|
Investitsiyalarni baholash
|
bet | 2/3 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 37,23 Kb. | | #235790 |
Bog'liq 12-bob. Investitsiyalar hisobi2. Investitsiyalarni baholash
Investitsiyalarni baholash buxgalteriya hisobining ,,Moliyaviy investitsiyarni hisobga olish” deb nomlangan 12-sonli buxgalteriya hisobining milliy standarti asosida amalga oshiriladi.
Moliyaviy investitsiyalarni xarid qilish chog’ida ular xarid qiymati bo’yicha baholanadi va bu qiymatga brokerlar xizmati uchun to’langan haq, bank xizmati uchun to’lovlar va boshqa xarajatlar kiritiladi.
Agar investitsiya aktsiyalarni emissiya qilish yoki boshqa qimmatli qog’ozlar chiqarish yo’li bilan to’laligicha yoki qisman olinayotgan bo’lsa, u holda qiymati chiqarilgan qimmatli qog’ozlarning joriy qiymatiga teng bo’ladi, ya’ni qimmatli qog’ozlarning nominal qiymatiga teng bo’lmaydi. Agar investitsiya boshqa aktivga almashtirib to’la yoki qisman olingan bo’lsa, u holda investitiya qiymati topshirilgan aktivning joriy qiymatiga qarab topshiriladi.
Moliyaviy investitsiyalarni olingan paytgacha bo’lgan davr uchun foizlar ulushi, hisoblangan dividentlarni o’z ichiga olgan xarid qiymati bo’yicha xarid qilish xaridor tomonidan sotuvchiga to’langan foizlar miqdorini chiqarib tashlab, xarid qiymati bo’yicha hisobga olinadi.
Investitsiyalarning xarid qiymati bilan qarzga berilgan qimmatli qog’ozlarni to’lash iymati o’rtasidagi tafovut (dokumet yoki xarid qilish chog’ida mukofot tarzida berilgan mablag’) investor tomonidaninvestitsiyalar bo’yicha doimiy daromad bo’lishi uchun xarid qilingan paytdan boshlab qarz to’langan paytgacha hisobdan o’chiriladi.
Qisqa muddatli (joriy) aktivlar sifatida taklif qilingan investitsiyalar buxgalteriya balansida:
1. Bozor qiymati;
2. Xarid qiymati va bozor qiymati kabi yakka qiymatning eng kami bo’yicha hisobga olinishi kerak.
Agar qisqa muddatli investitisiyalar xarid va bozor qiymatlaridan eng kam baholanish bo’yicha hisobga olinadigan bo’lsa, balansdagi qiymati umuman barcha investitsiyalar qiymati asosida yoki investitsiyalar turlari yoxud alohida investitsiyalar qiymati asosida yoki investitsiyalar turlari bo’yicha yohud alohida investitsiyalr asosida aniqlanadi.
1-misol
,,Alisher” korxonasi vaqtichalik bo’sh pul mablag’laridan bir yilgacha muddat ichida unumli foydalanishni ko’zda tutib, tez rivojlanib borayotgan boshqa korxonaning nominal qiymati 1000 so’m bo’lgan 5000 dona aktsiyasining har birini 1200 so’mdan brokerlik tashkiloti orqali sotib oldi. Brokerlik tashkilatiga shartnoma summasining 5% miqdorida bank xizmati uchun 1% miqdorida haq to’ladi.
Pul mablag’lari o’tkazilganda quyidagi o’tkazma beriladi:
Dt Brokerlik tashkiloti (4890) 6300 000
Dt Bank xizmat (4890) 63 000
Kt Pul mablag’lari (5110) 6363 000
Investitsiyalar qabul qilinganda:
Dt Qisqa muddatli investitsiyalar (5810) 6363 000
Kt Brokerlik tashkiloti (4890) 6300 000
Kt Bank xizmati (4890) 63 000
Agar korxona investitsiyalarni bozor qiymati bo’yicha baholasa, unda hisobda investitsiya qiymatining ko’tarilishini ham, pasayishini ham aks ettirish kerak. Faraz qilaylik, 1 mayda ushbu qimmatli qog’ozning haqqoniy qiymati 6400 000 so’m, 1 iyunda esa 6350 000 so’mgacha pasaygan.
1 may
Dt qisqa muddatli investitsiyalar (5810) 37 000
Kt Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar (8510) 37 000
Qiymatni pasayishi 1 maydagi qayta baholash natijasini bekor qilib moliyaviy faoliyatdan zararga olib keladi.
1 iyun
Dt Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan zarar (9690) 13 000
Dt Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar (8510) 37 000
Kt Qisqa mudatli investitsiyalar (5810) 30 000
Agar korxona invesitsiyalarni xarid qiymati va bozor kabi ikki qiymatning eng kami bo’yicha hisobga olsa, 1 may kuni o’tkazma berilmaydi, qiymatni pasayishi esa quyidagicha hisibga olinadi:
1 iyun
Dt Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan zarar (9690) 13 000
Kt Qisqa muddatli investitsiyalar (5810) 13 000
Uzoq muddatli aktivlar sifatida tasnif etilgan investitsiyalar buxgalteriya balansida:
1. Xarid qiymati bo’yicha;
2. Qayta baholashni hisobga olgan qiymat bo’yicha;
3. Xarid qiymati va bozor qiymatining umumiy investitsiyalar usuli bo’yicha aniqlangan eng kam bahosi bo’yicha hisobga olinadi.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholash uchun qayta baholashning amalga oshirish davriyligini, shu jumladan uzoq muddatli investitsiyalar toifalarini aniqlash zarur.
Balans qiymatining vaqtincha pasayishini istisno etgan holda investitsiyalar qiymati kamaygan taqdirda barcha uzoq muddatliinvestitsiyarning balans qiymati kamaytiriladi. Bunday kamaytirish har bir moliyaviy qo’yilma bo’yicha aniqlanadi va tayorlanadi.
Uzoq muddatli investitisiyalar xarid qiymati bo’yicha hisobga olinadi. Uzoq muddatli investtisiyalarning qiymati muqarrar kamayib brogan taqdirda bu investitsiyalarning balans qiymati har bir investitsiya bo’yicha alohida kamaytirilishi lozim. Bunday hollarda xatarning turlari, investitsiya qilinayotgan sub’yektda investorning ulushi e’tiborga olinadi.
Uzoq muddatli investitsiyalar balans qiymatining vaqtincha pasayishi hisobda aks ettiriladi.
Qisqa muddatli (joriy) investitisiyalarni bozor qiymati bo’yicha hisobga oluvchi ho’jalik yurituvchi sub’yekt hisob siyosatida investitsiyalr balans qiymatining kamayishi va ko’payishini quyidagicha aks ettiradi:
1. Daromad yoki xarajat sifatida;
2. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalrni qayta baholash natijasida paydo bo’lgan qo’shimcha baholash miqdori o’z sarmoyasiga qayta baholashdan kelgan daromad sifatida qo’shiladi. Moliyaviy investitisiyalr qiymati kamaygan taqdirda kamaytirish o’z sarmoyasida (xususiy kapitak) aks ettirilgan o’sha investitisiyalarni baholash qiymati hsiobidan amalga oshiriladi. Agar moliyaviy investitsiylar qiymatini kamaytirih miqdori qayta baholashdan olingan daromad miqdoridan ko’p bo’lsa, bu tafovut xarajat sifatida hisobga olinishi lozim. Qiymati pasaytirilgan investitsiyalarni qo’shimcha baholash miqdori shu investitsiyalardan kelgan zrar qoplangandan so’ng o’z sarmoyasi (xususiy kapital) ko’payishiga kiritiladi.
|
| |