10-amaliy mashg`ulot




Download 3,55 Mb.
bet4/5
Sana22.05.2024
Hajmi3,55 Mb.
#250650
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dedline

Instagram
Instagram — Kevin Systrom va Mike Krieger tomonidan yaratilgan hamda rasm va videolarni ulashish uchun moʻljallangan ijtimoiy tarmoq. Shuningdek, boshqa ijtimoiy tarmoq platformalari orqali ularni yuklash imkonini beradi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar rasmlar va videolar uchun raqamli filtrlar qoʻllash imkoniga egadir. Instagramda videolar uchun maksimal davomiylik 60 soniyadir.Instagram App Store va Play Market orqali bepul tarqatiladi. Tarixi Instagram ikonkasi (2016-yildan) Instagram Kevin Systrom va Mike Krieger tomonidan yaratilgan hamda bepul mobil ilova sifatida 2010-yilning oktabr oyida ishga tushirilgan. Dastlab, bu ilova nomi Burb boʻlgan. Keyinchalik, Systrom va Krieger, „instant camera („tezkor kamera“) va „telegram“ soʻzlarini birlashtirib, ilovaning nomini „Instagram“ga oʻzgartirishdi.Bu xizmat qisqa fursatda 2012-yilning aprel oyiga kelib, 100 million faol foydalanuvchilarga ega boʻlganligi ortidan mashhurlik qozondi. Keyinchalik shu yilning oʻzida kompaniyani Facebook, Inc. sotib oldi. Instagram uchun AQSh$1 milliard sarflandi. 2018-yilga kelib esa Instagramda foydalanuvchilar soni 1.1 milliardga yetdi. Mutaxasislarning taʼkidlashicha, Instagramdan tushadigan foyda naqd $2.8 milliardni tashkil etadi. Hozirgi kunda Instagram Nokia aqlli telefonlari va BlackBerry 10 va boshqa planshetlar uchun ham mavjud. Instagram foydalanuvchilari uchun yangi funksiya paydo boʻldi. Unga koʻra, endilikda katta yoshli foydalanuvchilarning notanish oʻsmirlarga yozishi taqiqlanadi. Yangi funksiya kattalarga 18 yoshga toʻlmagan, ularning sahifasiga obuna boʻlmagan oʻsmirlarga yozish imkoniyatini bermaydi. Oʻsmirlar esa, oʻz navbatida, sahifasiga aʼzo boʻlish uchun soʻrov yuborgan foydalanuvchilarning shubhali xatti-harakatlari toʻgʻrisida ogohlantiriladiLive Rooms 2021-yil 1-martdan boshlab Instagramda uch kishi bilan jonli efir qilish funksiyasi (Live Rooms) qoʻshildi. 13 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun versiya Facebook ijtimoiy tarmogʻi Instagramʼning 13 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan maxsus versiyasini ishlab chiqadi. Maʼlum qilinishicha, Facebookʼning oʻzida hozirda shunday texnologiya mavjud boʻlib, u Messenger Kids deb nomlangan. Ammo undagi barcha funksiyalar hamda tarkibiy qism oʻsmirlar (14–18 yosh) uchun moslashtirilgan. Ishlab chiqiladigan yangi ilovaga esa ota-onalarga farzandining sahifalarini nazorat qilishga imkon beruvchi tizim kiritiladi.
Telegram




Download 3,55 Mb.
1   2   3   4   5




Download 3,55 Mb.