Hozirgi davrda yana bir omil – insonning xo‘jalik faoliyati ham




Download 2,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/106
Sana20.02.2024
Hajmi2,21 Mb.
#159199
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   106
Bog'liq
11-savol-javob 093806

Hozirgi davrda yana bir omil – insonning xo‘jalik faoliyati ham 
kiritiladi. 
Geologik omillarga nima misol 
bo’ladi? 
Geologik omillarga tuproqni hosil qiluvchi tog‘ jinslari misol bo‘ladi. 
Yer yuzasiga chiqib turgan togʻ 
jinslari qanday jarayonlar natijasida 
nuraydi? 
Yer yuzasiga chiqib turgan togʻ jinslari yogʻinlar, atmosfera, havo 
harorati, mexanik kuchlar, suv va unda erigan moddalar, 
mikroorganizmlar va oʻsimliklar taʼsirida yemiriladi, ya’ni nuraydi. 
Tuproq hosil bo‘lish jarayonining 
uzluksizligini ta’minlovchi omil 
qaysi? 
Yer yuziga yetib kelayotgan quyosh nurlari 
Tuproqda qanday organizmlar 
yashaydi? 
Mikroorganizmlar (bakteriyalar, bir hujayrali suvo‘tlar), 
zamburug‘lar, umurtqasiz hayvonlar (chuvalchanglar, molluskalar, 
hasharotlar va ularning lichinkalari), umurtqali hayvonlar 
(yumronqoziq, yerqazar, krot) yashaydi. 
Tuproqning sifatiga nimalar ta’sir 
etadi? 
Yerga ishlov berish, o‘g‘itlash, sug‘orish, o‘tlarni o‘rish, mollarni 
boqish, o‘rmonlarni kesish va boshqa inson faoliyati bilan bog‘liq 
tadbirlar tuproqning hosil bo‘lish jarayonini o‘zgartirib, tuproqning 
sifatiga ta’sir etadi. 
Ma’lum hududda o‘sadigan 
o‘simliklarning xilma-xilligi 
nimalarga bog’liq? 
Tuproqning strukturasi, kimyoviy tarkibi, pH kabi bir qancha 
ko‘rsatkichlariga bog‘liq. 
Topografik omillarga qaysilar misol 
bo’ladi? 
1) Balandlik (dengiz sathiga nisbatan); 2) Qiyalikning tikligi; 3) 
Qiyalikning ekspozitsiyasi (dunyo tomonlariga nisbatan joylashuvi). 
Balandlik ortgan sari qanday holatlar 
kuzatiladi? 
Balandlik ortgan sari: havo harorati, atmosfera bosimi pasayadi, 
yog‘ingarchilik miqdori, shamolning tezligi va radiatsiya kuchi ortadi. 



Download 2,21 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   106




Download 2,21 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hozirgi davrda yana bir omil – insonning xo‘jalik faoliyati ham

Download 2,21 Mb.
Pdf ko'rish