16. Media yordamida shaxsiy biznes va tijorat ishlarini amalga oshirish




Download 16.04 Kb.
Sana24.02.2024
Hajmi16.04 Kb.
#161862
Bog'liq
Dinora ppt, Optika, 1 2 3 sinf Ona tili va o\'qish savodxonligiМетодик тавсия, 1.KIMYO TAQVIM20, Document 37, 1-ma\'ruza DTTL, AKADEMIK, Texnologiya-Pazandachilik-6-sinf-to-garak-34-soat, I-bob ayollar yelkali yengil kiyimlarini loyihalash va texnik mo, 10-Mavzu Internet xizmatlari va uning dasturiy ta\'minoti, Tadbirkorlik faoliyati imkoniyatlari va uning foydasini aniqlash, Tadbirkorlik etikasi va madaniyati., portal.guldu.uz-«KIMYO» fanidan Laboratoriya mashg’ulotlari uchun uslubiy ko’rsatma, audit, o\'zbek tilining sohada qo\'llanilishi

16.MEDIA YORDAMIDA SHAXSIY BIZNES VA TIJORAT ISHLARINI AMALGA OSHIRISH
Elektron tijoratning jahon iqtisodiyotiga ta'sirini aniqlash, ushbu sohadagi dolzarb masalalarni ko'rib chiqishdan, avval, “elektron tijorat”, “elektron biznes”, “elektron tijorat” kabi asosiy tushunchalarni izohlashimiz kerak. Y.Nanehkaranning ta’kidlashicha, “elektron tijorat inson hayotini tubdan o‘zgartirgan kuchli innovatsion jarayon bo‘lib, elektron tijorat ham iqtisodiy sohada axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari inqilobining asosiy mezonlaridan biridir”
1 . J.Ritterning ta'kidlashicha, “Elektron tijorat yoki elektron savdo – bu Internetda tovarlar va xizmatlarni sotib olish va sotish hamda Internet platformasida iste’molchilaar tomonidan narxlarni solishtirish va eng so'nggi ma'lumotlarni ko'rish uchun ma'lumot manbai”
2 . Toʻgʻrirogʻi, elektron tijorat internet orqali tovarlar va xizmatlarni sotib olish va sotishni, shuningdek, transchegaraviy xususiyatlarga ega boʻlgan va maʼlum bir mamlakatning chakana eksportini osonlashtiradigan savdo turini oʻz ichiga olgan biznes turidir. Shunday qilib, yangi telekommunikatsiya texnologiyalari va qurilmalarning ixtiro qilinishi, shuningdek, savdoning zamonaviy turi paydo bo'lishiga yordam berdi, unda kompaniyalar va iste'molchilar uchun juda ko'p afzalliklar yaratildi, ammo boshqa jihatdan ba'zi kamchiliklar va jiddiy muammolarning paydo bo'lishiga olib keldi. R.Mensel elektron tijoratning ijobiy ta'sirini qayd etib, shuni koʻrsatadiki, ushbu turdagi savdo allaqachon mijozlarga xizmat koʻrsatishdan tortib, yangi mahsulotlarni ishlab chiqishgacha boʻlgan biznesning barcha sohalarida namoyon boʻlmoqda. Elektorn tijorat onlayn reklama hamda marketing, onlayn buyurtma qabul qilish, onlayn xizmat koʻrsatish kabi yangi ma'lumotlarga va xizmatlarga asoslangan biznes jarayonlarni yaratmoqda.
3 . Yuqorida qayd etilganlarga asoslanib, biz elektron tijorat virtual makonda an'anaviy biznes amaliyotlarini avtomatlashtirish va oʻzgartirishda asosiy xususiyatlardan biri ekanligini ta’kidlashimiz mumkin. Bundan tashqari, ushbu transformatsiyada vujudga keluvchi mavjud operatsiyalarning avtomatlashtirilishi, ya’ni raqamlashtirilishi biznes samaradorligini oshirmoqda. Shu jumladan, tijoratning raqamlashuvi muntazam ishlarni soddalashtirmoqda hamda chakana savdo uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilmoqda. Onlayn savdoning ijobiy tomoni shundaki, u operatsion xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Misol uchun taklif qilinayotgan infomahsulot yuklab olish uchun mavjud boʻlsa, u holda logistika xarajatlari butunlay bekor qilinadi. Bozorlarda onlayn savdoni amalga oshirish jarayonida iste’molchilar tovarlar narxini taqqoslash, komissiya uchun chegirma olish kabi juda qulay xizmatlardan foydalanishlari mumkin. Darhaqiqat, yuqoridagi ijobiy omillar foydalanuvchilar tomonidan tovar va xizmatlarni xarid qilishdan tashqari, tadbirkorlikni joriy etish uchun qulay shartsharoitlarni toʻliq ta’minlamaydi. Internetda ushbu turdagi faoliyatni targ'ib qilish uchun xavfsizlikni ta'minlash va xavfsizlikni qoʻllab-quvvatlash ahamiyatli masalalardan biri boʻlib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan, xavfsizlik deganda foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarining xavfsizligi, shuningdek, xavfsiz tranzaktsiyalarni ta'minlash boʻyicha chora-tadbirlar majmui tushuniladi. Ta'kidlash joizki, xavfsiz onlayn doʻkon mijozlarga optimal xizmat koʻrsatishni ta'minlaydi, bu esa savdo hajmini oshirishga olib keladi va mijozlar bilan ijobiy munosabatlar oʻrnatish imkonini beradi
4 . Bundan tashqari, koʻpgina platformalarda mahsulot sifati uchun kafolatlar deyarli yoʻq. Deyarli, har bir platformada siz pochta joʻnatmalaridagi tovarlarning shikastlanishi va tovarlar sifatidagi farq haqida sharhlarga duch kelasiz, ya’ni sotilayotgan tovar farqli sifat va ko’rinishga ega bo’lishi mumkin. Shunga qaramasdan, davlatlararo chegaralarni oʻchirib tashlayotgan elektron tijorat – foydalanuvchilarga butun dunyo boʻylab onlayn xaridlarni qulay tarzda amalga oshirish imkonini bermoqda
Xitoy va AQShdan soʻng, elektron tijorat sohasidagi tahlillarga koʻra, reytingda keyingi oʻrinda kunchiqar yurt – Yaponiya joylashgan. Elektron tijoratning umumiy daromadi 2 1 milliard dollarni tashkil qiladi. Undan keyingi oʻrinlarni, 2022-yil tahliliy ma’lumotlariga ko’ra, Germaniya va Buyuk Britaniya egallab, jahon elektron tijorat bozorida 148 milliard dollar va 143 milliard dollar bilan kuchli beshlikni yakunladi. Janubiy Koreya esa, elektron tijoratdan 118 milliard dollarlik daromad bilan oltinchi oʻrinni egalladi. Hindiston 2022-yil tahlillariga ko’ra, 97 milliard dollar bilan yettinchi oʻrinda turdi13. Ushbu davlatlardan so’ng birinchi oʻnlikni Indoneziya, Fransiya va Kanada 96,59,59 milliard dollar bilan yakunladi
Download 16.04 Kb.




Download 16.04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



16. Media yordamida shaxsiy biznes va tijorat ishlarini amalga oshirish

Download 16.04 Kb.