• Efir moylarni aniqlash
  • Tasvirlanishi
  • Fenol birikmalar miqdorini aniqlash
  • 17- amaliy mashģulot Mavzu: Kavrak suti va òrik shirasini olish texnologiyasi




    Download 2.39 Mb.
    Sana29.01.2023
    Hajmi2.39 Mb.
    #40065
    Bog'liq
    17- Amaliy mash-WPS Office

    17- Amaliy mashģulot

    Mavzu: Kavrak suti va òrik shirasini olish texnologiyasi

    Kavrak -(Ferula) turkumi Selderdoshlar - Apiaceae oilasiga mansub kòp yillik òt òsimlik.Kavrakning yer yuzida 160dan ziyod turi Òrta Osiyo republikalarida 104 turi respublikamizda esa 50 turi uchraydi. Smola-yelim olishda sassiq kavrak kòxiston kavragi kabi turlaridan foydalaniladi.Kavrak respublikamizning Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Toshkent, Navoiy va Qoraqalpoģiston respublikasining chòl, adir, toģ va toģ oldi hududlarda tarqalgan.

    Ildizidan olingan yelim-smola (qurigan sut-shirasi ) Assa-foetida smolalardan yelimdan efir moyidan va boshqa birikmalardan tarkib topgan. Yelim-smola efir moyi tarkibidagi òsimlikka sarimsoq hid beruvchi organik sulfidlar, pinen kumarinlar va boshqa birikmalardan tashkil topgan. Yelim-smola tarkibi 9.5 -65.15%gacha smolalar 12-48% yelim va 5.8-20% efir moyidan tashkil topgan.

    Efir moylarni aniqlash

    Efir moylari xushbòy moddalar aralashmasidan iborat bòlib, asosan terpenoidlar qisman aromatik va alifatoaromatik moddalardan iborat. Efir moylari òsimlik xom ashyosidan suv yoki suv buģi bilan birga haydash, organik erituvchilar bilan ekstaksiya qilish, presslash va boshqa usullar bilan olinadi.

    Tasvirlanishi

    Rangsiz yoki tiniq suyuqlik, òziga xos hidga va mazaga ega, sekin-asta oksidlanib, rangi va hidi òzgarib qolishi mumkin. Bazi efir moylari turishi natijasida quyuqlashib qolishi mumkin

    Eruvchanligi

    Efir moylari suvda juda kam yoki amaliy jihatdan erimaydi, spirt, efir va boshqa organik erituvchilarda oson eriydi. Ularning spirtdagi eruvchanligi quyidagicha aniqlanadi: hajmi 10ml bòlgan òlchov silindriga 1ml efir moyi olinib, efir moyi erigunicha 0.1mldan malum konsentratsiyadagi spirtdan tomchilab quyib boriladi.

    Fenol birikmalar miqdorini aniqlash

    Hajmi 200-250 ml bòlgan òlchov kolbasidagi 5ml tekshiriluvchi efir moyiga 150ml 5% li natriy gidroksid eritmasidan qòshilib 15minut davomida yaxshilab chayqatiladi. Sòngra eritma tindiriladi va efir moyi, 5%li natriy gidroksid eritmasidan qòshilib kolbaning graudirlangan bòyniga yetkaziladi. 1soatdan sòng efir moyining ishqor bilan kirishmay qolgan qismining hajmi aniqlanadi.


    Download 2.39 Mb.




    Download 2.39 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    17- amaliy mashģulot Mavzu: Kavrak suti va òrik shirasini olish texnologiyasi

    Download 2.39 Mb.