• Multimediali taqdimot
  • 12-mavzu. Taqdimotning tarkibi. Taqdimot




    Download 24,15 Kb.
    bet1/5
    Sana13.07.2024
    Hajmi24,15 Kb.
    #267506
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    12-mavzu. Taqdimotning tarkibi. Taqdimot


    12-mavzu. Taqdimotning tarkibi.


    Taqdimot (inglizcha presentation so’zidan olingan) audiovizual vositalardan foydalanib ko’rgazmali shaklda ma’lumot taqdim etish shakli. Taqdimot yagona manbaga umumlashgan kompyuter animatsiyasi, grafika, video, musiqa va ovozni o’zida mujassam etadi. Odatda taqdimot ma’lumotni qulay qabul qilish uchun syujet ssenariy va strukturaga ega bo’ladi. 
    Taqdimotlar so’z bilan ifoda qilish qiyin bo’lgan jarayonlarni tez, aniq va tushunarli bo’lishi, axborotni qabul qilishda turli xil ko’rinishlarda aks etirilishi
    o’qituvchiga darsni tashkillashtirish va faol bo’lishida ko’makchi vositasini o’taydi. 
    Multimediali taqdimot  bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd shou, diktor jo’rligidagi ovoz bilan 
    boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o’lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo’lishi 
    mumkin. Taqdimotning ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning 
    mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o’zgarishga moyilligi va 
    foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. 
    Ma’lumki, inson ma’lumotning ko’p qismini ko’rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari 
    orqali qabul qiladi (bu avvaldan aniqlangan va kino hamda televidenieda undan samarali 
    foydalaniladi). Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga 
    yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish 
    etish orqali insonlarning e’tiborini ko’proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimediali 
    texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi. 
    Multimediali taqdimot 
    ma’lumotni to’g’ridan to’g’ri qabul qilishni ta’minlaydi. 
    Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma’lumotlarni ko’radi va o’zini qiziqtirgan qismlaridan 
    foydalana oladi. Ma’lumotni qabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi. Ma’lumot taqdim 
    etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali taqdimot bir necha o’n minglab sahifa matn, 
    minglab rasm va tasvirlar, bir necha soatga cho’ziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va uch 
    o’lchamli grafikalarni o’z ichiga olgan bo’lishiga qaramay, ko’paytirish xarajatlarining kamligini va 
    saqlash muddatining uzoqligini ta’minlaydi. 



    Download 24,15 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 24,15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    12-mavzu. Taqdimotning tarkibi. Taqdimot

    Download 24,15 Kb.