-mavzu: Gaz ta’minoti tizimi jihozlaridan foydalanish, ularni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish




Download 45,51 Kb.
bet2/3
Sana11.01.2024
Hajmi45,51 Kb.
#135007
1   2   3
Bog'liq
14 mavzu gazuskuna

15-mavzu: Gaz ta’minoti tizimi jihozlaridan foydalanish, ularni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish
Reja:
1.Gaz ta’minoti tizimi jihozlaridan to’g’ri foydalanish
2.Gaz ta’minoti tizimi jihozlarni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish qoidalari
Gaz quvurlarida gaz oqimi berkitilgan, lekin quvurning ichidagi gaz quvurdan to‘liq siqib chiqarilmagan bo‘lsa, payvandlash ishlarini bajarish qat’iyan man etiladi. Gaz armaturalarining zich bog‘langanligini faqat sovun eritmasi surtib tekshirish mumkin, bunday holatlarda olov yoqib tekshiruvdan o‘tkazish qat’iyan man etiladi. O‘ta qiyin xavfli gaz ishlari ishlab chiqilgan maxsus reja asosida bajariladi.
Gaz quduqlari va kotlovanlardagi payvandlash, kesish ishlari alohida ko‘rsatma bo‘yicha, qo‘shimcha xavfsizlik ta’minlanishini e’tiborga olgan holda bajariladi. Gaz quvurlarida ta’mirlash ishlarini bajarishda gazning yopilishi va qayta ochilishidan gaz iste’molchilari o‘z vaqtida ogohlantirilgan bo‘lishi, xavfsizligi ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Gaz quvurlarini ta’mirlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan va gaz qurilmalarining o‘rnatilishi kabi barcha ishlar xavfli gaz ishlari sanaladi. Shuning uchun ham bunday ishlarni amalga oshirishda ehtiyotkorlik talab etiladi.
Xavfli gaz ishlariga shahar gaz tarmoqlaridan foydalanishda bajarila- digan ishlarning barchasi kiradi. Bundan tashqari, gaz quvurlarining amaldagi gaz tarmoqlariga ulanishi, gazning chiqishini bartaraf etish, amalda foydalanib kelinayotgan gaz quvurlarini (produvka) havo yordamida tozalash, armaturalar va uskunalar bilan jihozlash, gaz quduqlarida bajariladigan ishlar, GBShlari joylashgan binolardagi barcha ishlar xavfli gaz ishlari hisoblanadi.
Xavfli gaz ishlari eng kamida ikki kishi tomonidan bajariladi. Javob- garligi yuqori bo‘lgan xavfli gaz ishlarini bajarishda rahbarlikni olib borish muhandis-texnik xodimlarga yuklatiladi. Ishchilar va muhandis- texnik xodimlar alohida tartibda maxsus tayyorgarlik va mashqlardan o‘tishi kerak. Xavfli gaz ishlari bajarilayotgan joylar to‘siq bilan o‘ralib qo‘riqlanadi. Bunday joylarda chekish va olov yoqish qat’iyan man etiladi. Gaz chiqishi paydo bo‘lgan joylarda protivogaz kiyish kerak. Foydalanayot- gan protivogazning ko‘rinishi bajarilayotgan ishning turiga bog‘liq: bajarilayotgan ish kotlovanlar va gaz quduqlarida bo‘lganda, shlangli protivagaz, bino ichida bajarayotgan holatda himoyalangan protivogaz- lardan foydalanish kerak. Gaz quduqlari va kotlovanlarda xavfli gaz ishlarini bajarayotgan ishchilar ipga bog‘langan belbog‘ kiyishi, ip uchi esa tashqariga chiqarilgan, bajarilayotgan ishni kuzatuvchining qo‘lida bo‘lishi kerak. Gaz quvurlarini payvandlash ishlarini tarmoqdagi gazni o‘chirmasdan ham amalga oshirish mumkin: qachonki gazning bosimi 1200 Pa dan yuqori bo‘lmaganda, havo oqimi bilan gazni qaytarib tu- ruvchi uskunalar bilan jihozlangan maxsus brigada tomonidan amalga oshiriladi.
Gaz bilan ishlovchi har bir xodim gazdan zarar ko‘rganlarga, zahar- langanlarga birinchi yordam ko‘rsatishni bilishi kerak.
Nosozlik va baxtsizlik holatlari istalgan gaz ishlarida quvurlarni payvandlashda, gaz uskunalari va jihozlaridan foydalanishda sodir
bo‘lishi mumkin. Quvurlar ishlab chiqarishning texnologik qoidalariga rioya qilin- maslik, gaz quvurlari o‘tkazish ishlarida (sifatsiz payvandlash, hi- moyalanishdagi shikastlanishlar), gaz quvurlaridan foydalanishda qoidalarga rioya qilinmaslik (gaz bosimining ruxsat etilganidan or- tiqcha bo‘lishi, daydi toklar ta’sirida gaz quvuri devorining zaiflashib borishi, gaz quvurlarining zanglashdan yaxshi himoyalanmaganligi va hokazolar) gaz quvurlari nosozligiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, nosozlik holatlariga, turli xil kommunal inshootlarida ta’mirlash, yer kovlash va qazish ishlarining bajarilishidagi shikastlanishlar ham sabab bo‘lishi mumkin. Quvurlarning ajralishidan atrof-muhitga gazning qisman yoki to‘liq chiqishi sodir bo‘lganda, gaz quvurlari nosoz hisoblanadi. Gaz quvurlari va uskunalaridan foydalanishda turli xil ishlarni bajarishdagi nosozlikni oldindan aytish chilangar-gazchi tomonidan amalga oshirilishi kerak. Gaz jihozlarining ishonchli va xavfsiz ishlashi ko‘p jihatdan chilangar-gazchilar tomonidan jihozlarning reja asosida profilaktik ko‘riklardan o‘tkazilishiga va gaz jihozlarining ta’mirlanganligiga bog‘liq. Ko‘riklar oralig‘idagi gaz jihozlarini ta’mirlash ishlari xizmat ko‘rsatuvchi chilangar tomonidan amalga oshiriladi.







Download 45,51 Kb.
1   2   3




Download 45,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: Gaz ta’minoti tizimi jihozlaridan foydalanish, ularni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish

Download 45,51 Kb.