12-amaliy mashG‘ulot mavzu. Shahar yo‘llari va ko‘chalarida avtobus bekatlarini loyihalash (mavjud holatini o‘rganish) Ishdan maqsad




Download 1,17 Mb.
bet1/2
Sana14.12.2023
Hajmi1,17 Mb.
#118812
  1   2
Bog'liq
12-Amaliy is ШЙК


12-AMALIY MAShG‘ULOT
Mavzu. Shahar yo‘llari va ko‘chalarida avtobus bekatlarini loyihalash (mavjud holatini o‘rganish)
Ishdan maqsad: Avtobus bekatlarini avtomobil yo‘llarida joylashtirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar hosil qilish.
Aholi punkti 1,1 km dan 1,2 km gacha bo‘lganda bitta avtobus bekati quriladi. Kattaroq aholi punktlarida, imoratlar ma’lum tartibda joylashganda, avtobus bekatlari bir-biridan 1,0 km oraliqda quriladi. Avtobus bekatlarining joylashishi 2 polasali yo‘llarda 3.1-rasmga muvofiq bo‘ladi.



12.1-rasm. Aholi punktlarida avtobus bekatlarining jihozlanishi


Qishloq va posyolka turidagi aholi punktlarida, ya’ni binolar asosan yo‘l bo‘ylab joylashganda, avtobus bekatlarini aholi punktining uzunligiga (L) qarab quyidagi tartibda joylashtirish kerak bo‘ladi:


a) agar L 1 km gacha bo‘lsa bitta avtobus bekati aholi punktining o‘rtasiga joylashtiriladi;
b) agar L 1 km dan 2 km gacha bo‘lsa ikkita avtobus bekati joylashtiriladi, birinchisi aholi punkti boshlanishidan 300-500 m oldin bo‘ladi, ikkinchisi esa 600 m dan oshmaydi.
v) agar L 2 km dan ko‘p bo‘lsa avtobus bekatlari oldingi banddagidek joylashtiriladi, lekin zarur miqdorda bo‘ladi.
Agar kichik aholi punktlarida bitta darajadagi harakat jadalligi ko‘p yo‘llar birikkan yoki kesishgan bo‘lsa avtobus bekatlarini kesish joyidan kamida 50 m berida, harakat yo‘nalishiga biriktirib joylashtirish kerak.
Avtobus bekati tezlashish polosasi chegarasida joylashgan bo‘lsa bu polosa uzunligini 50 m uzaytirish kerak (3.2-rasmda ko‘rsatilgan).
Turli darajalar kesishgan joydagi avtobus bekati kesishgan joy chegarasida bo‘lishi, piyodalar uchun trotuar ko‘zda tutilishi kerak.
Shahar turidagi aholi punktlarida (ya’ni bino va inshootlar bir necha qator bo‘lib ichkariga kirgan bo‘lsa) avtobus bekatlari ShNK 2.07.01-03 shaharsozlik me’yorlariga muvofiq joylashtirilishi kerak. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlari rivojlanishi va qurilishini rejalashtirish.



12.2-rasm. Tezlashish polosasi doirasida avtobus bekatini joylashtirish sxemasi

To‘xtash (bekat) maydonchasining o‘lchami avtomobil yo‘lining toifasi va bir vaqtda to‘xtmaydigan avtobuslarnnng soniga bog‘liq bo‘ladi:



Yo‘l toifasi

I

II

III

IV

V

To‘xtash maydonchasining kengligi, m

3,75

3,75

3,5

3,0

3,0

Bir vaqtda to‘xtaydigan avtobuslar soni

1

2

3







To‘htash maydonchasining uzunligi, m

10

25

35







Avtobus bekatlarining joylashtirishning quyidagi turlari mavjud:



  1. Avtobus bekatini cho‘ntaksiz joylashtirish

  2. Avtobus bekatini cho‘ntakda joylshtirish

  3. Avtobus bekatini cho‘ntakda va ajratish tasmasi bilan ajratilgan holatda joylashtirish

  4. Avtobus bekatini maxsus cho‘ntakda tezlanish va sekinlashish tasmalari bilan birga joylashtirish.


12.3-rasm. Bekat cho‘ntaksiz. Naves, tablo, o‘rindiq bilan jihozlangan



12.4-rasm. Bekat cho‘ntakda. Naves o‘rindiq va tablo bilan jihozlangan

12.5-rasm. Bekat cho‘ntakda, ajratuvchi tasma bilan ajratilgan

Quyida talabalarga beriladigan topshiriq bo‘yicha bajariladigan jadval ko‘rinishida na’muna keltirildi.



Download 1,17 Mb.
  1   2




Download 1,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12-amaliy mashG‘ulot mavzu. Shahar yo‘llari va ko‘chalarida avtobus bekatlarini loyihalash (mavjud holatini o‘rganish) Ishdan maqsad

Download 1,17 Mb.