• 1-rasm Mixlar: a — gul qoroz mixlari; b — qurilish mixlari 2-rasm. Burama mixlar
  • 13 va 14 amaliy mashg`ulot. Mavzu: burchakli o’rtalik birikmalar tayyorlash texnologiyasi. Quloqcha va turumli o’rtalik birikmalar texnologiyasi. (4 soat)




    Download 0.52 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana22.11.2022
    Hajmi0.52 Mb.
    #31199
    Bog'liq
    13 va 14 - AMALIY MASHG`ULOT.
    30CA90FE-0D04-4B10-86F8-3EF1D1F9954D, Ekologiya huquqi, mustaqil ta`lim — копия, 7-Elektron ta\'lim resurslaridan foydalanish, 11.Matematik-programmalashtirish-va-optimallashtirish-usullari-2011-oquv-qollanma-N.R.Beknazarova-X.N.Jumayev, 1 1585620012984, Biznes loyiha-kompy.info, kuk kapalak, Umumiy pedagogika. Mansurmanova A., Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini , TURDIKULOVA S HISOBOT YUKLAMA 2023-2024, Sarvinoz222, 18. So‘z yodlash dasturini yasash, hayot faoliyati xavfsizligi



    13 va 14 - AMALIY MASHG`ULOT. 
    MAVZU: BURCHAKLI O’RTALIK BIRIKMALAR TAYYORLASH 
    TEXNOLOGIYASI. QULOQCHA VA TURUMLI O’RTALIK 
    BIRIKMALAR TEXNOLOGIYASI. (4 soat). 
    Shakllantiriladigan bilimlar: Quloqcha va turumli o’rtalik birikmalar 
    texnologiyasi. O’rtalik birikmalarni bajarishda ishlatiladigan materiallar, asboblar 
    va moslamalar tavsifi. Ish uslubini ko’rsatish, tushuntirish. Yaroqsizlik turlari va 
    ularning oldini olish. Mehnat havfsizligi qoidalari. Ishlov berish va malaka hosil 
    qilish. Bajariladigan ishning turiga qarab o’yuvchi asboblarni tanlash. Berk tishlarni 
    o’yish. Biriktiruvchi detallar qalinligiga qarab quloq va turumlar o’lchamini olish, 
    o’rtalik birikmalarni bir tirnoqli berk va qaldirg`och quyruq shaklidagi berk 
    birikmalar ishlash. 
     
     
     
    Ishdan maqsad: Ko`p tirnoqli birikmalar, berk teshiklar o’yish, quloqcha va 
    turumlarni rejalash, o’rtalik birikmalarni bir-biriga moslash. sandiq bog`lash, 
    yashik simon ko`p tirnoqli maxfiy va yarim maxfiy birikmalar yordamida buyum 
    tayyorlash. 
    Jihozlar, asbob va moslamalar: Millimetrli o`lchov chiziqli, qalam, porsi 
    guniya, duradgorlik guniyasi, xatkash, xar xil tirnoq andozalari. Arralash, randalash, 
    parmalash va o`yish asboblari va yog`och bolg`a va h.k. 
    Mashg’ulot yuzasidan topshiriq: Burchakli ko’p tirnoqli birikmalarni rejalash 
    va birbiriga moslash. 

    Topshiriqni bajarish yuzasidan ko’rsatma: 

    Tayyorlanadigan buyumni texnologik xaritasini tuzish. 

    Tayyorlanadigan buyumlarga mos materiallar tanlab olish (archa, qarag’ay, 
    eman, tog’ teragi, sada, chinor va boshqalar). 

    Randalash uchun quyum qoldirib undan materiall arralab olish 

    Texnologik karta asosida 1 uzunlikdagi, eni a, qalinligi h bo`lgan brusoklar 
    tayyorlanadi. 

    Brusoklarni uchida ma’lum o`lchamda tirnoq, quloq va uzunligini rejalash. 



    Tirnoq chiqarish uchun kertish va quloq ochish uchun o’yish ishlarini 
    bajarish. 

    Tirnoq va quloqlarni o’zaro bir-biriga kiritish va birikma hosil qilish. 

    Birikmani jipsligini ta’minlash. 

    Birikmalarni mix, shurup va yelimlar yordamida biriktirish. 

    Birikmalarni pardozlab sifatini yaxshilash. 
    Tayyorlanadigan buyumlar: Yasaladigan buyumlar: kitob javoni, quticha, mix 
    yashigi, oshxona yoki yotoqxona stoli. 
    Nazorat uchun savollar: 
    1.Yashiqsimon ko’p tirnoqli maxfiy va yarim maxfiy birikmalarni tyyorlashda 
    xafsizlik texnikasi qoidalari 
    2.Burchakli yashiqsimon tirnoqli biriktirish usullarini aytingq 
    3.Tayyorlangan buyumlarga qo’yiladigan talablarq 
    Mustaqil ta’lim uchun topshiriq: Duradgorlik birikmalari to’g’risida texnik 
    ma’lumotlar. Turumli birikma haqida texnik ma’lumot olish. Porsi tirnoq birikmali 
    buyumlar yasash texnologiyasini o’rganish. Xalq xunarmandchiligida ishlatiladigan 
    burchakli yashiqsimon tirnoqli biriktirish usullari haqida. 
    BIRIKTIRISH VA MAXKAMLASH BUYUMLARI 
     
    Duradgorlik buyumlari tayyorlashda detal va qismlarni biriktirishda har xil 
    mixlar ishlatiladi. Ishlatilishiga ko‘ra gul qog‘oz mixlari va qurilish mixlari bo‘ladi. 
    Gul qog‘oz mixlari ( rasm, a) qalpoqli, qisqa o‘lchamli, o‘tkir uchli bo‘lib, gul 
    qog‘ozlar, klenka, mato, faner va yupqa detallarni mixlashda ishlatiladi. 
    Qurilish mixlari (rasm, b) duradgorlik va qurilish detallarini biriktirishda
    ishlatiladi. 
    Ishlatilishiga qarab mixlarning sterjenlari va qalpoq.lari har xil shaklda 
    tayyorlanadi. 
    Kvadrat sterjenli :qurilish mixlarining sug‘urilishga qarshiligi yuqori Do‘lib, 
    puxta birikma hosil qilish imkonini beradi. Ular yumshoq yog‘ochlarni
    biriktirishda ishlatiladi. 
    Burama mixlar (rasm) yog‘och qismlarni biriktirishda, yog‘och qismlarga har 
    xil dastalar, shpingalet, oshiq-moshiq kabilarni o‘rnatishda ishlatiladi. Burama 
    mixlarning diametri 1,5 dan 10 mm gacha, uzunligi 6 dan 120 mm gacha 
    tayyorlanib, uzunligining 0,5-0,6 qismigacha rezba chiqariladi. Burama mixlarni 
    bolg‘alab o‘rnatishga ruxsat etilmaydi. Bolg‘alab o‘rnatish bilan puxta birikma hosil 
    qilish mumkin emas. Uzun ulchamli burama mixlarni o‘rnatishda uch qismini 
    bolg‘alab yog‘ochga kiritib, qolgan qismini otvyortka bilan burab kiritiladi. Qisqa 
    o‘lchamli burama mixlarni o‘rnatishda mix o‘rnya bigiz bilan o‘yib olinadi. 
    Boltlar (rasm, a) qismlarga ajraladigan buyum detallarini yig‘ishda, egri detalli 
    mebel qismlarini biriktirishda ishlatiladi. Ba’zi hollarda boltli birikmalar 
    kontrgayka! yordamida qotiriladi (rasm, b). Boltli birikmalarda bolt kallagi va 


    gaykalarning yog‘och sirtini ezib, shilib qo‘yishidan saqlash maqsadida har xil 
    shakldagi shaybalar ( rasm, v) ishlatiladi. Qismlarni biriktirish „a birikmaning 
    puxtaligini oshirish maqsadida har xil po‘lat burchaklardan ham foydalaniladi
    ( rasm). 
    Qurilish va inshootlarda yog‘och qismlarini bir-biriga puxta, ajralmaydigan 
    qilib biriktirishda changaklar ham ishlatiladi ( rasm). Changaklar yumaloq va 
    kvadrat kesimli po‘latlardan tayyorlanadi. 
    Darvoza, eshik, rom qanotlari, fortochkalarni o‘rnatishda ajraladigan va aj-
    ralmaydigan oshiqmoshiqlar ishlatiladi ( rasm). 
    1-rasm Mixlar: 
    a — gul qoroz mixlari; b — qurilish mixlari 
    2-rasm. Burama mixlar 
    a - mix kallaklari; 1-maxfiy; 2- yarim maxfiy; 3-yarim yumaloh; 
    b -'burama mixlarning o‘lchamlari. 


     
     
    Burchaklar 
     
    Changaklar: a -to’g‘ri; b –burchak shaklidagi; v-teskari; 



    Download 0.52 Mb.




    Download 0.52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    13 va 14 amaliy mashg`ulot. Mavzu: burchakli o’rtalik birikmalar tayyorlash texnologiyasi. Quloqcha va turumli o’rtalik birikmalar texnologiyasi. (4 soat)

    Download 0.52 Mb.
    Pdf ko'rish