11. Nazariy materiallar fan: informatika fanini kasbga yo’naltirib o’qitish metodikasi. 2-Ma’ruza Mavzu: Informatika fanlarni o‘qitish shakllarining umumiy tavsifi, ma‘ruza turlari va ularga qo’yiladigan talablar




Download 0.86 Mb.
bet2/11
Sana21.10.2022
Hajmi0.86 Mb.
#27710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
11. Nazariy materiallar fan informatika fanini kasbga yo’naltir
5А110701- тa’limda axborot texnologiyalari ta’limi mutaxasisligi, 4 5 Nazariy materiallar fan informatika fanini kasbga yo’naltir, 11Loyihalar usuli
Ta'limni tashkil etish shakllari.
Ta'limni tashkil etish shakli – bu o’qituvchi va o’quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan o’quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir.
Jahon pedagogika fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning turli shakllari mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta’limni tashkil etishga o’z ta’sirini o’tkazadi.
Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratib ko’rsatiladi: individual, individual-guruhli, sinf-dars, leksiya-seminar va sinfdan tashqari, auditoriyadan tashqari, maktabdan tashqari. Ular o’quvchilarni qamrab olishi, o’quvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqilligi darajasi va o’qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko’ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi:
1) individual;
2) sinf-dars;
3) ma’ruza-seminar.
O’qitishning eng qadimgi shakli ta’limning individual shakli hisoblanadi. O’qishni tashkil etishning individual shakli antik davr va o’rta asrlarda yagona usul bo’lgan, undan ba’zi mamlakatlarda XVIII asrgacha keng foydalanilib kelingan.
XVI asrdan boshlab individual o’qitish shaklining ahamiyati pasayib, uning o’rnini ta’limning individual-guruhli shakli egallashiga imkon berdi.
Ulardan biri bolalarning guruhli (jamoali) ta’limi sanaladi. U G’arbiy Rossiya (hozirgi Belorussiya va Ukrainaning g’arbiy qismlari) birodarlik maktablarida ilk bor qo’llanilgan va u sinf-dars shaklining asosi bo’lib qolgan. Bu tizimlar XVII asrda Yan Amos Komenskiy tomonidan «Buyuk didaktika» asarida nazariy jhatdan asoslab berildi va ommalashtirildi. Olim pedagogikaga o’quv yili, o’quv kuni, dars, mashg’ulotlar orasidagi tanaffus, o’quv ta’tillari kabi tushunchalarni kiritdi.
Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo’lsada, bugungi kunda ham keng ko’lamda qo’llanilib kelinmoqda.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida, aqliy rivojlanishida farqi bo’lgan o’quvchilarni o’qitishda individuallashtirishga ahamiyat qaratish masalasi ayniqsa dolzarb xususiyat kasb etdi. Shunga mos ravishda tanlab o’qitish shakli yuzaga keldi (AQShda Batov, yevropada Mangeym tizimi).
Yevropa va AQShda XX asr boshida o’quvchilarning individual, faol, mustaqil o’quv ishlarini ta’minlashga qaratilgan ko’plab ta’lim tizimlarining samaradorligi sinab ko’rilgan. 1905-yili Dalton shahrida (Massachusets shtati) o’qituvchi Elena Park Xerst tomonidan birinchi bor qo’llanilgan ta’limning individuallashtirilgan tizimi ular orasida eng radikal hisoblangan. Bu tizim dalton-reja nomi bilan pedagogika va maktab tarixiga kirdi. U ba’zan laboratoriya yoki ustaxonalar tizimi deb ham ataydilar.
ХIII асрда birinchi universitetlar paydo bo’lishi bilan ta’limning ma’ruza-seminar tizimi yuzaga kela boshladi. U yaratilgan paytdan beri hali deyarli hyech bir katta o’zgarishlarga ega emas. Ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari, konsultatsiya va tanlagan kasbi bo’yicha amaliyot hozirgacha leksiya-seminar tizim sifatida o’qishning asosiy shakllaridan biri bo’lib kelmoqda. Leksiya-seminar tizimi o’zining sof ko’rinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta’lim amaliyotida qo’llaniladi.

Download 0.86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0.86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



11. Nazariy materiallar fan: informatika fanini kasbga yo’naltirib o’qitish metodikasi. 2-Ma’ruza Mavzu: Informatika fanlarni o‘qitish shakllarining umumiy tavsifi, ma‘ruza turlari va ularga qo’yiladigan talablar

Download 0.86 Mb.