12 – Mavzu: Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborotni himoyalash usullari Reja




Download 445,86 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana20.11.2023
Hajmi445,86 Kb.
#102329
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
axborot xavfsizligi



12 – Mavzu: Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborotni himoyalash usullari 
Reja: 
1. Axborot xavfsizligi tushunchasi kirish 
2. Axborotlarni himoyalashning texnik va dasturiy vositalari 
3. Axborotlarni himoyalash usullari 
 
Tayanch so‘zlar: maxfiylik, konfidentsiallik, yaxlitlik, autentifikatsiya, apellyatsiya 
qilishlik, ishonchlilik, aniqlilik, tizimga kirishni nazorat qilish, identifikatsiyalashni nazorat qilish, 
qasddan buzilishlarga to‘sqinlik. 
1. Axborot xavfsizligiga kirish. 
Mamlakatimiz milliy iqtisodining hech bir tarmog‘i samarali va mo‘tadil tashkil qilingan 
axborot infratuzilmasisiz faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas. Hozirgi kunda milliy axborot resurslari 
har bir davlatning iqtisodiy va harbiy salohiyatini tashkil qiluvchi omillaridan biri bo‘lib xizmat 
qilmoqda. Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik 
axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishni ta’minlaydi. Bunday jamiyatda axborot 
almashuvi tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish 
bo‘yicha ilg‘or axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo‘llash kengayadi. Turli xildagi 
axborotlar hududiy joylashishidan qat’iy nazar bizning kundalik hayotimizga Internet halqaro 
kompyuter tarmog‘i orqali kirib keldi. Axborotlashgan jamiyat shu kompyuter tarmog‘i orqali 
tezlik bilan shakllanib bormoqda. Axborotlar dunyosiga sayohat qilishda davlat chegaralari degan 
tushuncha yo‘qolib bormoqda. Jahon kompyuter tarmog‘i davlat boshqaruvini tubdan 
o‘zgartirmoqda, ya’ni davlat axborotlarning tarqalishi mexanizmini boshqara olmay qolmoqda. 
Shuning uchun ham mavjud axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan foydalanish va yo‘qotish kabi 
muammolar dolzarb bo‘lib qoldi. Bularning bari shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligi 
darajasining pasayishiga olib kelmoqda. Davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi 
milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy va ajralmas qismi bo‘lib, axborot himoyasi esa davlatning 
birlamchi masalalariga aylanmoqda. 
Hozirgi kunda xavfsizlikning bir qancha yo‘nalishlarini qayd etish mumkin. (1- rasm) 

Download 445,86 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 445,86 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12 – Mavzu: Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborotni himoyalash usullari Reja

Download 445,86 Kb.
Pdf ko'rish