12-mavzu: Kasbga doir interaktiv infogragka vositalaridan foydalanish. Reja




Download 146,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana22.05.2024
Hajmi146,49 Kb.
#249931
  1   2   3
Bog'liq
12-ma\'ruza



12-mavzu: Kasbga doir interaktiv infogragka vositalaridan foydalanish. 
Reja: 
1.
Infogragkaga haqida nazariy tushunchalar 
2.
Infografika komponentlari 
3.
Infografikani ishlab chiqarish va loyihalash 
4.
Onlayn tartibda infografika 
Infografika ma'lumotlarni taqdim etish va vizual aloqa uchun samarali vosita sifatida 
uzluksiz ta‟lim jarayonida muhim o‟rin egallamoqda. Infografika ma'lumotlarni taqdim etish 
uchun keng imkoniyatli va samarali vosita, fan yuzasidan terminlarni tushuntirish, taqdimotlarni 
soddalashtirish, aloqalarni xaritalash, tendentsiyalarni ko'rsatish va asosini ta'minlashga 
mo‘ljallangan zamonaviy texnologiyadir. Ushbu texnologiya multisensor va multimodal 
yondashuvga asosan, ya'ni qisqa matn va visual obyektlardan tashkil topadi. Ular qiyin, murakkab 
va mavhum ma'lumotni vizual ko‟rinishga aylantirish, turli dizaynlar orqali ifodalash uchun 
xizmat qiluvchi vositadir. 
Infografika texnologiyasidan foydalanish orqali jozibali tasvirlar, mavhum g'oyalarni tushunishni 
osonlashtiradi, shuning uchun ular ta‟lim tizimida va boshqa sohalarda xam keng ko‘lamda 
taraqqiy etmoqda. 
Ushbu texnologiya ta’lim jarayonida quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi: 

axborotni tezroq uzatishga yordam beradi 

kengaytirilgan hamkorlik, tushunish, jalb qilish imkonini yaratadi 

o‘quvchilarning ta‟lim-tarbiya jarayoniga o‘zaro ta’siri va ishtiroki 

murakkab jarayonlarni soddalashtirish va osonroq tushuntirish 

bir nechta tushunchalarni solishtirish va qarama-qarshi qo'yishda yordam berish 

tizimli va rejali foydalanilganda taqdimotlarni namoyish qilish 

hisobotlar, loyiha yoki tadqiqotning ma'lumotlari va xulosalarini yoritib berish 
Infografika o'qitishni osonlashtirish uchun muhim vosita bo'lib xizmat qilishi mumkin. 
Informatika va axborot texnologiyalari va boshqa fanlardan dars mashg‟ulotlari bilan bog'liq 
taqdimotlarni tushuntirish va yetkazib berishda muhim ro‘l o‘ynaydi. 
Chet olimlari Damyanov va Tsankovlarning o‘z maqolalarida infografikani ta’lim 
jarayonidagi o‘rniga quyidagi mulohazalarni keltirib o‘tishgan “Infografika ma'lumotlar 
vizualizatsiyasi, illyustratsiyalar, tasvirlar va matnlarni birlashtirgan grafik dizayn sifatida 
ifodalashdir. Bundan tashqari ma'lumotlar yoki bilimlarning vizual tasviriga ishora qiladi. Bu bir 
qarashda tushunarli bo'lishi kerak bo'lgan vizual formatda ma'lumotlarni uzatuvchi axborot 
grafikasi. Shunday qilib, infografika - bu nominal matnga ega bo'lgan rasmlar, tasvirlar, 
diagrammalar yoki diagrammalar to'plamidir”. Waralak Vongdoiwang Siricharoenning 
“Infographic Role in Helping Communication for Promoting health and well-being” nomli 
maqolasida komponentalarni quyidagi uchta tur bo‘yicha tavsiflagan: 
1) Vizual elementlar (rang, grafik, piktogramma, xaritalar, belgilar va boshqalarni nazarda tutadi) 
2) Tarkib elementlari (faktlar, ma'lumotnomalar, statistik ma'lumotlar, matnlar va boshqalarni 
nazarda tutadi) 
3) Bilim elementlari (xulosalar, xabarlar va boshqalarni nazarda tutadi). 

Download 146,49 Kb.
  1   2   3




Download 146,49 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12-mavzu: Kasbga doir interaktiv infogragka vositalaridan foydalanish. Reja

Download 146,49 Kb.
Pdf ko'rish