• «Tayanch» so’z va iboralar.
  • 12-ma’ruza. Yorma ishlab chiqarish korxonalari tavsifi va ularda kechadigan texnologik jarayonlar Reja




    Download 34.71 Kb.
    bet1/2
    Sana17.02.2023
    Hajmi34.71 Kb.
    #42593
      1   2
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Ixtisoslikka Kirish (1)
    MEDIASAVODXONLIK, Максадли курс ташкил этиш, Максадли курс ташкил этиш

    12-MA’RUZA. Yorma ishlab chiqarish korxonalari tavsifi va ularda kechadigan texnologik jarayonlar

    Reja: Yorma texnologiyasi.Yorma ishlab chiqarish texnologik sxemasi asosiy bosqichlari: donni aralashmalardan tozalash,o’lchamlar bo’yicha saralash.
    «Tayanch» so’z va iboralar.
    Yorma olish Saralash, Yormabop donlar,
    Yorma maxsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining vazifalari don massasidan turli aralashmalarni va qobiqlarni ajratish orqali, ularning oziqaviylik qiymatini yaxshilab, osongina oziq-ovqat maxsulotlari tayyorlashga olib kelishdan iboratdir. Yorma ishlab chiqarish korxonalarining farqli tomoni shundaki, ularda yorma olinadigan donlar xilma-xil bo’ladi hamda donni oqlash jarayonida unning mag’zini butunligicha saqlab qolishga xarakat qilinadi. Korxonaga yorma olish uchun qayta ishlashga kelib tushayotgan turli navlardagi donlar yormabop donlar deb ataladi, chunki ushbu ekinlarning asosiy kismidan yorma ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Bundan tashqari yorma va yorma mahsulotlari suli, arpa, bug’doy, makkajo’xori, no’xat donlaridan ham ishlab chiqariladi. Ayrim hollarda sarcho (oq jo’xori), chumiza, yasmiq va boshqa donlar ham yorma mahsulotlariga qayta ishlanadi. Yorma mahsulotlarining assortimenti etarli darajada kengdir, bularga butun magizli (yadro) yorma, maydalangan magizli yorma, parchalangan yorma (xlopya) va boshqalarni misol kilish mumkin. Insonlarning un mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirishda yormalar alohida o’ringa ega. Undan typli non va qandolat mahcylotlari ishlab chiqarishda, y xom ashyo o’pnini bosadi, yormalapning o’zidan esa ortiqcha mehnat talab etmaydigan turli taomlar tayyorlashda foydalaniladi. Masalan, portlagan dondan tayyorlangan «quruq nonushta» sut mahsulotlari bilan is’temol qilinadi. Co’nggi yillapda oziq-ovqat texnologiyacida typli yorma tayyoplash yaxshi yo’lga qo’yilgan, ylap qo’shimcha ishlov bepishni talab etmaydi.
    Yopma mahcylotlapni ishlab chiqarishda yormabop donlardan acociy texnologik jarayonlar yordamida typli chiqindilapdan tozalash va yning gul qobig’ini ajratish amalga oshiriladi. Bu japayonlapni yuqori unumdoplik va camapadoplik bilan olib borish yuqori sifatli yopmalap olishda muhim ahamiyatga ega.
    Ma’lymki, yopmabop donlar gyl, ypyg’lik yoki meva qobiqlapi bilan qoplangan. Typli yormabop donlapda mag’iz bilan qobiq opacidagi bog’liqlik typlichadir. Masalan, appa donida qobiq mag’izga myctahkam yopishgan, grechixa, sholi, tapiq va cylida eca bunday emac. Qobig’i mag’ziga mustahkam yopishgan donlapdan yorma ishlab chiqapish japayonida ularga cyv va icciqlik bilan ishlov bepish qobiqlarning engil ajpalishiga va mag’iz myctahkamligini oshipishga yordam beradi. Donlapga ishlov bepish japayonida texnologik camaraga erishishda don maccasining bip xil katta-kichiklikda bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Shyning ychyn ham ylap oqlashdan oldin capalanadi. Donlarni oldindan fpaktsiyalapga capalash natijacida oqlangan mahcylotlapni katta-kichiklikligiga ko’ra ajpatish camapali bo’ladi.
    Yopma mahsulotlari ishlab chiqarish kopxonalapidagi texnologik japayonlap qyyidagi bocqichlapdan ibopat:
    - donlapni tozalash japayoniga tayyoplash — by japayon qaysi donga ishlov bepishga bog’liq, ylap eca ikki-to’pt texnologik japayonlapdan tashkil topgan;
    - donlapni chiqindilapdan tozalash;
    - cyliga o’xshash donlapni qiltanoqdan tozalash;
    - cyv, bug’ (GTI) bilan ishlov bepish;
    - separatorlar yordamida oldindan capalash.
    Donlapdan yopma olish japayoni qyyidagi bocqichlapdan ibopat:
    - oqlashdan oldin capalash;
    - qobiqlapdan ajratish;
    - oqlangan yapim tayyor mahsulotlapdan mychka (kepak), maydalan-gan donlap, qobiqlapni ajpatish;
    - oqlangan va oqlanmagan apalashmalapdan mag’izlapini ajpatish;
    - yopmalapga cayqal va pardoz bepish;
    - yopma va chiqindilapni nazopat qilish.
    Dondan yorma olish texnologik jarayonlari.Dondan yorma olish jarayoni xuddi un ishlab chiqarish korxonalari kabi uchta asosiy bosqichni o’z ichiga oladi: donni qayta ishlashga tayyorlash; donni yorma va yorma mahsulotlariga qayta ishlash; tayyor mahsulotni jo’natish.
    Donni qayta ishlashga tayyorlash ikkita asosiy bosqichdan: don uyumidan aralashmalarni ajratish va donga gidrotermik ishlov berishdan iborat. Un ishlab chiqarish korxonalarida don tayyorlash bosqichidan farqli ularoq yorma ishlab chiqarish korxonalarida don sirtiga quruq ishlov berish va yuvish jarayonlari yuqdir. Bu hamma yormabop ekinlarni qayta ishlash texnologik jarayoni bir-biriga o’xshash bo’lib, ya’ni oqlash natijasida tashqi po’stloqni olish vazifasi bajarilishi orqali tushuntiriladi. Albatta bu holatda don sirtini quruq va xo’l usullarda tozalashga zarurat yo’kdir.
    Yorma ishlab chiqarish korxonalarida donni aralashmalaridan tozalash jarayoni amalda huddi ishlab chiqarish korxonalaridagi kabi usullarga asoslangan. Biroq don tozalash mashinalarining ishchi organlari u yoki bu donga ko’proq mos keladigan qilib o’rnatilishi va pnevmanik ko’rsatkichlarga bog’liqdir.
    Suli, grechixa, makkajo’xori, bug’doy va no’xat donlarini qayta ishlashga tayyorlashda gidrotermik ishlov berish qo’llaniladi. U yorma chiqishini oshiradi, sifatini yaxshilaydi va keyingi ishlash jarayonlarini engillashtiradi. Donning texnologik hususiyatlarini va ishlab chiqariladigan mahsulotning turliligiga bog’liq holda turli usuldagi gidrotermik ishlov berish qo’llaniladi. Ishlov berish usullari va buning uchun qo’llaniladigan oqlash mashinasi ham muhim ta’sir etadi. Donni oqlashdan oldin uni fraktsiyalarga ajratish, kalibrlash qo’llaniladi.
    Donni qayta ishlash jarayoni hamma texnologik sxemalar uchun bir qator zarur bosqichlar: donni oqlash, oqlangan mahsulotlarni saralash, tayyor mahsulot nazoratini o’z ichiga oladi. Ko’pgina yormabop ekinlarni qayta ishlashda yormani sayqallash va silliqlash (polirovkalash) jarayonlaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, donni oqlashdan chiqqan maxsulotlarni saralangandan keyin hosil bo’lgan chiqindilar nazorati muhim jarayon hisoblanadi.
    Ma’lum bir ekinlar uchun yadroni maydalash jarayoni xam qo’llaniladi. Ayrim sxemalar uchun yiriklik fraktsiyalari bo’yicha donni alohida qayta ishlash harakterlidir. Bunga oqlashdan oldin donni kalibrlash orqali erishiladi.
    Maydalangan yadrodan yorma, parchalangan yorma (xlopya) va boshqalar.
    Yormabop ekinlar doni o’zining shakli, o’lchami, tuzilishiga ko’ra nihoyatda turli-tumandir. U ikki qismdan iborat: yadro (endosperm murtak (zarodush) bilan) va po’stlog’i (plenka). Yadro qoplangan tashqi po’stlog’i yoki gul kobig’i (tariq, sholi, arpa, suli), yoki meva kobig’i (grechixa, bug’doy, makkajo’xori), yoki urug’ kobig’i (no’xat) bo’lishi mumkin. Donning juda muhim hususiyati tashqi po’stloq bilan yadroning zich bog’liqligi hisoblanadi.
    To’rtta yormabop ekinlar: sholi, tariq, suli va grechixa donlarida tashqi po’stlog’i yadro bilan o’sishib ketmay uni qoplab turadi. Qolgan to’rtta: bug’doy, no’xat, arpa va makkajo’xorilarda po’stlog’i yadroning butun yuzasi bo’ylab o’zaro zich o’sishib ketgan. Po’stlog’i yadro bilan bog’liqligini ma’lum me’yorda qayta ishlash usullarini belgilaydi. Turli ekinlar donida tashqi po’stlog’i miqdori turlidir. Eng yuqori po’stloq miqdori sulida – 22...30% (o’rtacha 26%), eng kam – arpada, nisbatan o’rtacha 11 %, 10 % - no’xatdadir, qolgan tariq, grechixa, sholida po’stloq miqdori 20% atorofida. Yorma chiqishi va sifatiga donning ko’pgina sifat ko’rsatgichlari ta’sir etadi. Avvalambor donning po’stloq miqdori, yiriklik, tekisligi, namligi va undagi aralashmalar miqdori katta ahamiyatga egadir.
    Po’stloq miqdori – po’stloqlilik – aralashmalardan tozalangan donda aniqlanadi. Po’stloqlilik qanchalik yuqori bo’lsa, shunchalik yadro mikdori kam va shunchalik bunday dondan kam yorma olinadi. Qoidaga ko’ra, yirik don po’stloqliligi maydaga qaraganda kamdir. Bundan tashqari, mayda don odatda yomon oqlanadi (shelushatsya). Ayniqsa, aslida mayda donning o’zi qayta ishlash samaradorligiga ta’sir etadi. Donni o’lchamlar elaklar teshigining o’lchami orqali aniqlanadi, xamda ushbu elaklardan o’tgan mayda don asosan yovvoyi (begona) aralashmalarga kiritiladi. Bir qator ekinlarda bunday donlarning miqdori mos standartlar bilan chegaralanadi. Mayda don olinadigan elak teshigining o’lchami tarik uchun 1,4x20 mm, suli uchun 1,8x20mm, arpa uchun 2,2x20 mm va boshqalarning tashkil etadi. Mayda donni don qabul qilish punktlarida va elevatorlarda elab olish maqsadga muvofiqdir.
    Donni namligi uning texnologik hususiyatlariga, yormaning oxirgi namligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Yuqori va ko’pincha past namlik uning texnologik hususiyatlarini yomonlashtiradi, yuqori namlikda donni aralashmalardan tozalash va oqlash jarayonlari qiyinlashadi, past namlikda esa donni qayta ishlash jarayonidagi maydalanish darajasi keskin ortadi.
    Yormabop xom ashyoda ko’pincha nisbatan ko’p miqdorda turli tuman aralashmalar uchraydi, ularni ko’pchiligi qiyin ajraluvchi aralashmalardir. Yovvoyi (begona) aralashmalarga organik, mineral, madaniy va yovvoyi o’simliklar urug’i va boshqalar kiradi. Masalan, boshqa hamma madaniy va yovvoyi o’simlik urug’larini grechixa, tariq, sholi donida yovvoyi (begona) aralashmalarga kiritiladi. Ayrim madaniy o’simlik urug’lari, masalan, arpa, bug’doylarni sulidan donli aralashmalarga kiritiladi.
    Donni aralashmalaridan tozalanishi umumiy usuli amalda xuddi un ishlab chiqarish korxonalarida bug’doy va javdarni tozalashdagidek kechadi. Biroq yormabop ekinlarni turli xil shakl va o’lchami, hamda undagi o’lchamga xos aralashmalarning mavjudligi don tozalash qurilmalarini ba’zi o’ziga xos hususiyatlarda qo’llashga olib keladi.
    Texnologik maqsadlar uchun don massasi shaffofligi bo’yicha bir xil bo’lgan donlardan tashkil topish muhimdir, chunki turli shaffoflikka ega donlarni qayta ishlash mag’izning (yadro) yo’qotilishiga sabab bo’ladi. Yormaning sifati va chiqish miqdoriga mag’izning konsistentsiyasi, ya’ni shaffofligi ta’sir etadi. Donning shaffofligi yuqori bo’lsa, uning mustahkamligi ortib, oqlash jarayonida kam miqdorida singan donlar va muchka hosil bo’ladi. Yormabop donlarni oqlash jarayonida endospermning bo’linib ketishiga qarshiligi uning namligiga bog’lik bo’ladi, qanchalik endosperimning namligi yuqori (belgilangan me’yorgacha) bo’lsa, shunchalik bo’linishga qarshiligi ortadi.
    Yormabop donlardan yormalarni to’liq va butun holatda ajratib olish uchun donning struktura tuzilishi, fizik hususiyatlarini, unda kechadigan biokimyoviy jarayonlarni hamda alohida tip va navlarining hossalarini bilish zarurdir.
    Yormabop donlarni qayta ishlashga tayyorlashdagi asosiy jarayonlarga quyidagilar kiradi: 1) donni aralashmalardan tozalash; 2) donlarga gidrotermik ishlov berish;
    Yorma ishlab chiqarish korxonalarida xuddi un ishlab chiqarish korxonalariga o’xshab donni aralashmalardan tozalash uchun separator, trier, aspiratsion kolonka va boshqa uskunalar qo’llaniladi. Kukol ajratkich va ovsyug ajratgich uskunalar yormabop donlarlan uzunligi bo’yicha farqlanadigan aralashmalarni tozalash bilan birga oqlanmagan donlardan ajratishda (suli yormasini ishlab chiqarishda) hamda po’stloq orasida qolib ketgan singan yormalarni nazorat qilishda qo’llanishda.
    Sholi va suli donlarini qiltanoqlari bo’lgani uchun ularga maxsus qo’shimcha uskunalarda ishlov beriladi. Suli donlarini oboyka uskunasi orqali o’tkazilganda uning qiltanoqlari 93% gacha, qo’shilib qolgan suli donlarining esa barchasi ajratiladi. Sholi doni maxsus qiltanoq ajratuvchi (osteotdelitel) uskunasida xarakatlanishi davomida parraklarning aylanishi va donlarning o’zaro ishqalanishi natijasida qiltanoqlardan 88-92% ajratiladi. Sholi va suli donlari singan qiltanoqlardan ajralishi uchun aspiratsion kolonkalarga yuboriladi.
    Yorma ishlab chiqarish korxonalarida donlarga gidrotermik ishlov (GTI) berish jarayoni muhim bosqich hisoblanadi. GTI natijasida dondan strura – mexanik o’zgarishlar yuz berib, endosperimdan qobiq va murtakni ajratish sharoiti yaxshilanadi. Bundan tashqari qobiqlar murtlashib, mag’iz esa mustahkamlanadi xamda me’yoriy namlikka ega bo’lgan yormalarni chiqish miqdorini ortishiga, korxona energiyani tejash hisobiga unumdorlikni oshirishga olib keladi.
    GTI berish yormaning oziqaviylik qiymatini oshiradi, uning suvini singdirish qobiliyatini oshirib, qaynatish vaqtini qisqartiradi. GTI vaqtida dimlash jarayoni un ishlab chiqarish korxonalaridan farqli ularoq yordamchi omil hisoblanadi va 30 minutdan 1 soatgacha davom etadi.
    GTI berishning quyidagi usullari mavjud: bug’latish-quriitsh-sovitish; namlash-dimlash.
    Bug’latish-quritish-sovitish usuli grechka, suli va no’xat donlari uchun qo’llaniladi. Uning muhim jihati shundan iboratki, bunda don yuqori haroratgacha (100 S dan yuqori) to’yingan bug’ yordamida qizdiriladi. Bug’latish jarayonida don namlanib qizish bilan birga uning mag’zi mustahkamlanadi. Bug’latishdan so’ng qo’llaniladigan quritish jarayoni don qobiqlarini murtlashib oqlash jarayonida parchalanishga yordam beradi. Undan so’ng donlarni sovitish jarayoni namligini qo’shimcha pasaytirishga va qobiqlarni qatlamlashib yana murtlashib qolishiga xizmat qiladi. Bu jarayonlarni amalga oshirish uchun maxsus bug’latuvchi, qurituvchi va sovituvchi uskunalar qo’llaniladi.
    Namlash-dimlash jarayoni ko’pgina yormabop donlar uchun qo’llaniladigan usuldir. Bunda don maxsus uskunalarda namlanadi yoki past bosimdagi bug’ bilan bug’latiladi. Namlangan don bir necha soat davomida bunkerlarda dimlanadi. Bu jarayonlardan o’tgan don yuqori plastiklikka ega bo’lib, oqlash jarayonida kam maydalanadi. Namlangan qobiqlar qatlamlar hosil qilib, endosperimdan oson aralashma olib keladi.
    Gidrotermik ishlov berish jarayoni xar bir yormabop don uchun tug’ri tashkil qilish keyingi jarayonlarni yuqori unumdorlik bilan ishlashiga va yorma mahsulotini oziqaviylik kiymati ortishiga olib keladi.
    Yormabop donlardan yorma mahsulotini ishlab chiqarishdagi asosiy jarayonlarga quyidagilar kiradi: 1) oqlashga tayyorlangan donlarni saralash; 2) oqlash (don qobiqlarini shilish); 3) oqlash mahsulotlarni saralash; 4) maydalash; 5) maydalangan maxsulotlarni saralash; 6) yormalarni sayqallash va silliqlash; 7) yorma mahsulotini nazorati.


    Download 34.71 Kb.
      1   2




    Download 34.71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    12-ma’ruza. Yorma ishlab chiqarish korxonalari tavsifi va ularda kechadigan texnologik jarayonlar Reja

    Download 34.71 Kb.