10-mavzu. Iqtisodiy masalalarni yechishda elektron jadval protsessorlaridan foydalanish reja




Download 3,3 Mb.
bet2/9
Sana20.01.2024
Hajmi3,3 Mb.
#141595
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-mavzu. Iqtisodiy masalalarni yechishda elektron jadval protse

Ishchi varag’i. Ishchi varag’i bilan ishlashning asosiy usullari va tavsifi.
1. Ishchi varag’i – axborotlarni saqlash va qayta ishlab chiqish uchun mo’ljallangan bo’lib, ustun va satrlarga biriktirilgan katakchalar majmuidir. Har bir katakcha o’z nomiga ega ishchi varag’i ustun va satrlar kesishishi orqali topiladigan nomlari bilan beriladi.
MICROSOFT EXCELdagi barcha ma'lumotlar jadval ko‘rinishida namoyon bo‘lib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) ma'lum qismiga boshlang‘ich va birlamchi ma'lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa har hil arifmetik amallar va boshlang‘ich ma'lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo‘lgan axborotlardir. Elektron jadvallar – jadval shaklida berilgan ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashga mo‘ljallangan dasturiy vositalardir. Elektron jadvallar ikki o‘lchovli massivlar (ko‘pincha ish varaqlari deb ataladi) bo‘lib, ustunlar va satrlardan tarkib topgan. Elektron jadvallar loyihalashtiruvchi dasturiy vositalarni jadval protsessorlari deb ham ataladi. Ular faqatgina jadvallar yaratibgina qolmay balki jadvaldagi ma’lumotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari elektron jadvallar yordamida turli iqtisodiy buxgalterlik va injenerlik hisob-kitoblarini bajarish, turli ko‘rinishishdagi diagrammalarni ko‘rish, murakkab iqtisodiy tahlil o‘tkazish, turli xo‘jalik vaziyatlarini modellashtirish va optimal yechimini topish mumkin va x.k.
Jadval protsessorlarining funksiyalari turli tumandir:- elektron jadvallarni yaratish va taxrir qilish;- elektron jadvallarni bezash va chop etish;
- formulalar orqali bolangan ko‘p jadvalli funksiyalar yaratish;
- diagrammalarni ko‘rish, ularni o‘zgartirish va iqtisodiy masalalarni grafik usullarda yechish;
- elektron jadvallar bilan ma’lumot bazasi kabi ishlash jadvallarni saralash, ma’lumot larni so‘rovga muvofiq tanlash;
- jamlovchi va yakuniy jadvallar yaratish;
- jadvallar ko‘rinishida tashqi ma’lumot bazasi ma’lumot laridan foydalanish;
- «nima-agar» ko‘rinishidagi iqtisodiy masalalarning parametrlarini birma-bir tanlash yo‘li bilan yechish;
- optimizatsiya masalalarini yechish
- ma’lumotlarni statistik qayta ishlash;
- slayd-shou yaratish;
-makrokomandalar yaratish, ishlash muhitini foydalanuvchi ehtiyojiga moslashtirish va x.k.
Elektron jadval yacheykalariga uch hil ma'lumotlarni kiritish mumkin:
— matnli;
— sonli ifodalar;
— formulalar.
Matnli ma'lumotlar sarlavha, belgi, izoxlarni o‘z ichiga oladi. Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir. Formulalar — kiritilgan sonli qiymatlar bo‘yicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir.
Formulalar har doim «=» belgisini quyish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil bo‘ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri o‘zgartirilsa, EXCEL avtomatik ravishda yangi ma'lumotlar bo‘yicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi.
EXCELning asosiy ishlov berish ob'ekti hujjatlar (dokumentlar) hisoblanadi. EXCEL hujjatlari (dokument­lari) ixtiyoriy nomlanadigan va XLS kengaytmasiga ega bo‘lgan fayllardir. EXCELda bunday fayllar «Ishchi kitob» deb ataladi. Ular bir Ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi varaq» deb ataladi. Ular bir ishchi varaq o‘z nomiga ega bo‘ladi. Ishchi kitobni hosil qilish uchun MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish zarur. Ishchi kitobning tarkib elementlaridan biri ishchi varaq, ya'ni elektron jadval hisoblanadi.
Elektron jadvalning asosiy elementlari esa yacheyka va diapazonlardir.
Yacheyka — bu jadvaldagi manzili ko‘rsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kesishmasi oralig‘ida joylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida hosil bo‘lgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A — ustun, 4 — qator kesishmasida joylashgan yacheyka — A4 deb nom oladi. Yacheykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin.
Bir necha yacheykalardan tashkil topgan guruh diapazon deb ataladi. Diapazon manzilini ko‘rsatish uchun uni tashkil etgan yacheykalarning chap yuqori va o‘ng quyi yacheykalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan: A1:A4. Ishchi jadvallarni ko‘rib chiqishda yoki yacheykalarni bichimlashda ish olib borayotgan diapazonning manzilini bilish shart emas, lekin formulalar bilan ishlayotganda bu narsa juda muhimdir.

Download 3,3 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 3,3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



10-mavzu. Iqtisodiy masalalarni yechishda elektron jadval protsessorlaridan foydalanish reja

Download 3,3 Mb.