10-mavzu. Kitob – eng ishonchli yoʻlboshchi




Download 34.12 Kb.
bet1/3
Sana26.12.2022
Hajmi34.12 Kb.
#37130
  1   2   3
Bog'liq
10-mavzu
10-mavzu suv resursi va uni muhofazasi reja, Аvtomatika relelari, talim, pYyL9TzZmnw0-W-ezNU38dSTIPC1Usb4, Маъруза №4, Hujjat 1, TEMA, TOZA KOD, 2, 4, 4-javobsiz, 14-amaliy, 15-amaliy, 12 lab

10-MAVZU. KITOB – ENG ISHONCHLI YOʻLBOSHCHI
Kitob mutolaasi
Insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli va davlatli bo’lishining muhim omili - bu kitobga do’st bo’lish, hamisha kitob o’qish va kitob mutolaasini umr bo’yi kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning baxtu kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitobning alohida o’rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek: “Kitob - beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”.
Xalqimiz tilida kitob o’qish orqali bilim va munosib ta’lim-tarbiya olish, ilm-fan bilan shug’ullanish, kasb-hunar o’rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko’p. Jumladan, “Kitobsiz aql - qanotsiz qush”, “Baxt belgisi - bilim”, “Bilim - aql chirog’i”, “Go’zallik - ilmu ma’rifatda”, “Ilm baxt keltirar, bilim taxt keltirar”, “Hunar - oqar buloq, ilm - yonar chiroq”, “Oltin olma, bilim ol, bilim olsang, bilib ol”. Bunday purhikmat naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin.
Mustaqillik yillarida matbuot, noshirlik va axborot sohasining mustahkam huquqiy asosi yaratildi. Xususan, bu borada 10 dan ortiq qonun va 30 dan ortiq qonunosti hujjati qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvarda imzolangan “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi farmoyishi ana shu ezgu ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga ko’tarishga qaratilganligi bilan g’oyatda ahamiyatlidir.
Farmoyishda qayd etilganidek, bugungi kunda yurtimizda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi ishlab turibdi. Istiqlol davri arxitekturasining noyob inshooti - poytaxtimizdagi muhtasham “Ma’rifat markazi”da joylashgan. Milliy kutubxona fondida qariyb 8 millionta kitob va boshqa manbalar, jumladan, 450 mingtadan ortiq kitobning elektron versiyalari, elektron darslik va qo’llanmalar mavjud. Elektron kutubxonaning ma’lumotlar bazasi o’zbek, rus va ingliz tillarida yaratilgan. Shuningdek, 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazi, tuman markazlari va shaharlardagi ta’lim muassasalarida 200 ga yaqin axborot-resurs markazi tomonidan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko’rsatish yo’lga qo’yilgan.
Yurtimizda kitoblar nashri bilan bir qatorda, ularning savdosi va targ’ibotiga qaratilgan ta’sirchan amaliy qadamlar ham qo’yilmoqda. Xususan, hozirgi paytda “Kitob olami”, “Sharq ziyokori” va “O’zdavkitobsavdota’minoti” majmualari tomonidan kitob savdosi xizmati ko’rsatilmoqda. Xususan, Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan “Kitob olami” majmuasiga qarashli zamonaviy kitob do’konlari nafaqat Toshkent shahrida, balki Qoraqalpog’iston Respublikasi va barcha viloyatlar markazlarida ham ishlab turibdi.
Mamlakatimizda “Adabiyotga e’tibor - ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida har yili respublika “Kitob bayrami” tadbirlarini o’tkazish yaxshi an’anaga aylangan. Aytish joizki, ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir davlatimiz tomonidan adabiyotni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor va erishilayotgan natijalarni keng jamoatchilikka yetkazish, xalqimiz, jumladan, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ijodkorlar va kitobxonlar o’rtasidagi muloqotni yaxshilash, kitobga bo’lgan ehtiyojini to’liq qoplashda o’z samaralarini bermoqda.
Globallashuv davrida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hayotimizga shunchalik singib ketdiki, nafaqat kundalik faoliyatimiz, balki ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini ham ularsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Axborot texnologiyalarining bu qadar jadal taraqqiy etishi kitobxonlikka ham o’z ta’sirini o’tkazmoqda. Bugun jahondagi ko’pgina bosma nashrlarning adadi kamayib, ularning onlayn versiyasi ko’proq o’qilmoqda. Dunyoning eng boy kutubxonalarida saqlanayotgan bosma manbalarning aksariyati elektronlashtirib bo’lindi. Bu jarayonlar mamlakatimizdagi kutubxonlarda ham izchil kechmoqda. Internet va boshqa vositalar jadal rivojlanayotganiga qaramay, insonning ong va tafakkurini charxlash, ma’naviy olamini boyitish, ezgulikni targ’ib etishda bosma kitobning o’rni bundan keyin ham saqlanib qolaveradi. Binobarin, kitob asrlar davomida axborot saqlovchi eng samarali vosita vazifasini bajargan. Qolaversa, ming yil oldin Samarqand qog’ozida bitilgan qo’lyozmalar hozir ham insoniyatga ma’rifat nurini sochmoqda. Zero, kitob – qalb chirog’i, tafakkur qanoti. Ayniqsa, bosma kitobdan taralayotgan va elektron nashrdan topib bo’lmaydigan o’ziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida mo’’jizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan ko’ngil cheksiz zavqqa to’lgan holda, kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan fikrlashishning huzur-halovati tamoman o’zgachadir. Sohibqiron Amir Temur ta’biri bilan aytganda, «Kitob (bitig) barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni yaratuvchi murabbiydir». Shu ma’noda, shaklidan qat’i nazar, barcha kitoblar milliy o’zligimiz hamda umuminsoniy qadriyatlarni targ’ib etishga xizmat qilishi ayni muddao.

Download 34.12 Kb.
  1   2   3




Download 34.12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



10-mavzu. Kitob – eng ishonchli yoʻlboshchi

Download 34.12 Kb.