• 10.1.Nizo, ularning kelib chiqish sabablari va turlari. Ko’pincha mehnat jamoalarida u yoki bu nizoli vaziyatlar davriy ravishda vujudga keladilar. Nizo
  • Nizolarning vazifalari Ijobiylar Salbiylar
  • - shaxs ichidagi nizo
  • 10-Mavzu. Nizo va stressni boshqarish




    Download 157.45 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/8
    Sana11.12.2022
    Hajmi157.45 Kb.
    #34180
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    10-Mavzu. Nizo va stressni boshqarish



    10-Mavzu. Nizo va stressni boshqarish 
     
    10.1.Nizo, ularning kelib chiqish sabablari va turlari. 
    10.2.Nizo jarayonidagi bosqichlar va oqibatlar. 
    10.3.Nizolarni boshqarish va ularni bartaraf etish yo’llari. 
    10.4.Stress va uni boshqarish. 
    10.1.Nizo, ularning kelib chiqish sabablari va turlari. 
    Ko’pincha mehnat jamoalarida u yoki bu nizoli vaziyatlar davriy ravishda vujudga 
    keladilar. 
    Nizo- bu ikkita yoki ko’proq tomonlar, ya’ni aniq shaxslar va guruhlar o’rtasidagi haqiqiy 
    kurashdir, bunda har bir tomon o’zining nuqtai nazari yoki maqsadi qabul qilishiga va boshqa 
    tomonni ushbu narsani qilishiga halaqit berishga harakat qiladi. 
    Nizolarni to’rtta asosiy turi mavjud. 
    Nizolarning vazifalari 
    Ijobiylar 
    Salbiylar 
    Nizolashuvchi tomonlar o’rtasidagi keskinlikni 
    kamaytirish 
    Nizoda ishtirok etishga katta moddiy, ruhiy 
    xarajatlar
    E’tiroz bildiruvchilar, nizoning sabablari 
    haqidagi yangi axborotlarni olinishi
    Xodimlarni ishdan bo’shatilishi, intizomni 
    pasayishi, jamoadagi ijtimoiy-ruhiy muhitni 
    yomonlashuvi
    Tashqi dushman bilan kurashda tashkilot 
    jamoasini jipslashishi
    Mag’lub guruhlar haqida dushmanlar haqidagi 
    kabi tasavvur 
    O’zgarish va rivojlanishga rag’batlantirish 
    Ishga ziyon yotkazgan holda nizoni o’zaro 
    hamkorlik jarayoniga g’oyatda berilib ketish 
    Qo’l ostidagilarda tobelik sindromini pasayishi Nizo tugagandan keyin – ishtirok- chilar 
    o’rtasidagi hamkorlikni kamayishi yoki tugashi 
    Muammolarni aniqlanishi 
    Ishga doir nizolarni qiyinchilik bilan tiklanishi 
    Birinchi tur - shaxs ichidagi nizo. U har xil shakllarda bo’lishi mumkin. Uning eng keng 
    tarqalgan shakllaridan biri - bu rolli nizolar, bunda bir kishi oldiga uning ishi natijalari qanday 
    bo’lishi sababidan ziddiyatli talablar qo’yiladiladi. Masalan, bevosita boshliq – bo’lim mudiri 
    tovarshunosga poyafzal sifatini tekshirishni jadallashtirish topshirig’ini beradi, sifat bo’yicha 
    rahbar esa poyafzal sifatini tekshirishni texnologik jarayonni sekinlashtirish yo’li bilan 
    yaxshilashni talab qiladi. Nizo yakka hukmronlikni buzilishi va qo’l ostidagi shaxs oldiga 
    ziddiyatli talablar qo’yilishi tufayli vujudga keladi.


    Bir qator hollarda yakka shaxsning ichida sodir bo’layotgan shaxs ichidagi nizo uni 
    maqsadlari yoki qarashlarining nizosi bo’ladi. U yakka shaxs o’zaro bir birlarini istisno qiluvchi 
    maqsadlarni tanlagan yoki ularga erishishga harakat qilayotgan holda maqsadlarning nizosiga 
    aylanadi. Yakka shaxs o’zining fikrlari, qadriyatlari va umuman hulqining qoniqroqsizligining 
    tan olgan vaqtda u fikrlarning nizosi bo’ladi. 
    Ikkinchi tur - shaxslararo nizo (eng keng tarqalgan). Rahbarlarga ko’pincha jamoa 
    manfaatlarini himoya qilishga to’g’ri keladi (uskunalardan foydalanish vaqtini taqsimlash va h. 
    k.). Bunda har bir kishi yuqori rahbariyatni ushbu resurslarni xuddi unga ajratishga ko’ndirishi 
    kerak. Yana ikkita mutaxassislarni o’z loyihalarini amalga oshirilishi uchun to’qnashuvi bo’lishi 
    mumkin. Bitta bo’sh o’rin (lavozim)ga ikkita nomzodlar o’rtasida, hamda xarakter, qarashlar va 
    qadriyailarning har xil alomatlariga ega alohida shaxslar o’rtasida ham nizo bo’lishi mumkin. 
    Uchinchi tur - shaxs va guruh o’rtasidagi nizo. Norasmiy guruhlar hulqning me’yorini 
    belgilaydilar. Har bir kishi bu guruhga qabul qili- nishi uchun ularga rioya qilinishi kerak.
    Ammo agar guruhning tilaklari alohida shaxsning tilaklariga nisbatan ziddiyatda bo’lsa, bu holda 
    nizo kelib chiqadi. 
    Nizo lavozimli vaziyatlar zaminidan ham vujudga kelishi mumkin. Rahbar intizom 
    choralarini qo’llashga majbur bo’ladi, ular qo’l ostidagi- larda ommabop bo’lmasliklari mumkin. 
    Bu vaqtda guruh javob zarbasini berishi- rahbarga nisbatan munosabatni o’zgartirishi mumkin. 
    To’rtinchi tur - guruhlararo nizo, ya’ni guruhlar (rasmiy va norasmiy) o’rtasidagi , 
    hamda kasaba uyushmalari va ma’muriyat o’rtasidagi. Xizmat guruhlari ko’pincha 
    maqsadlardagi farqlar tufayli bir birlari bilan nizolashadilar. Masalan, xaridorga sotish bo’limida 
    hamma vaqt ham byurtmalarni bajarish uchun ko’proq tovar zaxiralari bo’lishi kerak, bu o’z 
    navbatida, xarajatlarni ko’payishiga olib keladi va buning oqibatida, u moliyaviy va boshqa 
    bo’limlarning manfaatlariga zid bo’ladi. Bevosita menejerlar muhitidagi nizolarning bir necha 
    turlarini ajratish mumkin, ya’ni: 
    • boshqaruvning har xil darajasidagi menejerlar o’rtasidagi; 
    • menejerlar va korxonaga bosim o’tkazuvchi guruhlar o’rtasidagi; 
    • ham alohida shaxslar va ham menejmentning har xil g’oyalarning manbalari - katta va 
    kichik yoshdagi boshqaruvchilar vakillari bo’lgan menejerlar o’rtasidagi; 
    • menejerlar va jamiyatdigi har xil tashkilotlar (kasaba uyushmalari, birlashmalar, matbuot 
    guruhlari, lobbistlar va h k.) o’rtasidagi. 


    Download 157.45 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 157.45 Kb.
    Pdf ko'rish