18-ma’ruza 18. Meliorativ tizimlar loyihalarini gidrogeologik va injener-geologik asoslashning tamoyillari




Download 498.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana28.04.2023
Hajmi498.04 Kb.
#54643
  1   2   3   4
Bog'liq
ze2zHzOUxGU1N34vXvWoSY1lI87QOTpTHGYQc2HA
Коррозия метала и его виды, Crossword ppt Tursunova M 206 group, Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika. Abdushukurov A, Zuparov T, 1-maruza, Java Applet Reja, ҲИЛОЛА УМАРОВА, maktab, 109 namunaviy algoritm, 2, Aksiz solig\'i, Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, portal.guldu.uz-TAQDIMOT, 3 amaliy kiber (, 4 amaliy kiber


18-ma’ruza 
18.Meliorativ tizimlar loyihalarini gidrogeologik va injener-geologik 
asoslashning tamoyillari. 
18.1. Qidiruv tadqiqot ishlarida loyiha tuzishning turli bosqichlardagi vazifalari. 
Yerlarni sug‘orish, zaxini qochirish va suv bilan ta’minlash loyihalarini tuzish 
uchun yerlarning geologik tuzilishi, gidrogeologik va injener-geologik sharoiti 
to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lish lozim.
Tadqiqot (qidiruv) ishlari injener-gidrotexnik tomonidan berilgan texnikaviy 
topshiriqdan boshlanadi. Bu topshiriqda qurilish me’yorlari va qoidalarining 
talabalariga ko‘ra quyidagilar ko‘rsatiladi: 
1) Loyihalashtirish bosqichi, massiv yoki injenerlik inshooti joylashgan yerni va 
qidiruv maydonining chegaralari; 
2) Injenerlik inshootining maydonda joylashtirish tasviri va ko‘rsatkichlari (bir 
necha variantlarda, inshooot elementlarininng o‘lchamlari, zaminning chuqurligi, 
inshoot og‘irligining ta’sir kuchi); 
3) Maxsus o‘rganilishi lozim bo‘lgan tadqiqot masalalari (lyoss jinslaridagi 
cho‘kish hodisasi, maydonni zax bosishi, ularni butun maydon yoki kichik maydonlarda 
o‘zgarishini bashorat qilish va boshqalar); 
4) Qidiruv va tadqiqot ishlarining bajarilish muddatlari. 


Meliorativ tadbirlar loyihasini tuzish ikki bosqichda olib boriladi: 

Loyiha, ishchi loyihasi; 

Ishchi hujjatlari
Loyiha, ishchi loyihasi bosqichining vazifasi qabul qilingan variantdagi meliorativ 
tizim inshootlari, ishlab chiqilgan konstruktiv elementlar va meliorativ tadbirlar, 
gidrogeologik va injener-geologik jihatidan asoslanadi. 
Meliorativ tizimlarni qayta qurish loyihasini asoslash uchun qidiruv ishlari loyiha 
tuzishda hisobga olinishi shart bo‘lgan gidrogeologik va injener-geologik sharoitlarning 
o‘zgarishi yoritiladi.
Qidiruv ishlari jarayonida quyidagi dala ishlari o‘tkaziladi: 
a) Kompleks injener-geologik s’yomka, masshtabi 1:50000; 
b) Sug‘orish massivlarida quriladigan zax qochirish tizimlarini asoslash va bashorat 
qilish uchun maxsus gidrogeologik va injener-geologik tadqiqot ishlari; 
c) Loyiha qilinadigan inshootlar maydonida, yo‘nalishli injener-geologik qidiruv 
ishlari olib borish. 
Ishchi hujjatlari bosqichida qidiruv ishlarining vazifasi asosan tajriba ishlari va 
maxsus tadqiqot ishlaridan iborat bo‘ladi, bu esa qurilish ishlarini tashkil qilish 
sharoitini aniqlashtirish va yangi texnikani qo‘llash asosida qurilishning ilg‘or usullarini 
tanlashga imkon beradi.



Download 498.04 Kb.
  1   2   3   4




Download 498.04 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



18-ma’ruza 18. Meliorativ tizimlar loyihalarini gidrogeologik va injener-geologik asoslashning tamoyillari

Download 498.04 Kb.
Pdf ko'rish