• Ko‘p funksiyali aralashtirgichlar Aralashtirish jarayonining jadalligi va samaradorligi ARALASHTIRISH JARAYONINING MAQSADI VA MOHIYATI
  • ARALASHTIRISH USULLARI
  • 11- ma’ruza mavzu: tolalardan aralashmalar tuzish asoslari reja: Aralashtirish jarayonining maqsadi va mohiyati




    Download 186.91 Kb.
    bet1/2
    Sana31.07.2021
    Hajmi186.91 Kb.
    #16383
      1   2

    11- MA’RUZA

    Mavzu: TOLALARDAN ARALASHMALAR TUZISH ASOSLARI

    Reja:

    1. Aralashtirish jarayonining maqsadi va mohiyati

    2. Aralashtirish usullari

    3. Igna sirtli aralashtirgichlar

    4. Oqim usulida aralashtirish mashinalari

    5. Ko‘p funksiyali aralashtirgichlar

    6. Aralashtirish jarayonining jadalligi va samaradorligi

    ARALASHTIRISH JARAYONINING MAQSADI VA MOHIYATI

    Tayyorlanayotgan mahsulot sifatini oshirishga bo‘lgan zarurat yigirilayotgan ipning ravon, toza, pishiq va elastik bo‘lishini taqozo etmoqda.

    Yigirilgan ipning sifatli bo‘lishi, texnologik jarayonlarning barqarorligi nafaqat tolalar aralashmasiga, balki komponentlarning aralashtirish jarayonini oqilona tashkil etishga ham ko‘p jihatdan bog‘liqdir.

    Bir yoki bir necha namunalar tarkibidagi tabiiy tolalar o‘zlarining xususiyatlari bilan o‘zaro farq qiladi. Masalan, bitta chigit yoki ko‘sakdan olingan paxta tolalari bir-biridan o‘zining uzunligi, chiziqiy zichligi, pishiqligi va boshqa xususiyatlar bilan farq qiladi. Bitta teridan olingan jun tolalari nafaqat uzunligi bilan farq qiladi, balki tuzilishi ham turli xil bo‘ladi.

    Tabiatda uchraydigan tola aralashmalari bir xil xususiyatlarga ega bo‘lmaydi. Lekin bunday tabiiy aralashmalar bilan korxonada olinadigan bir nechta komponentlardan iborat bo‘lgan aralashmalar orasidagi farq juda katta bo‘ladi. Tabiiy aralashma turli xil tolalarga nisbatan yaxshi aralashgan bo‘ladi. Agar ma’lum miqdorda paxta tolasidan namuna olib, uni yigirilsa, olingan ip ma’lum bir katta bo‘lmagan bo‘lakchalarda paxta tolalari turli xil ekanligi ko‘rinadi, bu esa, o‘z navbatida, tabiiy aralashmadan dalolat beradi.

    Sun’iy aralashmalarda esa, bir necha komponentlardan ara­lashma olinadi va bunda tolalarning, yuqorida aytib o‘tilganidek, ravon aralashmasi hosil bo‘lmaydi. Har bir aralashma tarkibida komponentlar bo‘lakcha sifatida bo‘ladi, bu bo‘lakchalarda tolalar turli xil o‘lchamlarga ega, tolalar boshqa bir bo‘lakcha tolalari bi­lan aralashmaydi. Hamma bo‘lakchalarni butunlay alohida tolalarga ajratish yo‘li bilan aralashtirishga erishiladi.

    Agar aralashma faqatgina bo‘lakchalardan iborat bo‘lsa, ular aralashmani hosil qiladigan element hisoblanadi, agar barcha bo‘lakchalar alohida tolalarga ajratilgan bo‘lsa, aralashma elementi tola hisoblanadi. Bu ikki holatni birlashtirib, aralashma tarkibidagi elementlarni ma’lum bir hajmda ravon taqsimlanganini ko‘rib chiq- sa bo‘ladi. Ammo yetarli titilmagan bo‘lakchalar mavjud bo‘lsa, unda aralashma zichligini hisobga olish kerak bo‘ladi, chunki har bir bo‘lakcha tarkibida boshqa bir komponent tolalari bilan aralash- magan bitta komponent tolalari mavjud, bunda esa bo‘lakchalarni emas, balki tolalarni aralashtirish kerak.

    Yuqorida aytib o‘tilganidek, aralashtirish bilan titish orasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Titish jarayonida bo‘lakcha o‘lchamlari kichiklashadi, bu esa, o‘z navbatida, aralashtirish jarayoni samarali kechishiga yordam beradi.



    Aralashtirish jarayoninig maqsadi - tarkibi bir tekis bo‘lgan ravon xomaki mahsulotlar olish, yigirilgan ipning har qanday ke- simida asosiy xossalari bir xilligini, belgilangan tannarx va sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlashdan iborat.

    Aralashtirish jarayonining mohiyati - turlicha xossalarga ega bo‘lgan har bir komponent tolalarining dastlab o‘z ichida, keyin o‘zaro aralashma tarkibida bir tekisda taqsimlashdan iborat.

    ARALASHTIRISH USULLARI

    Tolalarni yigirishda tasodifiy va uyushgan aralashtirish usullari ishlatiladi.

    Tasodifiy usulda aralashtirilayotgan komponentlar bo‘lakchalari aralashmaning turli uchastkalarida tartibsiz va tasodifiy holatda taqsimlangan bo‘ladi.

    Masalan: ta’minlovchi-aralashtiruvchi (VO-S) kameralarida, perfobaraban sirtida, tarash mashinasining ajratuvchi barabanida tasodifiy usulni ko‘rish mumkin. Bu usulda aralashma tarkibining doimiyligi ehtimollik tushunchasiga asoslangan.



    Uyushgan usulda aralashtirish natijasida hosil bo‘lgan qatlamning ko‘ndalang kesimidagi tolalar soni alohida komponentlarning ko‘ndalang kesimidagi tolalar sonining yig‘indisiga teng bo‘ladi. Bu usulda bir tekis aralashtirish oldindan belgilangan retseptga mos tushadi. Shuning uchun bu usul tuzilishi turlicha bo‘lgan to­lalarni aralashtirishda ko‘p ishlatiladi. Uyushgan usulda aralashti­rish mahsulotlarni uzunasiga qo‘shish orqali ikki holatda amalga oshiriladi:

    1. Bir turdagi mashinalardan olingan, xossalari turlicha bo‘lgan xomaki mahsulot yoki tolalar oqimini qo‘shish;

    2. Xossalari bir xil bo‘lgan tolalar yoki bo‘lakchalar oqimini davriy qo‘shish.

    Birinchi holat, aralashtiruvchi panjaralarda tolali bo‘lakchalar oqimini, pilta birlashtiruvchi mashina va qayta tarash mashinalarida piltalarni hamda piliklash va yigirish mashinalarida piliklarni qo‘shishda ishlatiladi.

    Ikkinchi holat, uzluksiz aralashtiruvchi mashinalar kameralarida gorizontal qatlamlar hosil qilishda yoki vertikal qatlamlardan panja- ralar yordamida tolalarni ajratishda, tarash apparatlarida taramlardan qatlam hosil qilishda, pnevmomexanik yigirish mashinalarining kamera ichki sirtida tolalarni qo‘shishda qo‘llaniladi.

    Qatlamlar yordamida, mashina kameralarida va piltalarni qo‘shib aralashtirish usullari samarali hisoblanadi.

    Alohida komponentlardan qatlam hosil qilinib, ular ustma-ust joylashtiriladi, so‘ngra, mahsulot yo‘nalishi bo‘yicha perpendikular holatda porsiyalarga ajratib aralashtiriladi. Aralashtirish samarali bo‘lishi uchun alohida qatlamlar bir xil miqdorda yupqa va uzunlik bo‘yicha bir tekis bo‘lishi kerak. Qancha ko‘p qatlam hosil qilinsa, shuncha yaxshi aralashma olinadi. Qatlamlar yordamida aralashma ikki va undan ortiq komponentlar ishlatilganda qo‘llanadi. Aralashtiruvchi mashinalarning shaxtalaridan tushayotgan va titilayotgan paxta bo‘lakchalarini aralashtiruvchi panjaralarda ustma-ust qatlamlar hosil qilib aralashishi yoki avtomatik toytitgichlarning paxta bo‘lakchalarini titib aralashtirishi ham bunga misol bo‘la oladi.

    Mashina kameralariga paxta bo‘lakchalari mexanik yoki avtomatik tarzda to‘xtovsiz uzatib turiladi. Aralashtiruvchi ta’minlagichlarda va uzluksiz aralashtiruvchi mashina kameralarida aralashtirish amalga oshiriladi. Paxta bo‘lakchalari qancha mayda bo‘lsa, aralashtirish shuncha yaxshi bo‘ladi.

    Kamchiligi. Mashinaning ignali ishchi organlarida aralashuvchi tolalar ilashuvchanligi turlicha bo‘lgani uchun tolalar saralanib, ajralish hodisasi sodir bo‘ladi.

    Piltalarni qo‘shib aralashtirish piltalash va pilta birlashtiruvchi mashinalarda amalga oshiriladi. Olingan xomaki mahsulot tarkibida komponentlarning taqsimlanishi bir xil va doimiy bo‘ladi, lekin aralashtirilayotgan piltalar cho‘zishdan so‘ng alohida-alohida bo‘lib, ajralib turadi. Bu kamchilikni bartaraf etish uchun qo‘shish va cho‘zish jarayoni takrorlanadi.





    Download 186.91 Kb.
      1   2




    Download 186.91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    11- ma’ruza mavzu: tolalardan aralashmalar tuzish asoslari reja: Aralashtirish jarayonining maqsadi va mohiyati

    Download 186.91 Kb.