10-mavzu. Kitob – eng ishonchli yoʻlboshchi




Download 34.12 Kb.
bet2/3
Sana26.12.2022
Hajmi34.12 Kb.
#37130
1   2   3
Bog'liq
10-mavzu
10-mavzu suv resursi va uni muhofazasi reja, Аvtomatika relelari, talim, pYyL9TzZmnw0-W-ezNU38dSTIPC1Usb4, Маъруза №4, Hujjat 1, TEMA, TOZA KOD, 2, 4, 4-javobsiz, 14-amaliy, 15-amaliy, 12 lab
1-topshiriq. Og’zaki nutq:
Mavzuga oid matnni o’qib tushunish.
Matnni ijodiy so’zlash.
Kitobni tavsiya qilish usullari haqida fikr bildirish.
*ESDA TUTING!
Insenirovka (lot. in-da, scaena-sahna) – adabiy asar (roman, qissa, doston, hikoya) ning sahna, televideniye, radio uchun qayta ishlanishi. Dastlab insenirovka 19-20-yillarda Yevropada vujudga keldi va taraqqiy etdi. O’zbekistonda Insenirovkaning ilk namunalari XX asr boshlarida yaratildi, 20-80-yillarda rivojlandi. Insenirovkada ijtimoiy janr xususiyatlari hisobga olinadi, xususan, qahramonlar obrazini asosan dialog yordamida ochib berish, kuchli hayotiy ziddiyatlari ko’rsatish va yorqin siymolarni aks ettirishga e’tibor beriladi.
2-topshiriq. Yozma nutq:
O’qilgan kitoblar to’g’risida dialog tuzish va uni insenirovka qilish. O’qilgan kitoblar ro’yxatini tuzish va ularga qisqacha tavsif berish.
GRAMMATIKA. Iboralarning turlari va uslubiy xususiyatlari.
Til fanining iboralarni o‘rganadigan bo‘limi frazeologiya deyiladi. Ikki va undan ortiq mustaqil so‘zlar yoki gaplar bir ko‘chma ma’noni ifodalaydi. Shunday ibora va gaplar barqaror bo‘ladi. Ular obrazliligi, jozibadorligi bilan ajralib turadi. Masalan: yuragi qon bo ‘ldi, ko ‘ngliga qil sig‘maydi.
Frazeologik ibora va gaplar so‘zlarning ko‘p ma’noli (polisemiya) bo‘lishiga asoslanadi, shuningdek, ikki va undan ortiq mazmunni ifodalaydi: o ‘zini qayerga qo ‘yishni bilmadi - sevinchdan hayajonlanmoq, zerikib yoki bekorchilikdan toqatsizlanmoq va boshqalar. Mazasi qochdi - sog‘ligi yomonlashdi, ishi inqirozga uchradi. Frazeologiyaning tarkibida idiomalar ham bo‘lib, ular ma’lum tilgagina xos bo‘ladi va boshqa tillarga so‘zma-so‘z tarjima qilib bo‘lmaydi: Ammamning buzog‘i. Yuragi shuv etib ketdi. Gapning po‘st kallasi. Oyoqni qo‘lga olib chopmoq va h.k. Idiomalarda shakllangan mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan fikr, voqea, hodisa ifodalanadi.
Nutqiy ta’sirchanlik frazeologizmlarni qo’llash bilan ham vujudga keladi. Oddiy so’zga nisbatan frazeologizmlar (iboralar)da ta’sirchanlik kuchli bo’ladi. Masalan, Boya qishloqdan dadasi keldi. Dadasi nimadandir asabi buzilib, qovog’idan qor yog'ib keldi-yu, o’g’li bilan ko’rishib bo’lmasdanoq Vohid Mirobidov qo’ng’iroq qildi (O. Yoqubov). Bu gapdagi xafa ma’nosini ifodalovchi qovog’idan qor yog'ib frazeologizmi fikrning ta’sirchanligini oshirgan.
Frazeologizmlar zaminida uzoq o’tmishda bo’lib o’tgan voqea-hodisalar, turmush haqiqati inson ongida mujassamlashgan, sayqallashgan obrazlarning tasavvurlari siqiq, sintaktik qoliplashgan bo’lib, avloddan-avlodga meros bo’lib kelgan. Fikrimizning isboti uchun misollarga murojaat etaylik: bir yoqadan bosh chiqardi, shaytonga dars beradi, chuchvarani xom sanama, temirni qizig’ida bos, suvga olib borib sug’ormay keladi, beli og’rimaganning non eyishini qara, tegirmonga tushsa butun chiqadi, otdan tushsa ham egardan tushmaydi, to’ydan oldin nog’ora chalma, tepa sochi tikka bo ’ldi, ko ’zi to ’rt
bo ’ldi va h.k.
Frazeologizmlarning maqolga aylangan qismi xalq aql-idrokining mahsuli, uning hukmi, ko’p asrlik tajribalari, turmushdagi turli voqea-hodisalarga aqliy munosabati natijasidir. Donishmandlarning ta’kidlashlaricha, "Xalq maqoli- xalqning mulkidir. Maqol qayg’usi - xalq qayg’usi, maqol g’azabi - xalq g’azabi, maqol kulgusi - xalq kulgusi va maqol kinoyasi - xalq kinoyasi demakdir".
Hayotda insonlar goho sevinadi, quvonadi, goho qayg’u, alamli kechinmalarga duchor bo’ladi. Ana shunday turli-tuman ruhiy holatlarga, tevarak- atrofdagi voqea-hodisalarga munosabatda kishilar o’z nutqlarida tayyor holdagi qoliplashgan iboralarga murojaat etadilar. Chunonchi, o 'tirsa o 'poq, tursa so'poq deydi (biror ayb topib kamsitish), o'l desang o'ladi, tiril desang tiriladi (gapga kiradigan kishi haqida), burnidan buloq bo'ldi (zoe ketdi, tatimadij, ona suti og'zidan ketmagan (hali yosh, tajribasiz), peshonasi taq etib devorga tegdi (o’z bilganidan qolmay, oxiri holi tang bo’ldi), o'z yog'iga o'zi qovurildi (ruhiy azob chekdi), baland oxurdan yem yegan (dimog’dor), arqonni uzun tashladi (biror yomon, noo’rin ishning oqibatini kutish), tarvuzi qo'ltig'idan tushdi (maqsadi puchga chiqdi), qulog'idan kun ko'rinadi (juda ozg’in, betob odam haqida) va h.k.

Download 34.12 Kb.
1   2   3




Download 34.12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



10-mavzu. Kitob – eng ishonchli yoʻlboshchi

Download 34.12 Kb.