|
Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlashBog'liq musiqa-ta-limida-cholg-u-ijrochiligining-uzviylik-masalalari (1)Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash
Providing the integrity of music education in instrumental performance
Tashkent, Uzbekistan
128
imkoniyatlarini rivojlantirishda o„ng qo„l va chap qo„l ijrosini birdek rivojlantirish
kerak. Chap qo„l imkoniyatini o„stirish uchun ko„p xromatik mashqlar ijro etish
kerak. Ushbu mashg„ulotlar albatta ijobiy natija beradi.
Yana bir ahamiyat beradigan jihat o„quvchiga o„z cholg„usini sozlashni
o„rgatish. Bunda eshitish qobilyati muhim ro„l o„ynaydi. Eshitib sozlash orkestr ,
ansambl darslarida juda ham muhim. Konsert dasturlari bo„ladimi, yoki turli xil
ko„rik tanlovlar sahnada asar ijro etishdan oldin birinchi navbatda cholg„uning sozi
tekshiriladi. Agar o„quvchining eshitish qobilyati yaxshi bo„lsa cholg„usini mustaqil
sozlay oladi. Kuy mohirona ijro etilmasin, agar cholg„u sozlanmagan bo„lsa asar
mazmun mohiyatini yo„qotadi.
Mohir sozanda bo„lishni istgan ijrochi ko„p o„z ustida mustaqil ishlashi kerak.
Har kuni cholg„usida ijro etishi, nafaqat musiqiy asar ustida ishlashi, avvalo
mashqlar, gammalar ko„p chalish kerak.
Hozirgi kundagi talablar shuni ko„rsatadiki yurtimizda oliy ma‟lumotli
mutaxasislarga bo„lgan talab yildan - yilga oshib bormoqda. Ana shu nuqtai nazardan
kelib chiqqan holda, ayni paytda yoshlar oliy ta‟lim muassasalarida bilim olishga
intilmoqda.
Resbuplikamizda madaniyat va san‟at sohasida ta‟lim beradigan qator oliy
ta‟lim muassasalari mavjud. Xususan O„zbekiston davlat konservatoriyasi,
O„zbekiston davlat san‟at va madaniyat instituti, Yunus Rajabiy nomidagi o„zbek
milliy musiqa san‟ati instituti, O„zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir
Zokirov nomidagi milliy Estrada san‟ati instituti va boshqalar.
Oliy ta‟limda ijrochi boshlang„ich va o„rta maxsus ta‟limda egallagan bilim va
ko„nikmalarini, ijro mahoratini mustahkam bir yo„lga soladi. Oliy ta‟limda cholg„u
ijrochiligida ko„proq ahamiyat beriladigan jihatlar asarni ijro etishda ko„proq
badiiylikka, mazmun mohiyatiga e‟tibor qaratiladi. Dutor cholg„usi ijrochiligida oliy
ta‟lim bosqichida ba‟zi muammolar mavjud. Xususan repertuar masalasida
yetishmovchiliklar kuzatilmoqda. Ayniqsa dutor alt cholg„usida ijro qilish uchun
asarlar
yetishmaydi.
Ushbu
kamchilikni
hisobga
olgan
holda,
o„zbek
kompozitorlarimiz asarlar yaratishmoqda. Mohir ustoz sozandalar do„mbrada ijro
etiladigan qozoq xalq kuylarini dutor alt cholg„usi uchun moslashtirishmoqda. Dutor
va do„mbra cholg„ulari tuzilishi va ijro uslubi jihatidan juda yaqin. Biroq repertuar
hali ham yetarli deb bo„lmaydi. Kompozitorlardan dutor cholg„usi uchun yangi
asarlar yozish taklifi berilmoqda.
Oliy ta‟limda talaba professional ijrochi bo„lib yetishishi ta‟limning
maqsadidir. Asarni mohirona ijro qilish uchun bir qancha talablar mavjud. Murakkab
asarlarni mohirona ijro etish bu faqat asarni tez tempda ijro etish degani emas. Asarni
ijro etishda uning badiiy jihatlari ham katta ahamiyatga ega. Oliy ta‟limga kelgan
|
| |