• W inRAR for Windows dasturining oynasi
  • 11-ma’ruza Mavzu: Arxivlashtirish dasturlari: fayllarni arxivlashtirish haqida umumiy ma`lumotlar. Ma’ruza matni




    Download 477 Kb.
    Sana24.12.2022
    Hajmi477 Kb.
    #36903
    Bog'liq
    11-ma\'ruza
    Loboratoriya ishi, Taqdimotlarni yaratish texnologiyalari, ARISTOTEL ANTIC DUNYONING UNIVERSIAL AQL EGASI, 17, 61a1f853f0d9b7.11001055, Headway Beginner Wordlist. 5th edition - 2019, 26p, Laboratoriya ishi 2 s, 1-Mustaqil ish topshiriqlari, Mavzu Global tarmoqlar(wan) va ularning qurilish usullari-fayllar.org, технологии туризма, 1308 [Tracey Ho, Desmond S. Lun] Network Coding An Int(b-ok.org), informatika 5-sinf bo\'sh 34 soat to\'garak, 15, 1- AMALIY MASHGʻULOT

    11-ma’ruza
    Mavzu: Arxivlashtirish dasturlari: fayllarni arxivlashtirish haqida umumiy ma`lumotlar.
    Ma’ruza matni
    Kompyuter qanchalik zamonaviy bo'lmasin, undagi bo'sh joy bir kun kelib to'lib qoladi. Bunday holatda, albatta yangi hajmi ko'proq qattiq disk (vinchester) o'rnatish kerak. Lekin bunga moliyaviy imkoniyat bo'lmasa, bir xil fayllarni vaqtincha ishlatmaslik yoki virusdan himoyalash uchun ularni maxsus arxiv fayllariga joylashtirish bu muammoni yechimi hisoblanadi. Arxivator-dasturlar har xil: Zip, RAR, Arj va hokazo. Ularning har bir operatsion tizimga mo'ljallangan versiyalari ham mavjud.
    Windows operatsion sistemasida keng foydalaniladigan arxivatorlar bu: WinZIP, WinRAR, ZipMagic va boshqalar.
    Biz ko'rib chiqadigan arxivator bu WinRAR arxivatori. U juda ko'p imkoniyatlarni beradi: fayllar va kataloglarni arxivga joylashtirish, arxivdan chiqarish, arxivni tekshirish, arxivni yangilash, o'zi ochiladigan (SFX) arxivlarni yaratish, bir nechta qismga parchalangan ko'p jildli (qismli) arxivlarni yaratish, ularni shikastlanishdan himoyalash va xokazo.
    W inRAR for Windows dasturining oynasi:
    Bu dasturga kirgandan keyin maxsus oynasi hosil bo'ladi. Bu oynada kataloglar va fayllar ro'yxati chiqadi. Biz bu ro'yxatdan kerakli katalog yoki fayllarni belgilab, sichqonning o'ng tugmasini bosish yoki Commands menyusi orqali ular ustida amallar bajarishimiz mumkin.
    Faylni arxivga joylashtirish:
    1) Kerakli faylni topamiz va Farmoishlar (Commands) menyusidan fayllarni arxivga qo'shish (Add files to Archive) farmoishini tanlaymiz.
    2) Maxsus oyna hosil bo'lganidan keyin, u yerda yaratiladigan arxiv nomi, uning arxivlanish darajasi, qaysi katalog ichiga joylashishi va boshqalar ko'rsatiladi.
    - Update mode - arxivlanish rejimini o'rnatish: yangi arxiv, arxiv tarkibini yangilash va boshqalar;
    - Archiving options - arxivning parametrlarini o'rnatish;
    - Solid archive - uzluksiz arxiv;
    - SFX archive - o'z-o'zidan ochiladigan arxiv fayl yaratiladi; uni ochish uchun arxivatorga kirish shart emas, uning kengaytmasi "EXE" bo'ladi;
    - Multimedia compression - multimedia fayllarini oddiylarga nisbatan 30% ga ixcham qilib arxivlash;
    - Put recovery record - shikastlanishdan himoyalash yozuvini qo'shish;
    - Compression - arxivlanish tartibini o'rnatish: Fast - tez, Normal - oddiy, Good - o'rtacha, Best - sekin lekin eng yaxshi;
    - Dictionary size - maxsus arxiv to'g'risida yoziladigan kutubxona hajmini ko'rsatish, unda arxivning ichidagi fayllar soni, hajmi va boshqalar saqlanadi;
    - Volume size - ko'p qismli arxiv yaratilganida uning qismlari hajmini ko'rsatish;
    - Delete files after archiving - fayllarni arxivga joylashtirgandan keyin ularning asl nusxasini o'chirish.
    WinRAR arxivatori o'zi yaratadigan arxiv fayllarini parol yordamida himoyalash imkoniyatiga ega. Buning uchun klaviaturadagi CTRL+P tugmasini bosib, maxsus oynada kerakli parolni ikki marta kiritish kerak. Bundan keyin arxivni faqat parol yordamida ochish mumkin.



    Dasturni ishga tushirish:

    Fayllarni arvivlash jarayoni:

    Arxivlash parametrlarini sozlash:


    Ikkinchi mashhur arxivator bu WinZIP arxivatoridir. Internet tarmog'ida ko'p fayllar ZIP arxivlarida bo'ladi. Bunga asosiy sabab - arxivlangan fayllar tezroq ko'chiriladi. Ular bilan ishlash uchun WinZIP arxivatori zarur.
    Bironta ZIP kengaytirishiga ega faylni ochish uchun uni tanlab sichqonchani o'ng tugmasini bosib, hosil bo'lgan kontekst menyudan Extract to... buyrug'ini tanlaymiz va katalogni ko'rsatamiz. Bundan keyin WinZIP arxivatori uning ichidagi fayllarni chiqaradi.
    Arxiv fayllari:
    WinZIP dasturi butun dunyoda keng tarqalgan. Sababi RAR vaWinRAR arxivatori Rossiya dasturchilari tomonidan ishlab chiqarilgan va AQSh va Yevropa kompyuter bozorida kam foydalaniladi.
    WinZIP arxivatori quyidagi ko'rinishga ega:

    Bu yerda:
    - Новый- yangi arxiv yaratish;
    - Открыть - arxiv faylini ochish;
    - Фавориты - kompyuterdagi barcha arxiv fayllar ro'yxati;
    - Добавить - arxivga qo'shimcha fayllarni qo'shish;
    - Извлечь - arxivdan ko'rsatilgan fayllarni chiqarish;
    - Просмотр- arxivdagi fayllarni ko'rish, xususan ulardagi rasm va matnni ko'rish mumkin;
    - Check Out - ko'rsatilgan faylga yorliq yaratish;
    - Мастер - maxsus WinZip Wizard ustasini yuklash, u ishlashni ancha yengillashtiradi.
    Arxiv to'g'risida ma'lumot:
    - Имя - arxivning ichidagi fayl nomi;
    - Изменён - o'zgarish yoki yaratilish sanasi;
    - Размер - dastlabki hajmi;
    - Степень - arxivlanish darajasi (%da);
    - Сжато- arxiv ko'rinishida egallagan hajmi;
    - Атрибуты - faylning arxivdagi atributlari (R - read only (faqat o'qish uchun, o'zgartirishva o'chirish mumkin emas), A - Archive (arxivlangan fayl);
    - Путь (yo'l) - arxivdagi faylning diskda joylashish yo'li.
    Download 477 Kb.




    Download 477 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    11-ma’ruza Mavzu: Arxivlashtirish dasturlari: fayllarni arxivlashtirish haqida umumiy ma`lumotlar. Ma’ruza matni

    Download 477 Kb.