|
-jadval
Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9500)ning bog’lanishi
|
bet | 7/11 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 57,45 Kb. | | #236635 |
Bog'liq 13-mavzu. Moliyaviy natijalar hisobi87-jadval
Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9500)ning bog’lanishi
№
|
Xo’jalik muomalalarining mazmuni
|
Schyotlarning bog’lanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Royalti bo’yicha olinadigan summalar
|
4850
|
9510
|
2
|
Boshqa korxonalarda ulushli qatnashishdan olingan daromadlar, korxonaga tegishli bo’lgan aksiya va boshqa qimmatli qog’ozlar bo’yicha dividendlar
|
4840
|
9520
|
3
|
Qarz majburiyatlari bo’yicha foizlar
|
4830
|
9530
|
4
|
Balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan ijobiy kurs farqlari
|
Pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlar, majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar va boshqalar
|
9540
|
5
|
Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha hisoblangan foizlar summasi
|
4830
|
9550
|
6
|
Qimmatli qog’ozlarni qayta baholash (qiymatining oshirilishi)
|
0610, 5810
|
9560
|
7
|
Hisobot davri oxirida moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi
|
9510-9590
|
9910
|
Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar to’g’risidagi axbrotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
9610 “Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar”;
9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar”;
9630 “Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar”;
9690 “Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar”.
Banklar, mol yetkazib beruvchilarning kreditlari va qarzlar, uzoq muddatli ijara bo’yicha foizlar va boshqa foiz to’lovi xarajatlari 9610 “Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar” schyotining debetida 6920 “Hisoblangan foizlar” yoki pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotida salbiy kurs farqi va balansning valyuta moddalariga doir operatsiyalar bo’yicha zararlar aks ettiriladi. Chet el valyutasi operatsiyalari bo’yicha salbiy kurs farqlari, shu jumladan buxgalteriya balansini tuzish sanasiga qarzlarni qayta baholashdan farq 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotining debetida pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlar va majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlar 9630 “Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlari” schyotining debetida majburiyatlar va pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
9690 “Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar” schyotida moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar aks ettiriladi.
|
| |