11-Mavzu: Tarmoq muammosining parchalanishi. Osi




Download 40.45 Kb.
bet1/2
Sana28.02.2024
Hajmi40.45 Kb.
#163918
  1   2
Bog'liq
11-Mavzu Tarmoq muammosining parchalanishi. Osi
2 - nazorat topshirig\'i, 290 20.10.2014, Фармакология рецептура лотин 2012, Ilk orta asrlar davri siyosiy iqtisodiy hayotning tarixini tarixshunosligi, Кasbiy psixologiya 7-ma\'ruza, 3408-Article Text-6758-1-10-20220526, №27 Амалий иш, Mustaqil ishi 2023-yil mustaqil ish mavzulari yupqa qatlamlarnin (1), 1-ma\'rua (1), referat titul, I-bob. Bolalarda uchraydigan nutq xatolari va ularni bartaraf et

11-Mavzu: Tarmoq muammosining parchalanishi. OSI mos yozuvlar modeli.
Reja:
1.OSI asosiy modeli
2.OSI modeli darajasi, tarmoq zonasi qoidalari, standartlar bo’yicha tashkillashtirish,
3.Xalqaro standartlari
Tayanch iboralar:OSI model, Ethernet, Token-Ring, FDDI, MAC, IEEE Project 802-modeli.
Kompyuterlarni tarmoqqa ulash jarayonida juda ko‘p operatsiyalarni amalga oshiriladi, ya’ni kompyuterdan kompyuterga axborotlarni uzatilishi to‘liq ta’minlanadi. Qandaydir ilovalar bilan ish olib borayotgan foydalanuvchiga nima, qanday amalga oshirilayotganligining farqi yo‘q, albatta. Uning uchun faqat boshqa ilovaga ega bo‘lish yoki tarmoqqa joylashgan boshqa kompyuter resurslariga ega bo‘lish mavjuddir, xolos. Aslida esa hamma uzatilayotgan axborot ko‘p ishlov berish bosqichlaridan o‘tib boradi. Avvalambor, u bloklarga ajratilib, har biri alohida boshqarish axboroti bilan ta’minlanadi.
Hosil bo‘lgan bloklar paket sifatida jihozlanadi, bu paketlar kodlashtiriladi, shundan so‘ng, elektr signallari yoki yorug‘lik signali yordamida tanlangan ega bo‘lish usulida tarmoq orqali uzatiladi, ya’ni qabul qilingan paketni qaytadan bloklangan axborotlari tiklanib, bloklar axborotlar ko‘rinishida ulanadi va shundan so‘nggina boshqa ilovaga foydalanish uchun tayyor bo‘ladi. Bu, albatta, bo‘ladigan jarayonni ancha soddalashtirib bayon qilinishi. Aytib o‘tilgan ishlarning bir qismi, albatta, dasturlar yordamida amalga oshirilsa, boshqa qismi esa, qurilmalar ishtirokida bajariladi.
Butun sanab o‘tilgan va bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni bir-biri bilan muloqot qiluvchi bosqich va bosqich ostiga bo‘lishni aynan tarmoq modellari bajarishi lozim. Bu modellar tarmoq tarkibidagi abonentlar o‘rtasidagi muloqotni va turli tarmoqlar o‘rtasidagi turli bosqichdagi muloqotni to‘g‘ri tashkil qilish imkoniyatini yaratadi. Hozirgi vaqtda eng ko‘p ishlatiladigan va tanilgan OSI (Open System Interchange) ochiq sistemada axborot almashinuvini etalon modeli. Bu holatda «ochiq sistema» atamasi o‘zi bilan o‘zi ulanmagan, ya’ni boshqa qandaydir sistemalar bilan aloqa qilish imkoniyati mavjud sistema tushuniladi (yopiq sistemaga nisbatan).



Download 40.45 Kb.
  1   2




Download 40.45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



11-Mavzu: Tarmoq muammosining parchalanishi. Osi

Download 40.45 Kb.