• Gips asosidagi buyumlar
  • 17-mavzu: gips asosidagi buyumlar ma’ruza rejasi: Umumiy ma’lumotlar




    Download 186.6 Kb.
    bet1/4
    Sana27.02.2023
    Hajmi186.6 Kb.
    #43667
      1   2   3   4
    Bog'liq
    17-ma\'ruza
    АКТ бўйича саволлар, АКТ бўйича саволлар, АКТ бўйича саволлар, Oz betinshe, LOKAL TARMOQ TURLARI.docx 4.21, 14-seminar mashg\'uloti, NAVRO’Z BAYRAMI TARIXI, M. M. Abralov payvandlash materiallari (1), малака иши, Atoboyev Oybek BMI, Қишлоқ хўжалик машиналари, tarmoq texnologiyalari 4544, kurs ishi namuna, Kurs ishi Shoimov

    17-MAVZU: GIPS ASOSIDAGI BUYUMLAR
    Ma’ruza rejasi:

    1. Umumiy ma’lumotlar

    2. Gips asosidagi buyumlar

    3. Gips asosidagi buyum ishlab chiqarish texnologiyasi

    Gips bog`lovchisi ishlab chiqarish xom ashyo zahirasining bitmas tuganmasligi va energiyani boshqa turdagi bog`lovchi moddalarga nisbatan kam talab qilishi, buyumlar tayyorlash sikilining qisqaligi gips asosida yirik o`lchamli yig`ma elementlar olishga imkon beradi. Gips asosida tayyorlangan buyumlarning oʼrtacha zichligi kam boʼlgan holda, yetarli mustahkamlikka, issiqlik va tovush izolyatsiyasi xususiyatlariga ega boʼladi. Gips bogʼlovchisining oq rangda bыlishi, tarkibiga pigmentlar kiritib istalgan rangdagi buyumlar olishga imkon yaratadi. Gips buyumlarni oson arralash, teshish, qotish va boshqa mexanik ishlov berish mumkin. Gips buyumlarning eng afzal xususiyatidan biri uning ekologik tozaligi va inson organizmiga beziyonligidir.
    Gips asosidagi buyumlarning asosiy kamchiliklariga suv muhitiga chidamsizligi, nam taʼsirida kuch ostida vaqt boʼyicha plastik deformatsiyaning meʼyordan oshib ketishi kabilar kiradi, shu sababli ularni bino va inshootlarning nam tegmaydigan qismlarida ishlatish maqsadga muvofiqdir. Gips buyumlar xossalarini yaxshilash uchun tarkibiga mineral va organik mayda va yirik toʼldirgichlar qoʼshiladi.
    Gips buyumlar gips va gipsbeton asosida tayyorlanadi. Gips betonlar gips bogʼlovchisi va gʼovak mineral toʼldirgichlar va yengil organik toʼldirgichlar asosida tayyorlanadi.
    Mineral toʼldirgich sifatida yoqilgʼi va domna shlaklari, tuf va pemza chaqiq toshlari, chigʼanoqli ohaktosh, keramzit, perlit va boshqalar, organik toʼldirgich sifatida esa gipis, maydalangan poxol, qamish, makulatura va boshqalar ishlatiladi.
    Gips buyumlar tarkibiga toʼldirgichlarni kiritish mustaщkamlikni pasaytiradi; mustaщkamlikni oshirish maqsadida gips qorishmasi tarkibidagi suv miqdorini kamaytirish uchun titratish, presslash, vibropresslash kabi usullar qoʼllaniladi.
    Gips va gipsbeton buyumlar ishlab chiqarishda yuqori markadagi gipslar va gipsshlaki, gipssementputssolanli murakkab tarkibdagi bog‘lovchilar ishlatiladi. Murakkab bog‘lovchilar asosidagi buyumlar yuqori mustahkamlikka, namlik muhitiga chidamlilikka ega bo‘ladi.
    Gips va gipsbeton buyumlar ishlab chiqarishda yuqori markadagi gipslar va gipsshlaki, gipssementputssolanli murakkab tarkibdagi bog‘lovchilar ishlatiladi. Murakkab bog‘lovchilar asosidagi buyumlar yuqori mustahkamlikka, namlik muhitiga chidamlilikka ega bo‘ladi.
    Gips va gipsbeton buyumlar ishlatilish soxasiga nisbatan quyidagi turlarga bo‘linadi: pardadevorlar uchun plita va panellar; yopma buyumlar; devorlarni qoplash uchun listlar (gipsli quruq suvoq); devor toshlari va bloklari; issiqlik izolyatsiyasi buyumlari; arxitektura-bezak qismlari.
    Gips asosidagi buyumlar
    Gips asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarish tobora kengayib bormoqda. Gipsning tez qotib qolishi va uning yuqori shakllanish xususiyatlari ishlab chiqarish jarayonini qisqartirish, qoliplar aylanishini ko'paytirish, yig'ma katta qurilish elementlari ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish va qurilish narxini pasaytirish imkonini beradi. Nisbatan kichik hajmli gipsga asoslangan mahsulotlar ancha yuqori quvvatga, past issiqlik o'tkazuvchanlikka va yuqori ovoz o'tkazmaydigan xususiyatlarga ega; ularni ishlov berish oson (arralash, kesish, burg'ulash va boshqalar) va har xil ranglarda yaxshi bo'yalgan.
    - suvga chidamliligi past. Namlanganda, gips asosidagi mahsulotlarning mustahkamligi keskin kamayadi, shuning uchun ularni faqat quruq xonalarda ishlatish yoki namlikdan ishonchli himoya qilish mumkin.

    Download 186.6 Kb.
      1   2   3   4




    Download 186.6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    17-mavzu: gips asosidagi buyumlar ma’ruza rejasi: Umumiy ma’lumotlar

    Download 186.6 Kb.