• Tayanch ibora va tushinchalar
  • 11-mavzu. Shaxsning kasbiy kamoloti. (2 Soat) Reja




    Download 0.52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/11
    Sana17.12.2022
    Hajmi0.52 Mb.
    #35582
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Basketbolda xakamlar, Kurs ishi mikroiqtisodiyot G\'aniyev Javlonbek 2 , Jalolxon Bank, Nawayi kanshiki ham texnologiyalar universiteti janindagi No’kis kanshikik, d77GwsFWB0hhwCrRk7uf7dbsaOgaSqsxwCVkmrl7 (1), 11th-lecture-Eco-Cities-City-planning, Shovqin va titrashning Ularning inson organizmiga zararli ta´sir-fayllar.org, 6-ma\'ruza (1), 8-mavzu (13) (2), 1-2 МАЪРУЗА, Nodir, OTB - Yoqubjonov, metrologiya haqida qonun, 001 тема


    11-MAVZU. SHAXSNING KASBIY KAMOLOTI. (2 SOAT) 
    Reja: 
    11.1. Kasbiy shakllanish jarayonida shaxs taraqqiyoti.
    11.2. Turli hayotiy faoliyat moduslaridagi shaxs munosabatlari tizimi.
    11.3. Professiogenezning markaziy nuqtasi.
    11.4. Kasbiy kamolot – kompetentlik 
    Tayanch ibora va tushinchalar: mutaxassislik, kasbiy ta‟lim, faoliyat turi, 
    kasblarni tizimlashtirish, kasb tipologiyasi, kasbiy shakllanish, talablar majmuasi
    kasbiy qobiliyat, kasbiy mahorat.
    11.1. Kasbiy shakllanish jarayonida shaxs taraqqiyoti 
    Shaxsning mutaxassis sifatida shakllanish jarayoni xususida mualliflik 
    qarashlari keltirilgan. Ilgari ishlab chiqilgan shaxsning mutaxassis sifatida 
    shakllanishi yosh xususiyati va ish stajiga bog„liq degan qarashlardan farqli 
    ravishda muallif tomonidan shaxsning kasbiy mahorati bu parametrlarning 
    funksiyasi hisoblanmasligi, aksincha individning kasbiy shakllanishining qaysi 
    bosqichida ekanligiga qarab aniqlanishini ko„rsatib bergan. Kasbiy faoliyatni turli 
    darajada o„zlashtirgan mutaxassislar haqidagi tasavvurlar, qolaversa, kasbiy 
    shakllanish mezonlarining tavsifi keltirib o„tilgan.
    Malakali kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz ravishda rivojlantirish ehtiyoji 
    va turli ishlab chiqarish sohalarida ko„p yillik ish staji bilan faoliyat yuritayotgan 
    shaxsning o„z imkoniyatlarini to„liq amalga oshirmasligi shaxsni har tomonlama 
    kasbiy faoliyatda o„zini namoyon qilishi muammosini yuzaga keltirdi. Bu 
    muammolarni hal qilmasdan turib kelgusi kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatli sifatli 
    ta‟limini va rejalashtirishni amalga oshirish mumkin emas.
    Bu muammoning amaliy ahamiyati uni turli fan doiralar qatorida 
    psixologiya doirasida ham o„rganishni muhimligini ko„rsatib berdi. Kasbiy 
    shakllanish jarayonini o„rganishdagi qiyinchiliklar qobiliyatlar va kasbiy 
    qobiliyatlarning ishni bajarishning muayyan bir usuliga asoslangan normativ 
    faoliyatga yo„naltirilganligidadir. SHuning uchun ham kasbiy etuklik darajasi 
    ajratib ko„rsatilmaydi, balki faqatgina yosh xususiyati va mutaxassis sifatida 
    yuritilayotgan vaqt inobatga olinadi.
    SHaxsning kasbiy shakllanishi masalasi ko„pgina mualliflar tomonidan 
    tadqiqqilingan. Bu inson taraqqiyotida tez-tez uchraydigan jarayondir. Ko„pincha 
    mutaxassis shaxsining to„la tahlil qilish tushib qoladi, shaxsning kasbiy shakllanish 
    bosqichi esa hayot yo„li bosqichi bilan muvofiq tarzda ko„rib chiqiladi. SHuning 
    uchun vaqt doirasida qatiy chegaralanib qoladi.
    Ijtimoiy sohalarda faoliyat yurituvchi shaxsning kasbiy shakllanishini 
    o„rganishda insonning imkoniyatlarini to„liq ochib beruvchi sub‟ekt va ijtimoiy 
    muhit orasidagi turli ijtimoiy aloqalar tipiga ahamiyat berish muhimdir.
    Har bir ijtimoiy aloqalarning yana odamovilik va muloqotchanlik kabi kichik 
    tiplarga bo„linishi biz uchun muhim ahamiyatga egadir. Birinchi tipda sub‟ekt 
    o„zini “topgan”, o„zida va faoliyatida o„zini o„zgartirishni hoxlamasligi bilan 
    xarakterlanadi. Ikkinchi tip esa sub‟ektning o„zini-o„zi “qidirishi” bilan 
    tavsiflanadi. Bu o„tish, oraliq holat hisoblanadi. Individ (yoki jamiyat) bir shaklni 
    tark etib jamiyatning boshqa yuqori darajasiga erishadi.


    Garmonik aloqalar uchun sub‟ekt yaxlit shaxs sifatida namoyon bo„ladi, u 
    sub‟ekt-predmet tartibi – rolli niqob sharti bilan belgilanadi. Bu erda inson 
    “taraqqiyotning absolyut harakati holatida” bo„ladi.
    Keyinchalik 
    shaxsni 
    kasbiy 
    shakllanishi 
    borasidagi 
    qarashlarga 
    S.L.Rubinshteyn ishlari asos bo„lib xizmat qildi. S.L.Rubinshteyn insonning 
    hayotga munosabatini ifodalovchi ikki usulni ajratib ko„rsatgan. Birinchi usul – bu 
    insondagi barcha munosabatlar to„liq emas, balki alohida hodisalariga munosabat 
    doirasiga kiruvchi hayotdir. Bunday munosabatda inson hayot sub‟ekti 
    hisoblanmaydi, shu bilan birga undan alohida ham bo„lmaydi. Bu erda hayotning 
    o„zi “tabiiy jarayon sifatida” namoyon bo„ladi; inson hayot tarzi bilan uni 
    to„ldiradi. Ijtimoiy hayot insonni o„rniga sub‟ekt sifatida namoyon bo„ladi. Bu erda 
    axloq beayblik, yomonlik qilmaslik, tabiiylik, insonning tabiiy holati sifatida 
    namoyon bo„ladi, shu bilan bir qatorda bu erda yaxshilik va yomonlik o„zaro 
    bog„liqdir. Bu usul insonning hayoti o„zidan o„zi kechadigan hayot-avtomat 
    aloqalariga kiruvchi xususiyat sifatida tavsiflanadi.
    Ikkinchi usul ichki refleksiyani namoyon bo„lishi bilan bog„liq bo„lib, u 
    “hayotning bu uzluksiz jarayonini to„xtatib qo„yishi, uzib qo„yishi mumkin va 
    insonning g„oyalar dunyosidan chiqarib yuboradi. Inson g„oyalar dunyosidan 
    tashqaridagi pozitsiyani egallaydi...”. Bunday refleksiyaning namoyon bo„lishi 
    hayotiy qadriyatlar tizimini aniqlash bilan bog„liqdir. S.L.Rubinshteyn aynan shu 
    holat bilan voqelikning yangi usuliga o„tish imkoniyatini bog„laydi. Bevosita 
    aloqalarni uzish va ularni yangi negizlar asosida tiklash ikkinchi usulga o„tish bilan 
    yakunlanadi. Shu vaqtdan boshlab “ruhiy bo„shliqqa, negilizmga, axloqiy 
    skeptizmga, axloqiy beqarorlikka yoki boshqa – yangi anglangan sharoitda axloqiy 
    inson hayotini qurishga yo„l ochila boshlaydi”.
    Sanab o„tilgan fenomenlar yangi usulning mavjudligini xarakterlamaydi, 
    balki shaxs ilgarigidek yashash imkoniyati yo„q bo„lgan vaziyatda qolganda 
    o„zining beqaror “Men” tizimini buzilishlardan saqlab qola olmasligini anglatadi. 
    Bu vaziyat ba‟zida “o„zini safarbar etish” holati deb nomlanadi. Biroq bu holatni 
    o„zining namoyon bo„lishiga ko„ra o„zini-o„zi safarbar etish deb nomlab 
    bo„lmaydi: tabiatdan, boshqalardan alohida tarzda anglanmagan voqelikni 
    yo„qotish mumkin emas. SHunchaki, birinchi usulda turmush tarzining hayot-
    avtomatdan ajratilmaganligi hech qachon axloqiy beqarorlikni keltirib 
    chiqarmaydi.
    Hayotiy faoliyat modusi – bu insonning tashqi dunyo bilan o„zaro 
    hamkorligini, inson turmush tarzi qanday tuzilganligini aniqlab beruvchi ko„pgina 
    munosabatlarning o„zaro bog„liqligini to„liq xarakteridir. Hayotiy faoliyat modusi 
    faqatgina inson turmush tarzini turli voqeliklarga munosabatini ifodalab 
    qolmasdan, balki individning turli individual qobiliyatlarini ham faollashtiradi. 
    Uning ta‟sir ostida shaxs qadriyatlari, ehtiyojlari sohasi va boshqalar shakllanib 
    boradi. Turli hayotiy faoliyat moduslaridagi munosabatlar tizimi haqidagi 
    tushunchalarning mazmuni quyidagi jadvalda keltirilgan.

    Download 0.52 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    11-mavzu. Shaxsning kasbiy kamoloti. (2 Soat) Reja

    Download 0.52 Mb.
    Pdf ko'rish