15-amaliyot O‘zgarmas tok mashinalarini yakor chulg‘amlari va ularning turlari




Download 107.02 Kb.
bet1/2
Sana31.10.2023
Hajmi107.02 Kb.
#91479
  1   2
Bog'liq
15-amaliyot
Ozgarmas-tok-generatorlari.Qisqa-tutashgan-va-faza-rotorli-dvigatellar., 89923, Nafas olish fermentlari va ularni xossalari

15-amaliyot
O‘zgarmas tok mashinalarini yakor chulg‘amlari va ularning turlari
Qo‘zg‘atish chulg‘ami hosil qilgan magnit maydonda aylanishi natijasida chulg‘amda EYK hosil bo‘ladigan qismi O‘T mashinasining yakori deyiladi. O‘T mashinalarida barabanli yakor qo‘llaniladi. Bunday yakor chulg‘amining o‘tkazgichlari magnit o‘tkazgichining tashqi silindrik sirtidagi pazlarda joylashadi. Bu chulg‘amda ketma-ket ulangan alohida elementlar yakorning butun aylanasi bo‘yicha bir tekis taqsimlangan bo‘ladi.
Yakor chulg‘amining asosiy elementi seksiyadir. U bir-biridan izolyatsiyalangan bir yoki bir necha o‘ramlardan iborat bo‘ladi. Chulg‘amdagi hamma seksiyalar odatda bir xil sondagi o‘ramlar ws ga teng bo‘ladi. Seksiyalarning pazlarda yotgan qismi uning aktiv tomonlari deb, ularni birlashtiruvchi qismlari esa pazlardan tashqari tomonlari deb ataladi.
Chulg‘amning pazlardan tashqari tomonlarini joylashtirish qulay bo‘lishi uchun yakor chulg‘ami ikki qatlamli qilib tayyorlanadi. Yakorning tashqi sirtiga yaqin joylashgan qatlamni yuqorigi qatlam deb ataymiz. Bunda har qaysi seksiyaning chapdagi aktiv tomonini bir pazning yuqorigi qatlamida, o‘ng tomondagi aktiv tomonini esa chulg‘am qadamiga teng masofadagi boshqa pazning pastki qatlamida joylashtiriladi. Chulg‘am qadami taxminan qutb bo‘linmasining eni  ga teng (y1 ) bo‘ladi (5.7,b-rasm). Qutb bo‘linmasi – bu qo‘shni geometrik neytral chiziqlari orasidagi yakor aylanasi bo‘yicha o‘lchangan masofadir, ya’ni  = Da / (2p), [m].
Seksiyalarning uchlari kollektor plastinalariga ulanadi, bunda har qaysi plastinaga bitta seksiyaning boshi va ikkinchi bir seksiyaning oxiri ulanadi, ya’ni har qaysi seksiya (S) ga bitta kollektor plastinasi (K) to‘g‘ri keladi (S=K).
Sxemalar tuzish, ularni o‘qish va yakor chulg‘ami tayyorlash qulay bo‘lishi uchun «elementar paz» tushunchasi kiritiladi. Elementar paz – bu real pazda bir-birining ustida yuqorigi va pastki qatlamlarda joylashgan (5.7-rasm) turli seksiyalarning ikkita aktiv tomonidir. Real pazda bitta yoki bir necha elementar paz (yr) bo‘lishi mumkin. Eng oddiy holda real pazda bitta elementar paz (yr=1) turadi, demak, Z = Ze bo‘lganligidan quyidagini yozish mumkin:
Z = Ze = S = K, (5.4)
biroq to‘g‘rilangan kuchlanish va tokning pulsatsiyalanishini kamaytirish maqsadida pazning har qaysi qatlamida yonma-yon tarzda seksiyalarning bir
necha (yr = 25) tomonlari joylashtiriladi. Bunda elementar pazlar va
kollektor plastinalari soni real pazlar soniga qaraganda yr marta ko‘payadi:
Ze= yrZ = S = K, (5.5)
bu yerda ur – bitta real pazdagi elementar pazlar soni.
Chulg‘amlarni hisoblashda mashina qutb bo‘linmasining uzunligi  ni elementar pazlar soni orqali ifodalash qulaydir, ya’ni
 = Ze / (2p). (5.6)
Ma’lumki, yakor chulg‘amlarining o‘tkazgichlarida elektromagnit induksiya hodisasiga binoan o‘zgaruvchan EYK lar hosil bo‘ladi va EYK o‘zgarishining har bir davriga mashina qutblarining bir jufti « p » to‘g‘ri kelganligi sababli, geometrik va elektr burchaklarini umumiy holda quyidagicha yozish mumkin: 360 geom.= p360 el., bundan geom. = pel .

5.7-rasm.Yakor bitta (
Download 107.02 Kb.
  1   2




Download 107.02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



15-amaliyot O‘zgarmas tok mashinalarini yakor chulg‘amlari va ularning turlari

Download 107.02 Kb.