• Katta malumotlarni qayta ishlash texnologiyalari (Big Data) 10.1 Malumotlar bazalari va ularni ishlab chiqish modellari.
  • Yuqori harakatchanlik
  • 10-Mavzu: Ma’lumotlar bazalari va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash texnologiyalari Reja




    Download 0.96 Mb.
    bet1/44
    Sana25.09.2022
    Hajmi0.96 Mb.
    #26366
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word (2)
    19. Hajmiy nasoslar, ularning klassifikatsiyasi, 1667628630 (1), KA mustaqil ish, 2-yigilish ANIQ VA TABIIY FANLAR , 3-yigilishTABIIY FAN , husan iqtisot, Usmonov tayyor, Шахсий варақа 01.02.2019, qvonch 1, Mavzu Man tarmog\'ida qo\'llaniladigan asosiy qurilmalar Reja, Korxonaning asosiy fondlari va ularning tarkibi., GLOBAL KORUPSIYA IJTIMOIY , Biologiya o‘qitishda muammoli texnologiyadan foydalanish reja, Ermatov Javohir


    10-Mavzu: Ma’lumotlar bazalari va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash texnologiyalari
    Reja:

      1. Ma'lumotlar bazalari va ularni ishlab chiqish modellari.

      2. Malumotlar bazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari va xususiyatlari

      3. Katta ma'lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari (Big Data)

    10.1 Ma'lumotlar bazalari va ularni ishlab chiqish modellari.
    Inson faoliyatining turli sohalarida katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash va saqlash kompyuterlarni qo'llashning muhim yo'nalishlaridan: iqtisodiyot, bank, savdo, transport, tibbiyot, fan va hokazolardan biridir.
    Mavjud zamonaviy axborot tizimlari juda katta hajmdagi saqlanadigan va qayta ishlanadigan ma'lumotlar, murakkab tashkil etilishi, ko'plab foydalanuvchilarning turli talablarini qondirish zarurati bilan ajralib turadi.
    Axborot tizimi – bu ma'lumotlarni yig'ishni, qayta ishlashni va manipulyatsiyasini avtomatlashtirilgan holda amalga oshiradigan va ma'lumotlarni qayta ishlashning texnik vositalarini, dasturiy ta'minot va xizmat ko'rsatuvchi xodimlarni o'z ichiga olgan tizimdir.
    Har qanday axborot tizimining maqsadi – dunyodagi real ob'ektlar haqidagi ma'lumotlarni qayta ishlash hisoblanadi. Axborot tizimining asosini ma'lumotlar bazasi tashkil etadi. Ma'lumotlar bazasi keng ma'noda – bu har qanday predmet sohasidagi dunyoning aniq ob'ektlar haqidagi ma'lumotlar to'plamidir.
    Ma'lumotlar bazasini yaratish orqali foydalanuvchi turli xil xususiyatlarga ko'ra ma'lumotni tartibga solishga intiladi va tezlik bilan kerakli xususiyatlarning kombinatsiyasi tanlovini amalga oshiradi. Bunda ma'lumotlar modelini to'g'ri tanlash juda muhimdir. Ma'lumotlar modeli – bu dunyoni idrok etishning asosiy toifalarini, uning ob'ektlari, bog'lanishlari, xususiyatlari, shuningdek, ularning o'zaro ta'sirlari bilan ifodalanishining tasviridir.
    Ma’lumotlar bazasi (MB) - ko'rib chiqilayotgan sohadagi ob'ektlar holati va ularning o'zaro munosabatlarini aks ettiruvchi ma'lumotlar to'plamidir1.
    Ma'lumotlar bazasidagi ma'lumotlar tartibli ravishda saqlanadi. Shunday qilib, daftarchada barcha yozuvlar alifbo tartibida, kutubxona katalogida esa alifbo bo'yicha (alifbo katalogi) yoki sohaga (mavzu katalogi) muvofiq tartiblangan.
    Ma'lumotlar bazasini yaratishga, unda saqlanadigan ma'lumotlarni yangilashga, ko'rish va izlashga va unga qulay kirish imkoniyatini yaratishga imkon beradigan dasturlar tizimi ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi deb ataladi (MBBT).
    Zamonaviy ma'lumotlar bazalariga va binobarin, (MBBT) ga quyidagi asosiy talablar qo'yiladi:

    1. Yuqori harakatchanlik (so'rovga qisqa javob vaqti).

    Javob vaqti - ma'lumotlar bazasiga so'rov yuborilgan paytdan boshlab ma'lumotlarni qabul qilinishigacha bo'lgan vaqt oralig'i. Shunga o’xshash yana bir atama bu - “Kirish Vaqti” hisoblanadi. Kirish vaqti - buyrug' berilishi va ma'lumotlarni qabul qilish o'rtasidagi vaqt oralig'i. Kirish deganda ma'lumotlarni qidirish, o'qish yoki yozish operatsiyasi tushuniladi. Ma'lumotlarni yozish, o’chirish va o'zgartirish operatsiyalari ko'pincha yangilanish operatsiyasi deb nomlanadi.

    1. Ma'lumotlar yangilanishining osonligi.

    2. Ma’lumotlarning mustaqil bo’lishi.

    3. Ko'p foydalanuvchilar o'rtasidagi ma'lumot almashinuvi.

    4. Ma'lumotlar xavfsizligi - ma'lumotlar sirini qasddan yoki bilmasdan turib buzishdan, yo'q qilishdan himoya qilish.

    5. Ma'lumotlar bazalarini qurish va ishlashini standartlashtirish (MBBT).

    6. Tegishli mavzu sohasidagi ma'lumotlarni ko'rsatishning yetarliligi.

    7. Foydalanuvchi uchun do'stona interfeys.

    Bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan dastlabki ikki talab eng muhimlardan hisoblanadi: Yuqori harakatchanlik ma'lumotlar bazasi tuzilishini soddalashtirishni talab qiladi. Bu esa o'z navbatida ma'lumotlarni yangilash tartibini murakkablashtiradi va ularning ortiqcha hajmini oshiradi.
    Ma’lumotlarning mustaqil bo’lishi - foydalanuvchi qarashlarini o'zgartirmasdan ma'lumotlar bazasining mantiqiy va fizik tuzilishini o'zgartirish qobiliyati.
    Ma'lumotlarning mustaqilligi ma'lumotlarni saqlash, dasturiy ta'minot va apparat vositalarining xususiyatlariga qarab o'zgarmaslikni anglatadi. Ma'lumotlarga kirish strategiyasini va asl ma'lumotlarning tuzilishini o'zgartirganda, MB tarkibida minimal o'zgarishlarni ta'minlaydi. Bunga loyihalashtirish davrida barcha o'zgarishlarni konseptual va mantiqiy bosqichlariga minimal o'zgartirishlar bilan "siljitish" orqali erishiladi.

    Download 0.96 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




    Download 0.96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-Mavzu: Ma’lumotlar bazalari va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash texnologiyalari Reja

    Download 0.96 Mb.