10-Ma’ruza. Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda internet va masofaviy ta’lim texnologiyalari reja




Download 22.18 Kb.
Sana20.01.2023
Hajmi22.18 Kb.
#38735
Bog'liq
10-Mavzu.informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda internet va masofaviy ta’lim texnologiyalari
2. Payvandlanadigan konstruksiyaga va uning materiali tavsiflana, Aliyev-Tizimli dasturiy taminot, Mustaqil ish 1 Modul namuna (1), algoritm, TEST, O\'zbekiston Respublikasi valyuta siyosatining makroiqtisodiy tahlili, Ôîíä áîçîðè òèçèìèäàãè ôîíä áèðæàëàðè, Курбонов Алишер, 1, Issiqlik almashinish qurilmalari, 12, Dual ta’lim, Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq, Flower

10-Ma’ruza. Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda internet va masofaviy ta’lim texnologiyalari
REJA:

  1. Informatika va axborot texnologiyalari fanini mustaqil O‘zbekistonimizning rivojlanish davridagi istiqboli va ahamiyati.

  2. Informatikani o‘qitishda internet tizimidan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari.

3.Masofaviy ta’lim texnologiyalari va ulardan o‘quv jarayonida foydalanish.
Bugungi kunda о’qitish va о’rganish jarayonida Internet-texnologiyalariga katta о’rin ajratilmoqda. Bunday texnologiyalar ta‘lim jarayoniga kо’maklashib, о’qitish dasturlari, о’quv qо’llanmalari, elektron darslik va jurnallardan foydalanish imkoniyatini yaratmoqda, talabalarning testlarda, tadqiqot va ilmiy ishlar tanlovlarida, masofaviy loyihalarda, ilmiy maktab ishlarida ishtirokini ta‘minlamoqda.
Talabalar о’rtasida о’tkazilgan sо’rov jarayonida ilmiy-ijodiy ishlarni bajarishda Internetdan foydalanuvchi talabalar Internetning quyidagi afzalliklarini kо’rsatib о’tishdi:

  • turli-tuman qiziqarli materiallarning mavjudligi (50%), fan tarixi va uning rivoji yuzasidan materialning mavjudligi (31%),

  • tadqiqot natijalarini umumlashtirish kо’nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlarining mavjudligi (28%),

  • ilmiy ishlarga qiziqishning ortib borishi (27%),

  • yangi tushunchalarni о’zlashtirish imkoniyati (21%),

  • boshqalar bilan faol о’zaro muloqotga kirisha olish imkoniyati (20%).

Bilim olish jarayonida Internet tarmog‘idan foydalanish talabalarning о’quv-tadqiqotchilik madaniyatini shakllantirish samaradorligini oshirishga imkon beradi.
Talabaning о’quvtadqiqotchilik madaniyati shaxs madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanib, dunyo yaxlit tasvirini bilish, ilmiy bilish kо’nikma va malakalariga ega bо’lish, uning natijalarini qadrlash, shaxsning ijodiy rivojlanishini ta‘minlash bilan xarakterlanadi. Sо’rov jarayonida shu narsa aniqlandiki, tanlangan mavzu bо’yicha referat tayyorlashda Internetdan 55% talabalar foydalanadi, ilmiy ijodiy ish uchun axborot izlab topishda – 48%, izlash jarayonida axborot olingan saytlarga xavola kо’rsatishda – 48%, qо’shimcha material topib, uning mazmunini tahlil qilishda – 45%, uyga berilgan mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda – 36%, turli Internet-loyihalarda anjuman, tanlov, olimpiada va boshqalar) ishtirok etishda– 16% talabalar foydalaniladi Bugungi kunda Internetda juda kо’p veb-forumlar,hatlar mavjud bо’lib, talabalar bir-biri bilan muloqotga kirisha olishadi. Chatlarning imkoniyatlaridan ta‘lim-tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish uchun о’qituvchi muayyan mavzuda muloqot, bahs, munozara tashkil etishi mumkin. Bunday maqsadlarga, masalan, ―Virtual auditoriya, ―Ta‘lim tarmog‘i kabi loyihalarni kiritish mumkin. Internetda bunday faoliyat shaklini qо’llash ta‘lim mazmunini boyitadi, talabalarni о’zaro g‘oyalar, fikrlar almashinuviga jalb etadi, bir-birlariga yordam berishga kо’maklashadi, hamkorlikda yangi bilimlarga ega bо’lish imkonini beradi, guruhdagi о’quv ishi uchun mas‘uliyatlarini kuchaytiradi, natijada esa ularning о’quv-tadqiqotchilik madaniyati yuksalib boradi. Internet tarmog‘idan foydalanishda yana bir jiddiy muammo mavjudki, u ham maxsus dasturiy ta‘minotning yо’qligi tufayli, internetsahifalarga narkotiklar, axloqsiz о’yinlar, diniy, irqiy diskriminatsiyani targ‘ib qiluvchi materiallar va boshqa salbiy, yot g‘oyalardan iborat materiallar kirib qolishi mumkin. Shuning uchun ham о’qituvchilarning vazifasi – Internet tarmog‘ida mavjud ma‘lumotlarni, axborotni tushunib, keraklisini tanlab olish sharoitlarini yaratishdan iboratdir. Agar о’qituvchi о’z fani bо’yicha Internetsaytlar rо’yxatini tuzib, resurslar bilan talabalarni tanishtirsa, ularning faoliyati maqsadga yо’naltirilgan bо’ladi, ular begona saytlardagi materiallar bilan tanishmay qо’yadilar. Har hafta bо’lib о’tadigan ma‘naviyat darslarida ham Internet ma‘lumotlaridan keng foydalanish mumkin. Xullas, Internet keng imkoniyatlar yaratib beruvchi tarmoq bо’lib, fan о’qituvchilari va talabalarda bu tarmoqda ishlash kо’nikma va malakalarini rivojlantirish, takomillashtirib borish ta‘lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qilishi lozim.
Internetda ma‘lumot axtarishning ikki yо’li mavjud: aniq manzilli hujjatni axtarish; manzili noaniq, ammo mavzusi yoki kalitli sо’zlari orqali hujjat yoki sahifani axtarishdan iboratdir.
Internetga joylashtirilgan ma‘lumotlarni oddiy, axborot shaklidagi hamda foydalanish uchun mо’ljallangan maxsus fayllardan (kо’chirishga tayyor va siqilgan holdagi *.zip, *.rar kengaytirmali fayllar) iborat deb qarash mumkin. Har ikkala holatdagi ma‘lumotlarni ham kо’chirib olish va keyinchalik undan foydalanish imkoniyati mavjud. Buning uchun kerakli deb hisoblangan ma‘lumotlarni topish kerak.
Kalitli sо’zlar yordamida internetda ma‘lumotlarni axtarish uchun qidiruvchi tizimlar (masalan, Google.ru, Google.uz, Yandex.ru va boshqalar) yoki biror bir provayderning bosh sahifasiga (masalan, rambler.ru,mail.ru, pedagog.uz va boshqalar) murojaat qilish kerak. Har bir provayderning о’z bosh sahifasi mavjud va unda albatta ma‘lumotlarni kalit sо’zlar bilan qidiruv tizimi faoliyat kо’rsatadi. Qidiruvni tashkillashtirish uchun maxsus oynacha yaratilgan. Oynachaga kerakli kalitli sо’zlarni kiritamiz va qidiruvniboshlaymiz. Tizim bir oz vaqtdan keyin annotatsiyalarida kalitli sо’zlarimiz mavjud barcha Web sahifa yoki hujjatlarning rо’yxatini ularning annotatsiyalari bilan birgalikda ishchi oynada paydo qiladi.
Ishchi oynaning yuqorisida annotatsiyasida kalitli sо’zlar ishtirok Web sahifalar yoki ulardagi hujjatlar soni kо’rsatiladi.
Faraz qilaylik, Informatikaga oid ma‘lumotlar kerak bо’lsin. Uni internetdan axtarish uchun Google ishga tushiriladi va uning qidiruv oynasiga « сайты информатика, скачать, бесплатно» degan sо’zlar yoziladi va Enter tugmasini bosish orqali qidiruv boshlanadi.
Bu yerda internetdagi kalitli sо’zlar mavjud barcha sahifa va hujjatlarning rо’yxati keltiriladi. Faraz qilaylik, ushbu rо’yxatdagi biror sayt bizni qiziqtirib qoldi va u bilan tanishish istagi paydo bо’ldi. Rо’yxatdagi bu sahifani belgilaymiz va kursorni belgilashlardan chetlashtirmagan holda sichqonchaning о’ng tugmasi bosiladi. Natijada konteksli menyu deb ataluvchi bir necha buyruqlar rо’yxati hosil bо’ladi.
Ushbu buyruqlarning « Открыть в новой вкладке » (ma‘lumotni yangi oynada paydo etish) sini tanlanadi.
Internet sahifalar bо’ylab sayohat paytida bizni qiziqtirgan biror ma‘lumotga duch kelib qolsak, ma‘lumotni kursor orqali belgilab olinadi, belgilangan joydan kursorni chetlashtirmasdan uning о’ng tugmasini bosiladi.
Hosil bо’lgan konteksli menyudan «Копировать» buyrug‘i tanlanadi. Ma‘lumotdan olingan nusxa buferga yuborildi.Ma‘lumotning buferdagi nusxasini kompyuter xotirasiga kiritish uchun biror matnli fayl, masalan, Word faylini yaratiladi. Yaratilgan faylning ichiga kirib sichqoncha о’ng tugmasi bosiladi. Hosil bо’lgan kontekstli menyuning ―Qо’yish buyrug‘ini tanlanadi.Natijada ma‘lumotning buferdagi nusxasi matn fayli tarkibiga qо’shiladi. Ushbu faylni saqlab va kerakli paytda foydalanish mumkin. Internetning paydo bo‘lishi masofali ta‘limning rivojlanishiga olib keldi.
Masofali ta’lim – o‘quvchilarga o‘rganilayotgan material asosiy hajmini yetkazib berishni, o‘qitish jarayonida o‘quvchilar va o‘qituvchilarning interaktiv o‘zaro aloqalarini, talabalarga o‘rganilayotgan materialni mustaqil o‘zlashtirish bo‘yicha mustaqil ishlash imkonini berishni hamda o‘qish jarayonida ularning olgan bilimlarini va ko‘nikmalarini baholashni ta’minlovchi axborot texnologiyalari to‘plamidir.
YUNESKO institutining 2000 yildagi tahliliy tadqiqot materiallarida ("Distance Education for the Information Society: Policies, Pedagogy and
Professional Development") keltirilgan masofali o‘qitish modellarini keltiramiz:
Yagonalik modeli. Ushbu model tashkiliy tuzilishiga ko‘ra faqat masofali o‘qitishda va "masofali" talabalar bilan ishlash maqsadida tashkil etiladi. O‘qitish shunday amalga oshiriladiki, bunda ta`limning kunduzgi shakli zarur bo‘lmaydi. Barcha o‘qitish masofadan amalga oshiriladi. Ushbu modelda o‘qitishda hududiy markazlar bo‘lib, ularda talabalar o‘qituvchilardan maslahatlar olishi yoki yakuniy imtihon topshirishlari mumkin.
Bunday oliygohlarda o‘qituvchilarga ham talabalarga ham o‘quv faoliyatining shakl va uslublarini tanlashda katta erkinlik beriladi. Vaqt va o‘quv jadvallariga qa`tiy chegaralar qo‘yilmaydi.
Bunday tamoyilida o‘qitish ochiq universitetlarda, masalan, Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti (United Kingdom Open University - http://www. open.ac.uk)da tashkil etilgan.
Ikkilangan modeli. Bunday tizimda oliygoh kunduzgi talabalarni ham, qisman kunduzgi va qisman masofali dastur asosida o‘qitadi. Har ikkalasida ham dars jadvallari, o‘qitish dasturlari, imtihonlari va baholash mezonlari bir xil bo‘ladi. Odatda ikkilangan modelni rivojlantirayotgan oliygoh kunduzgi talabalar soni masofali o‘qiyotgan talabalar sonidan katta bo‘lgan ana`naviy oliygohlardir. Shuning uchun bir universitetning o‘zida ikki shaklning birgaligida ko‘proq o‘zlarida katta o‘quv materiallaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan kunduzgi talabalar yutadilar. Bunday oliygohlarda masofali kurslar har doim ham foyda keltirmaydi, ba`zan u qisman kunduzgi talabalarni o‘qitish hisobidan amalga oshiriladi. Bunday holatlarda asosiy urg‘u tajribaga, pedagogika va uslubiy innovasiyalar tadqiqotiga va boshqalarga beriladi. Masofali o‘qitishning bunday modeli Avstraliyaning yangi Angliya universiteti (University of New England, Australia - http://www.une.edu.au) da tashkil etilgan.
Aralash model. Bu model universitet talabalarini masofali o‘qitishning turli shakllarini, aniqrog‘i shakllarning integrasiyasini nazarda tutadi. Masalan, kunduzgi shaklda o‘qiyotgan talabalar masofali o‘qitish kurslarining dasturlaridagilarni yoki ushbu universitetining o‘qituvchisi o‘qiyotgan kunduzgi kurslari bilan parallel ravishda qisman o‘qiydilar. Shuningdek, bu modelda an`anaviy kurslar doirasida virtual seminarlar, taqdimotlar, ma`ruzalar ko‘rinishidagi mashg‘ulotlar alohida shakllarining birlashmasi bo‘lishi mumkin. Universitet axborot va kommunikasiya texnologiyalari vositalari bilan qanchalik yuqori jihozlangan bo‘lsa, shunchalik o‘qitish shakllari turli-tuman bo‘ladi. Integrallashgan bunday kurslar Yangi Zellandiyadagi Massey universitetida (Massey University, New Zealand - http: //www.massey.ac.nz) tashkil etilgan.
Konsorsium. Ushbu model ikki universitetni birlashmasidan iborat. Bunda ular o‘quv materiallari bilan almashadilar yoki ba`zi vazifalarni bo‘lishib oladilar. Masalan, bir universitet masofali o‘qitish uchun o‘quv materiallar ishlab chiqaradi, boshqasi virtual o‘quv guruhlarini o‘qituvchilar bilan ta`minlaydi yoki masofali o‘qitish dasturlarini rasmiy akreditasiyasini o‘tkazadi. Bunday hollarda universitet butunlay yoki uning alohida markazalari, fakultetlari, hatto ta`lim xizmati bozorida ishlayotgan tijorat yoki davlat tashkilotlari hamkor bo‘lishlari mumkin. Konsorsiumlar faqat qattiy markazlashgan boshqarish va yaratilayotgan ashyolarning mualliflik hamda material huquqlarini rioya etish shartlaridagina samarali bo‘ladi. Kanadadagi Ochiq o‘quv Agentligi (Open Learning Agency, Canada - http://www.ola.bc.ca) konsorsiumga misol bo‘lishi mumkin.
Franchayzing. Franchayzing tamoyilida tashkil etilgan masofali o‘qitish modelida hamkor universitetlar bir - birlariga o‘zlarining masofali kurslarini beradilar. Bunda ta`lim xizmati bozorida o‘zini ko‘rsatgan qandaydir universitet o‘zida ishlab chiqqan kurslarini masofali o‘qitishni endigina tashkil qilayotgan va masofali o‘qitish uchun o‘quv ashyolarini mustaqil ishlab chiqish tajribasiga ega bo‘lmagan boshqa oliygoh - hamkorlariga o‘qitish huquqini berishi mumkin.
Bunday modelning qiziq tomoni shundaki, talabalar o‘zlarining universitetida o‘qishga yozilib, konsorsiumga kirgan ilg‘or oliygoh talabasi kabi o‘sha hajmda va o‘sha sifatda ta`lim xizmatlalariga, o‘qishni bitirganlaridan keyin hatto diplomlariga ega bo‘ladilar. Bunda ilg‘or universitetning barcha atributikalari o‘z kuchini saqlab qoladi. Franchayzing modeliga misol sifatida Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti qoshidagi Biznes Maktabi (Open University Business School, Great Britain) va uning Sharqiy Yevropadagi universitetlari bilan aloqasini olish mumkin.
Validasiya. Masofali o‘qitishning juda keng tarqalgan modeli bo‘lib, bunda ta`lim muassasalari masofali o‘qitish bo‘yicha xizmatlarni barcha hamkorlari teng darajada bajarishlari haqida kelishuv imzolab oladilar. Ularning biri diplom validasiyasi, kurs va dasturlarni akreditasiyasini qiladi, rasman tan olinadigan diplom va sertifikatlarni berishga ma`sul bo‘ladi, ilmiy darajalar beradi va hokazo.
Bosh oliygoh (davlat akreditasiyasiga ega bo‘lgan taniqli oliygoh) va uning hududlardagi ko‘p sonli filiallari orasidagi munosabatlar ham shu model asosida tashkil etiladi.
Uzoqlashtirilgan auditoriyalar. Bu modelda zamonaviy axborot texnologiyasi vositalari faol foydalaniladi. Oliy o‘quv yirtida o‘tkazilayotgan o‘quv kurslar, ma`ruzalar yoki seminarlar talabalar yig‘iladigan uzoqlashtirilgan o‘quv auditoriyalarga sinxron teleko‘rsatuv, videoanjuman, radioeshittirish ko‘rinishida telekommunikasiya kanallaridan uzatiladi. Bunda bir o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida talabalarning katta auditoriyasi bilan ishlaydi. Ushbu model bo‘yicha AQSh ning Viskonsin universiteti (Wisconsin University, USA) da, shuningdek, Xitoyning markaziy radio va televedenie universiteti (China Central
Radio and TV University)da masofali o‘qitish tashkil etilgan.
Loyihalar. Davlat ta`lim yoki ilmiy-tadqiqot dasturi doirasida keng qamrovlik loyihani amalga oshirish uchun mo‘ljallangan masofali o‘qitish modelidan iborat. Ushbu modelda asosiy ahamiyat o‘quv materiallarini ishlab chiquvchi asosiy mutaxasissis xodimlar, masofali kurslarni olib boruvchi o‘qituvchilar va olimlar yig‘iladigan ilmiy - uslubiy markazga qaratiladi. Markazda ishlab chiqiladigan masofali kurslar u yoki bu davlat (hudud) ning katta auditoriyasiga uzatiladi. Bunday o‘qitish vaqtinchali hisoblanib, loyihada mo‘ljallangan ishlar bajarilgandan yoki tugagandan so‘ng tugatiladi. Bu modelga misol sifatida Afrika va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan davlatlarida turli xalqaro tashkilotlar o‘tkazgan qishloq xo‘jaligi, agrotexnikaning yangi uslublari, ekologiya bo‘yicha va shu kabi masofali o‘qitish kurslari olish mumkin.
Download 22.18 Kb.




Download 22.18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



10-Ma’ruza. Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda internet va masofaviy ta’lim texnologiyalari reja

Download 22.18 Kb.