• Dastlabki sinov
  • Tarmoqlarni yuvish ikki bosqichda bajariladi
  • Toza yuvishdan song tarmoqlar kimyoviy tozalangan
  • Issiqlik taminoti tizimlarini sozlashdan
  • Issiqlik berish rejimi sutkalik va yillik yuklanish grafiklari asosida rejalashtiriladi.
  • ISSIQLIK TARMOQLARINI GIDRAVLIK VA ISSIQLIK SINOVLARI.
  • Gidravlik sinovlar va issiqlik sinovlari.
  • Issiqlik sinovlarini
  • 14 mа’ruzа reja: Issiqlik tarmoqlarini dastlabki va yakuniy sinash




    Download 1.48 Mb.
    bet1/3
    Sana10.05.2023
    Hajmi1.48 Mb.
    #58104
      1   2   3
    Bog'liq
    Маъруза-14
    YENGIL ATLETIKA TO\'GARAGI KONSPEKTI (1), smple, Azimov Farrux plita, informatika xonasiga logo rasmlar1

    ISSIQLIK TARMOQLARINI SINASH.
    14 - MА’RUZА
    Reja:


    Dastlabki va yakuniy sinov.
    Kanallarda va kanalsiz tarzda yer ostida yotqizilgan suv quvurlarini sinash yiliga 2 marta o'tkaziladi. Ya'ni, u dastlabki va yakuniy sinovdan iborat bo'ladi.
    Dastlabki sinov - salnikli kompensatorlarni o'rnatgunga qadar ayrim uchastkalarda o'tkaziladi.
    Yakuniy sinov - montaj yakunlanganidan keyin o'tkaziladi. Bosim - 16 kg/sm.kvadratdan kam bo'lmasligi kerak. Agar 10 daqiqa mobaynida bosim kamaymasa, quvur sinovdan o'tgan hisoblanadi. Qishki paytlarda sinov ayrim uchastkalarda bo'lingan tarzda 5°C haroratdan past bo'lmagan holda o'tkazish zarur.
    Tarmoqlarni yuvish ikki bosqichda bajariladi: qora va toza. Qora yuvishda yengil iflosliklar yuvib chiqariladi, buning uchun quvurlar 0,4 MPa bosimli vodoprovodga ulanadi.
    Ushbu bosim ostida mustahkamlik sinovlaridan so'ng qolgan iflosliklar loyqalanadi va suvni to'kish zulfinlaridan siqib chiqariladi. Toza yuvish shahar vodoprovodidan tarmoq nasoslari yordamida quvurlarga 3-7 m/s tezligi bilan bosim ostida suvni berish orqali bajariladi. Bunda suvning yakuniy tozaligi laboratoriya tahlili bilan nazorat qilinadi.
    Toza yuvishdan so'ng tarmoqlar kimyoviy tozalangan suv bilan to'ldiriladi. Ochiq tizimli tarmoqlarga tarmoq suvi bilan to'ldirishdan oldin baktyerial ifloslanishga qarshi qo'shimcha sanitar ishlov beriladi. Tarmoqning dezinfeksiyasi suvga 20-40 mg/l miqdorda faol xlor qo'shish va 24 soat davomida ushlab turish yo'li bilan bajariladi. So'ngra suv to'kilib, tarmoq 70°C gacha isitilgan ichimlik suvi bilan qo'shimcha yuviladi.
    Issiqlik ta'minoti tizimlarini sozlashdan maqsad, uning barcha bo'g'inlarini bir maromda yuklanishi ishlab chiqilgan va iste'mol qilingan issiqlik sarflarini bir-biriga mos kelishi va tizimning barcha ishlash rejimlarini me'yorda ushlab turilishini ta'minlashdan iboratdir.
    Issiqlik berish rejimi sutkalik va yillik yuklanish grafiklari asosida rejalashtiriladi. Sutkalik grafiklarini issiqlik tarmog'ining dispetchyerlik xizmati ob-havo sharoitiga ko'ra bajarishdan bir sutka oldin issiqlik manbayiga beradi. Sutkalik grafik buyurtmali hujjat bo'lib, unda tuman bo'yicha issiqlik tashuvchisini sarfi va harorati, shuningdek issiqlik jihozlarining yuklanish me'yorlari ko'rsatiladi. Ob-havo sharoitlari o'zgarishi bilan bu ko'rsatkichlar tezkor ravishda o'zgartiriladi.
    ISSIQLIK TARMOQLARINI GIDRAVLIK VA ISSIQLIK SINOVLARI.
    Issiqlik tarmoqlarini sinash. Issiqlik tarmoqlarining sinovlari ishga tushirish va foydalanish (ishlatish) turlariga bo'linadi. Hamma sinovlar mahsus tuzilgan sinov dasturlari bo'yicha bajariladi. Sinovlar quyidagilarga bo'linadi:
    a) katta bosim berib sinash (opressovka) - quvurlar va armaturalar zichligi va mexanik mustahkamligini aniqlash uchun;
    b) gidravlik sinovlar - quvurlarning gidravlik tafsilotini aniqlash uchun;
    c) issiqlik sinovlar - issiqlik tarmog'ining amaldagi issiqlik yo'qotishini aniqlash uchun;
    d) hisobiy haroratga sinash - tarmoqning kompensatsiyalovchi qurilmalarini tekshirish va ularning normal holatini aniqlash uchun.
    Gidravlik sinovlar va issiqlik sinovlari.
    Gidravlik sinovlaming asosiy maqsadi yangi tarmoqlarning amaldagi gidravlik tafsilotini aniqlash bo'lganligi uchun, tarmoqning belgilangan nuqtalarida issiqlik tashuvchisining bosimi, sarfi va harorati o'lchanadi.
    Uzatish va qaytish quvurlaridagi o'lchangan bosimlar bo'yicha haqiqiy pyezometrik grafigi, o'lchangan suv sarflari bo'yicha esa hisobiy grafigi quriladi. Hisobiy va haqiqiy pyezometrik grafiklarni solishtirish yo'li bilan tarmoq qismlaridagi ishqalanish koeffisiyentini o’zgarishi va tarmoqning ifloslangan joylari aniqlanadi.
    Issiqlik sinovlarini o'tkazishdan asosiy maqsad, tarmoqlardagi haqiqiy issiqlik yo'qolishini aniqlash va uni hisobiy hamda me'yorlangan qiymatlar bilan solishtirishdir.
    Sinovlar vaqtida sinalayotgan uzatish yoki qaytish quvurining boshidagi va oxiridagi suv sarfi va haroratlari o'lchanadi. Buning uchun barqaror rejim o'rnatilib, 10 minut oralig'ida bir nechta ko'rsatkichlar olinadi.

    Olingan ko'rsatkichlar bo'yicha uzatish va qaytish quvurlarining issiqlik yo'qotishi aniqlanadi. Haqiqiy va hisobiy issiqlik yo'qolishlarni solishtirish natijasida izolatsiya sifati aniqlanadi.

    Download 1.48 Mb.
      1   2   3




    Download 1.48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    14 mа’ruzа reja: Issiqlik tarmoqlarini dastlabki va yakuniy sinash

    Download 1.48 Mb.