16-mavzu: web-sahifalarda animatsiyalar va ularni o’rnatish




Download 485.35 Kb.
bet1/3
Sana25.02.2023
Hajmi485.35 Kb.
#43503
  1   2   3
Bog'liq
16-mavzu web-sahifalarda animatsiyalar va ularni o’rnatish
obshi titulniy, Israilova Shirin

16-mavzu: web-sahifalarda animatsiyalar va ularni o’rnatish.
Bugungi kunda web-sahifalar uchun animatsiyalar yaratish va ularni bezashda Java Script, Macromedia Dreamweaver, Macromedia Flash kabi dasturiy vositalardan foydalaniladi. Ushbu dasturiy vositalar yordamida web-sahifa yaratish, ularga rasmli, grafikli ma’lumotlarni turli usullarda joylashtirish va animatsiyalar yaratish hamda ulari o`rnatish usullari, tovushli ma’lumotlarni joylashtirish, web- sahifalarni o`zaro bir-biri bilan bog`lash kabi imkoniyatlarga ega.
Adobe Flash dasturga turli rasmlar, jadvallar, audio, video fayllar o`rnatish hamda matn kiritish imkoniyatlari mavjud.
6.5.1-rasm. Adobe Flash dasturining umumiy ko`rinishi.

Adobe Flash dasturida quyidagilar uchun foydalaniladi.



  • Giper bog`lanishlar o`rnatish uchun – Hyperlink;

  • Rasmlarni joylashtirish – Images;

  • Jadvallar yaratish –Table;

  • Animatsiya effektlari va tugmalarni joylashtirish – Media:Flash.

Ishchi sohaga rang berish uchun sichqonchaning o`ng tugmasi bosilib, hosil bo`lgan ro`yxatdan Page Properties... bandi tanlanadi. Oynaning Appearance bandiga o`tib kerakli ranglar tanlanadi.
Tovushli ma’lumotlarni joylashtirish uchun esa Insert—>Media—>Flash video... ketma-ketligi tanlanadi.
Adobe Flash dasturi vektorli grafikadan foydalanishga asoslangan texnologiyadir. Adobe Flash dasturi eng samarali grafik formatlardan bo`lmasa-da, SWF formati foydalanuvchilarga cheklanmagan grafiklar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo`lib, web-sahifa va web-sayt yaratish uchun eng qulay dasturiy vositalardan biri hisoblanadi. Ushbu dasturiy vositaning qulayligi shundan iboratki, web-sahifa yaratish uchun barcha bezak va animatsiya effektlarini o`zida yaratish hamda hisob ishlarini bajarish uchun dasturlash imkoniyatlariga ega. Shuningdek, u barcha brauzerlarda ochilishi, yuklanish darajasi tezligi hamda ma’lumotlarni xatosiz namoyish eta olishi bilan boshqa dasturiy vositalardan ajralib turadi. Jihozlar panelining vazifalari quyidagi jadvalda aks etgan:

6.5.2-rasm. Adobe Flash dasturining uskunalar satri.



6.5-jadval. Adobe Flash dasturining uskunalar satri instrumentlari vazifasi


Adobe Flash dasturining jihozlar panelida tasvirlarni chizish va ularga rang berish hamda matnli ma’lumotlarni yozish uchun mo`ljallangan uskunalar joylashtirilgan bo`lib, u to`rt qismdan iborat:

  1. Tools - bu qismda to`g`ri chiziq, egri chiziq, aylana, ellips, to`rtburchak chizish, matn yozish, belgi va shakllarni belgilash, chizilgan shakllarni o`chirish ishlarini amalga oshirish mumkin.

  2. View - bu qismda ishchi sohadagi tasvirlarni ko`rish va boshqarish mumkin.

  3. Colors - bu qismda chizilgan shakllar chegarasi va sohalariga rang berish mumkin.

  4. Options - bu qismda ba’zi bir tanlangan jihozlar uchun qo`shimcha parametrlarni o`rnatish elementlari joy lashtirilgan.

Qo`shimcha parametrlar bo`lmagan uskunalar uchun Options maydoni bo`sh qoladi. Adobe Flash dasturida grafik obyektlarning qo`shimcha imkoniyatlarini tahrirlash uskunasining Properties bo`limida amalga oshirish mumkin.
Adobe Flash dasturida yaratilgan web-sahifalarga tayyor rasmlarni joylashtirish uchun quyidagi ketma-ketlik bajariladi:
File—>Import—>Import to stage... yoki Ctrl+R tugmalarni bosish orqali rasm joylashtirilgan joy tanlanadi va kerakli rasm belgilanib, Открыть tugmasi bosiladi. Rasmning o`lchamlari Properties bo`limining W: va H: qatoridan foydalanib o`zgartiriladi. Adobe Flash dasturida har xil belgi, qo`shimcha tugmalar va web-sahifaga kalendar joylashtirish uchun Windows—>Components ketma-ketlik tanlanadi.
Web-sahifalarga mo`ljallangan animatsiyalar yaratishda Adobe Flash dasturidan foydalanish samarali hisoblanadi. Adobe Flash dasturida eng sodda animatsiyalar yaratishni bir nechta bosqichlarda amalga oshirish mumkin. Murakkab animatsiyalar yaratish uchun sizdan biroz vaqt talab etiladi. Animatsiyalar yaratishda qavat Layer va kadrlar Framedan foydalaniladi.

Download 485.35 Kb.
  1   2   3




Download 485.35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



16-mavzu: web-sahifalarda animatsiyalar va ularni o’rnatish

Download 485.35 Kb.