Kompyuterning yana qanday qurilmalari bor?
Kompyuterni
qulay usulda boshqarish, ba'zi ishlarni osongina bajarish uchun
«sichqoncha» deb ataluvchi qurilmani qo'llash mumkin. Odatda, sichqonchadagi
chap tugma
tanlash yoki buyruq berish, o'ng tugma yordamchi amallar ro'yxatini
ochish uchun ishlatiladi. Bu ro'yxat kontekst-menyu deb ataladi.
Kompyuterda tayyorlangan rasmlar va matnlar (hikoya, referat va boshqalar)ni
«printer» deb ataluvchi qurilma yordamida qog'ozga chop etish mumkin.
Kino, klip, qo'shiq, musiqalardagi tovushlarni tovush chiqarish qurilmalari deb
ataluvchi karnay (kolonka) va quloqchin (naushnik)lar orqali eshitish mumkin.
Kompyuter qanday ishga tushiriladi?
Odatda kompyuterni ishga tushirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
® kompyuter
elektr manbayiga ulanadi;
® kompyuterning sistema blokidagi «Power» (© rasmli) tugmachasi bosiladi;
® monitor alohida ishga tushiriladigan bo'lsa, ©
uning rasmli tugmachasi
bosiladi.
142
Esda tuting! Kompyuterlarni ishga tushirayotganingizda elektr tokidan
nihoyatda ehtiyot bo'ling.
I.
Amaliy ish:
Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:
1.
Monitorning vazifasi nimalardan iborat?
2.
Klaviaturada nimalar bor va uning vazifasi nimalardan iborat?
3.
Sistema bloki haqida so 'zlab beting
4.
Protsessor haqida so 'zlab bering.
5.
Ma'lumotlar kompyuterning qaysi qurilmalarida saqlanadi?
6.
Disketa va vinchester nima uchun tashqi xotira deb ataladi?
7.
Kompyuterning qanday tashqi xotiralarini bilasiz?
8.
Ma 'lumotlami qog'ozga chop etish uchun qanday qurilma ishlatiladi?
9.
Sichqoncha haqida so 'zlab bering.
10.
Kompyuterni ishga tushirish ketma-ketligini so 'zlab bering.
MASHQLAR
1.
Chap ustundagi qurilmalami
о 'ng ustundagi xususiyatlariga mos qo'ying.
Monitor
televizor ekraniga o'xshash vazifani bajaradi, ya'ni chizilayotgan
rasm, yozilayotgan harflar, ko'rilayotgan
film unda namoyon
bo'lib boradi
Klaviatura
ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan klavislilardan
iborat
uning yordamida kompyuterga turli ma'lumot va buyruqlar
kiritiladi
Sistema
bloki
himoya g'ilofiga o'ralgan elektron
sxemalar va qurilmalardan
iborat