|
10-laboratoriya ishi mavzu: 2d va 3d animatsion dasturi yordamida animatsiya yaratish ishning maqsadi
|
bet | 1/3 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 314,04 Kb. | | #144976 |
Bog'liq 10-labaratoriya иши Анимацион дастур
10-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: 2D VA 3D ANIMATSION DASTURI YORDAMIDA ANIMATSIYA YARATISH
Ishning maqsadi: Adobe Flash dasturi yordamida 2D va 3D animatsiya yaratishni amalda qo'llash malakasiga ega bo'lish va ko‘nikmasini hosil qilish.
Kerakli apparat va dasturiy ta’minotlar: kompyuter, Windows operatsion tizimi, Adobe Flash dasturi, MS Word matn muharriri.
NAZARIY QISM
Animatsiya (animation) - lotincha "anima" so‘zidan olingan bo‘lib - rux, jon ma’nosini bildiradi (ruxlantirish, jonlatirish).
Animatsiya – tasvirning harakatlanayotganligini ifodalash uchun tasvirlarning ketma-ket namoyishi. Tasvir harakatini tasvirlash effekti sekundiga 16 ta kadrdan ortiq videokadrlarning almashinishida hosil bo‘ladi.
Kompyuterli animatsiya - hozirgi kunda animatsiya yaratishda eng qulay va zamonaviy texnologiya xisoblanadi.
CGI (ing. computer-generated imagery) — “kompyuter tomonidan yaratilgan tasvirlar” ma’nosini anglatadi.
CG (ing. computer graphic) – kompyuter grafikasi.
Multiplikatsiya (lotincha: multiplicatio -„koʻpaytirish“) alohida tasvirlarning yuqori tezlikda ketma-ket koʻrsatilishidir. Koʻzning tasvirlarni uzlukli ilgʻashi oqibatida optik illyuziya seziladi va tasvirlar ketma-ketligi yaxlit harakat, deb qabul qilinadi.
2D animatsiya an’anaviy chizilgan animatsiyalarni ishlab chiqishda qo‘llaniladi, ammo u an’anaviy yaratish uslublarida qo‘llaniladigan kompyuter vektorli animatsiyasida ham foydalaniladi. 2D animatsiya turi shundan iboratki, animatsiya kadrlar bo‘yicha sozlamalardan tashqari animator qo‘shimcha ravishda personajlar uchun biriktirmalar hosil qiladi va shundan so‘ng personajni qayta chizish o‘rniga tana qismlarini harakatlantiradi. Ushbu animatsiyaning an’anaviy animatsiyadan farqi — ob’ektlarni chizish uchun katta mahorat talab etilmaydi. 2D animatsiyasining dasturiy vositalari quyidagilardan iborat: Adobe Illustrator, Photoshop, After Effects, Adobe Animate, Adobe Premiere, Adobe Flash va boshqalar.
3D animatsiyada ob’ektlarni chizish yoki yasash o‘rniga raqamli shaklda kompyuter dasturlarida yaratiladi. Modelni doimiy o‘zgartirish imkonini beradigan “skelet”i hosil qilinadi. Animatsiya ma’lum bir kalit freymlarda modellarni qurish orqali yaratiladi va shundan so‘ng kompyuter harakatlarni yaratish uchun ushbu freymlar o‘rtasida hisoblaydi va interpolyatsiya qiladi. 3D animatsiyasining dasturiy vositalari quyidagilardan iborat: Autodesk Maya, Autodesk 3DS Max, Blender,Cinema 4D, After Effects, Adobe Flash va boshqalar.
|
| |