga emas, oʻzingizdagi eng yaxshi jihatlarni qaysi yoʻllar bilan yuzaga chiqarishingizga bogʻliq.
Demak, bundan shunday xulosa qilish mumkinki, qachonki gʻoyani tovarga, yoki boʻlmasa xom-ashyoni yuqori qiymatli mahsulotga aylatirib sota olsakgina OTMlarimizni davr talabidagi tadbirkorlik universitetiga aylantira olishimiz mumkin.
Shu sababli jamiyatning iqtisodiy ehtiyojlari universitetlardan hududlar va butun mamlakatning innovasion rivojlanishiga sezilarli ta'sir etishga qodir boʻlgan ilmiy natijalarni amalda qoʻllashni talab etadi.
Bunga javoban OTMlar oʻzlarining ilmiy faoliyatini qayta qurishlari, korporativ madaniyatini oʻzgartirishlari va ilmiy texnologiyalar transferini ta'minlovchi mexanizmlarini ishlab chiqishlari lozim. Boshqacha aytganda, OTMlardan innovasion jarayonni samarali amalga oshirishni, shuningdek OTM olimlarining hokimiyat va biznes vakillari bilan oʻzaro xatti-harakatlarini kuchaytirishni talab etadigan rivojlanishning innovasion modeliga oʻtish zaruriyati boʻladi.
Rivojlanishning innovasion modeliga oʻtish oʻtish toʻgʻrisidagi oʻy-fikrlar amerika biznes-maktablari va universitetlari rahbarlari tomonidan 1970 yillarning ikkinchi yarmidan boshlab kuchayib bordi. Bu xalqaro transport va texnik jihozlar bozorida amerika mahsulotlarining raqobatbardoshlik xususiyatlarini oshirish zaruriyati bilan bogʻliq boʻldi.
Amerika universitetlarining innovasion tadbirkorlikka oʻtishiga olimlarning intellektual mulk va venchurli infratuzilmani (biznes inkubatorlar, texnologiyalar transferi ofislari, texnoparklar) yaratishga boʻlgan haq-huquqlarini mustahkamlovchi Bey-Doul (Bayh–Dole Act) qabul qilinishi ham sabab boʻldi.
Bu boradagi tadqiqotchilar yuqori texnologiyalarning asosiy manbalari sifatida strategik rivojlanishi “Innovasion universitet” modeliga asoslangan innovasion faoliyat yuritishga yoʻnaltirilgan OTMlarni nazarda tutishadi. Ushbu modelning asosiy tavsiflari sifatida esa samarali tashkil etilgan innovasion jarayonni, OTM olimlarining biznes va hokimiyat organlari vakillari bilan oʻzaro hatti-harakatlarini hamda tadbirkorlik madaniyatini kuchaytirishni, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va venchurli infratuzilmani rivojlantirishni keltirish mumkin.
Innovasion jarayonni samarali tashkil etish OTMning innovasion rivojlanishi uchun ustuvor ahamiyat kasb etib, u oʻz ichiga 4 ta bosqichni oladi: imkoniyatlarni tadqiq etish, gʻoyalarni generasiyalash, gʻoyalarni ilgari surish, gʻoyalarni amalda qoʻllash (yangiliklarni tijoratlashtirish)
Gʻoyalarni ilgari surish OTMda innovasion jarayonning asosiy bosqichi hisoblanib innovasiyani yaratish imkoniyatini va uni kelgusida tijoratlashtirish tezligini aniqlaydi.
Respublikamiz OTMlari olimlarining biznes vakillari va hokimiyat organlari bilan oʻzaro hamkorligi bugungi davr talablariga javob bermaydi. Shu sababli, OTM faoliyatiga ishlab chiqarish va tijorat kompaniyalarini jalb etish borasida universitetlar rahbarlari fundamental bilimlarni va amaliy tajribani tarqatishga shuningdek, innovasion infratuzilma ob'ektlarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan qator mexanizmlarni qoʻllashmoqda.
Bundan tashqari amaliyotning koʻrsatishicha, respublikamiz OTMlarining hududlarning innovasion rivojlanishiga jalb etilishi darajasi qoniqarsiz, bu oʻz navbatida davlat innovasion siyosatining talab darajasida amalga oshirilmayotganligi, biznes vakillarining OTMlar innovasion jarayonida ishtirok etmasliklari, shuningdek, akademik olimlarning innovasion faol emasliklari bilan bogʻliq.
Tadqiqotchilarning fikricha, OTMlarning hududlarda innovasion faolliklarini oshirish uchun akademik olimlarning biznes vakillari va hokimiyat organlari bilan oʻzaro hamkorliklarini kuchaytirishga, shuningdek texnologiyalar transferi mexanizmlarini rivojlantirishga qaratilgan egiluvchan siyosatni amalga oshirish zarur.
Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, oʻtish iqtisodiyotidagi aksariyat mamlakatlarda universitetlarning transformasiyalashuvi yoʻlidagi prinsipial institusional toʻsiqlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- universitetlarning innovasion faoliyati uchun davlat-xususiy sherikchilik va venchurli moliyalashtirish tizimining rivojlanmaganligi;
- texnologiyalar transferi tizimining samarasizligi;
- intellektual mulkni himoyalash tizimining zaifligi;
- universitetlar rahbariyatini ragʻbatlantirish tizimining takomillashmaganligi;
- universitetlarda tadbirkorlik faoliyatiga salbiy munosabatlar.
Zamonaviy sifat menejmentining otasi hisoblanuvchi mashhur amerikalik olim Uilyam Edvards Deming fikricha: «Tizim – bu ba'zi bir maqsadlarga erishish uchun hamkorlikda harakat qiladigan oʻzaro bogʻliq elementlar yigʻindisi».
Ushbu elementlarning bir vaqtda oʻzaro xatti-harakatlari - ishlab chiqarish (ta'lim-tarbiya) jarayonini yoki mijoz bizga toʻlagan pullari uchun qadriyatlarni yaratish jarayonini tashkil etadi.
Umumiy xulosa oʻrnida ta'kidlaydigan boʻlsak, universitetlarning transformasiyalashuvi yoʻlidagi prinsipial institusional toʻsiqlarni hal etish uchun tizimli yondashuvlar asosida ishlar amalga oshsagina, milliy OTMlarimizning global va mintaqaviy makonda raqobatchilikdagi ustuvorliklari, universitetlarning xalqaro va milliy reytingidagi oʻrni oshib borishi mumkin.
Download 56 Kb.




Download 56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Zamonaviy universitetning bosh funksiyasi

Download 56 Kb.