• Asosiy matn Dori vositalarini saqlash sharoitlari va yaroqlilik muddati
  • 18-ma’ruza Dori vositalarining biosamaradorligiga sharoit va saqlash muddatining ta’siri. Dori vositalarining turg’unligini aniqlash Reja




    Download 18.02 Kb.
    bet1/2
    Sana25.01.2023
    Hajmi18.02 Kb.
    #39401
      1   2
    Bog'liq
    18маърузасаноат
    3-modul, 7-biologiya 2023, 7-fizika 2023, 2-ma\'ruza, Pedagogik dasturiy vositalar fanidan oraliq nazorati savollari, BIZNING 1, I Variant, amalyot.1, 12qw, Relyatsion algebra va relyatsion xisoblash elementlari-fayllar.org, 2-amaliy mikro..., Loyiha pasporti. eliktr stansiya, mikromary=uza, mustaqil ish2

    18-ma’ruza
    Dori vositalarining biosamaradorligiga sharoit va saqlash muddatining ta’siri. Dori vositalarining turg’unligini aniqlash
    Reja:
    1.Dori vositalarini saqlash sharoitlari va yaroqlilik muddati
    2.Dori vositalarining turg’unligini aniqlash
    Asosiy matn
    Dori vositalarini saqlash sharoitlari va yaroqlilik muddati
    Dori vositasining turg‘unligi davomiy saqlashda sodir bo‘ladigan fizik yoki kimyoviy jarayonlarni tahlil qilish orqali o‘rganiladi. Turg‘unlik dori moddasida asosiy komponentlar va parchalanish mahsulotlari miqdorlarini aniqlash orqali baholanadi. Oddiy sharoitlarda dori moddalarining parchalanishi juda sekin davom etadi. Bu turg'unlik nuqtayi nazaridan ijobiy holat. Lekin tadqiqotlar davomida bu holat ayrim noqulayliklar tug‘diradi, chunki bunda juda kam miqdorlarda parchalanish mahsulotlari hosil bo‘ladi. Turg‘unlik bo‘yicha tadqiqotlar natijalari dori vositasining normativ hujjatlarini (FM, VFM) yaratishda, dori moddasi va uning destruksiya mahsulotlarini aniqlash uchun analitik usullarini hamda qadoqlash va o ‘rash mahsulotlarini tanlashda zarur bo‘ladigan saqlash sharoitlarini, qayta nazorat qilish vaqtlarini va yaroqlilik muddatlarini belgilash maqsadida qo‘llaniladi.
    Dori vositasining birlamchi yaroqlilik muddatlari, va shu bilan birga, saqlash sharoitlari ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan turg‘unlikni o‘rganish natijalariga asoslangan holda belgilanadi. Qoidaga ko‘ra avval yaroqlilik muddati emas, balki qayta nazorat vaqti belgilanadi (noturg‘un biologik substansiyalardan tashqari). Tayyor dori vositalari uchun yaroqlilik muddatini 5 yildan ortiq muddatga belgilash tavsiya etilmaydi. Turg‘unlikni aniqlash jarayoni dori moddasini, dori turini va qadoqlash-o‘rash tizimining o'ziga xosliklaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Har xil seriyadagi substansiyadan ishlab chiqarilgan dori turlari sinovdan o‘tkaziladi. Agarda qadoq tashqi muhit ta’sirlarini o‘tkazmaydigan to 'siq vazifasini bajaradigan bo'lsa (ampula), namlik ta’siri o‘rganilmaydi. Eritmalar uchun turg‘unlikka past haroratlar ta’sirini o'rganish nazarda tutilgan bo'lishi zarur.
    Dunyo bozoriga yo‘naltiriladigan yangi dori vositalari va djeneriklami tadqiqot dasturlari o‘z ichiga 12 oydan kam bo‘lmagan davomiylikda IV iqlimiy zonaga mos harorat va namlikda o‘tkazilgan davomiy sinovlarni hamda muvofiq namlikda davomiy sinovlardan 15°C yuqori haroratda 6 oydan kam bo‘lmagan
    davomiylikda o‘tkaziladigan sinovlarni o‘z ichiga olishi zarur. Sinov natijalariga
    ko'ra tayyor mahsulot yorlig‘iga saqlash sharoitlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
    Turli guruh dori vositalarini saqlash sharoitlariga qo’yilgan talablar, ularning tashqi omillar ta‘sirida fizik-kimyoviy xususiyatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ushbu talablar barcha dori vositalari muomalasi bilan shug’ullanuvchi subyektlar uchun taaluqli.
    Dori vositalarini fizik, fizik-kimyoviy va tashqi ta‘sir omillariga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: yorug’likdan, namlikdan, uchib ketishdan va qurishdan, yuqori va past haroratdan, gaz ta‘siridan saqlanishni talab etadigan; hidli, bo’yovchi va dezinfeksiya vositalari. Har bir guruhga muvofiq saqlash sharoitining belgilanishi talab etiladi.
    Tayyor dori vositasini saqlash sharoitlari farmakopeya maqolalarida keltirilgan talablarga javob berishi lozim. Tabletka, draje va boshqa dori vositalari muvofiq qadoqlangan holda quruq, yorug’likdan himoyalangan joyda 25°C yuqori bo’lmagan haroratda saqlanishi lozim. Plazma o ‘rnini bosuvchi eritmalarni – 40oC
    haroratda, ekstraklar 12 -15°C, uchuvchan moddalar saqlovchi surtmalar 10°C gacha, aerozollar 3- 20°C haroratda olovdan va isitish uskunalaridan uzoqda saqlanishi lozim.
    Yorug’lik ta ‘siridan himoyalashni quyidagi dori vositalari uchun talab etiladi: nitritlar, nitratlar, kislorod saqlovchi galogen hosilalari, nitro- va nitrozo birikmalar, fenollar, amidlar va aminobirikmalar, fenotiazin hosilalari, kortikosteroidlar, vitaminlar, antibiotiklar, efir va yog’li moylar hamda galen va organopreparatlar. Yorug’lik ta ‘sirida bu dori moddalari oksidlanadi, buning natijasida farmakologik
    aktivligi yo‘qoladi, mutlaqo boshqa moddalar yoki organizmga zaharli ta‘sir etuvchi moddalar hosil bo’lishi mumkin.
    Oksidlovchilarga ta ‘siri jihatidan bu guruh dori moddalari to‘q sariq rangli shisha idishlarda yoki metall idishlarda, yoki alumin folgali yoki polimer materialdan ishlab chiqarilgan to‘q rangga bo’yalgan idishlarda saqlanishi lozim. Odatda, ularni saqlash uchun qorong’i xonalar, ichi qora rangga bo’yalgan yorug’lik o‘tkazmaydigan qutilar va shkaflar qo’llaniladi. Yorug’likka ayniqsa ta‘sirchan moddalar (kumush nitrat, neostigmin) qora yorug’lik o‘tkazmaydigan shisha idishda saqlanadi. Lekin ayrim dori vositalar masalan, temir (II) preparatlari aksincha, och rangli idishda yorug1lik nuri ta‘sirida saqlanishi talab etiladi.
    Namlikdan quyidagi dori moddalarining saqlanishi talab etiladi: gigroskopik va gidrolizlanuvchi, yengil oksidlanuvchan dori moddalari, masalan, nitrat va nitrit, fosfat va galogenovodorod kislota tuzlari, kaliy atsetat, bir guruh alkaloidlar, glikozidlar, fermentlar, antibiotiklar, quruq organopreparatlar. Shu jumladan, suvda yengil eruvchan va farmakopeya maqolalarida suv miqdori me‘yorlashtirilgan dori vositalarni ham namlikdan saqlash lozim. Atmosferaning suv parlaridan himoyalash, namlik o ‘tkazmaydigan materiallardan ishlab chiqarilgan idishlarga (shisha, metall, alumin folga, plastmassa) qadoqlangan holda quruq, salqin va mahkam yopilgan idishlarda saqlanishi natijasida erishish mumkin.
    Bir qator dori vositalari saqlash davomida uchib ketishi mumkin (yod, yodoform, kamfora, bromkamfora, mentol, timol, xloralgidrat, metil salitsilat). Ularni salqin germetik yopilgan va uchuvchan moddalar uchun o‘tkazmaydigan idishlarda saqlanadi. Bu guruhga etil spirti, har xil spirtli eritmalar, uchuvchan moddalar eritmalari (ammiak, formaldegid, xlorid kislota, efir moylari); suv miqdorining pastki me’yorlari belgilangan va uchuvchan moddalar hosil bo’lish bilan parchalanadigan dori moddalari (yodoform, natriy gidrokarbonat, vodorod peroksid, xloramin B). Kristallogidratlar havo namligining miqdoridan kelib chiqqan holda namlikni tortishi yoki yo’qotishi mumkin, har qanday holda ham bu uning sifatining buzilishiga olib keladi. Shuning uchun kristallogidratlarni germetik yopilgan idishlarda, salqin joyda yoki havo nisbiy namligi 50—55% bolgan xonada saqlash lozim.
    Ayrim dori vositalarini yuqori harorat ta ‘siridan saqlash lozim.Ularga barcha saqlash jarayonida yengil eriydigan va uchuvchan dori moddalari: surtmalar, yog’lar, moylar, shu bilan birga vitaminlar, glikozidlar, gormonlar, antibiotiklar, bakteriyali, immunobiologik va organopreparatlar kiradi. Ko’rsatilgan guruh dori
    moddalarining yorlig’ida yoki qo’llash bo’yicha yo’riqnomasida ko’rsatilgandek xona haroratida (18—20°C) yoki undan ham past haroratda (12—15°C dan, 3—5°C gacha) saqlanishi lozim.
    Qator dori vositalarining fizik-kimyoviy xossalarining o ‘zgarishini oldini olish maqsadida past harorat ta‘siridan saqlash lozim (formaldegidning 4% li eritmasi, insulin eritmasi, muzli sirka kislotasi, yog’li moylar va boshqalar). Atrof-muhit tarkibida bo’lgan gazlar ham dori vositasiga saqlash davomida ta‘sir ko’rsatishi mumkin. Havo tarkibidagi kisloroddan quyidagi dori moddalarini saqlash lozim: molekulasida to’yinmagan bog’lar saqlovchi, fenol va polifenol hosilalari, tiollar hamda tarkibida tioefir yoki tioketonli oltingugurt saqlovchi dori moddalari, shu jumladan morfin va uning hosilalari, fermentlar va organopreparatlar.
    Havo tarkibidagi karbonat angidriddan quyidagi preparatlarni saqlash lozim: ishqoriy metallar tuzlari va kuchsiz organik kislotalar (sulfanilamidlarning natriy tuzlari va barbitur kislota) hosilalari, purin hosilalari (aminofilin), magniy, rux, qo‘rg’oshinning anorganik preparatlari. Bu dori vositalarini quruq xonada gaz o‘tkazmaydigan idishlarda, qopqog’igacha to‘ldirilgan holda saqlanadi. Idish germetik yopilgan, qopqog’i parafinlangan bo’lishi lozim. Shunday tiqinlash kislorod bilan oksidlanadigan va boshqa gazlardan saqlanishi lozim bo’lgan dori moddalariga talab etiladi. O‘tkir hidli dori moddaiarini hid o‘tkazmaydigan, germetik yopilgan idishda, qorong’i joyda, alohida, nomlangan holda saqlash lozim. Bo’yovchi dori vositalar qatoriga oddiy sanitar-gigiyenik ishlov berishda yuvilmaydigan idishda, tiqinlovchi vositalarda, uskunalarda va boshqa predmetlarda bo’yalgan iz qoldiradigan dori vositalar kiradi (indigokarmin, metil ko’ki, brilliant ko’ki). Ularni quruq xonada, mahkam yopilgan idishda, maxsus shkafda saqlash lozim. Ular bilan ishlash uchun alohida anjomlar ajratiladi (tarozi,
    hovoncha va boshqalar). Dezinfeksiyalovchi vositalar (xloramin B, xlorli ohak va boshqalar) germetik yopilgan idishda, salqin, yorug’likdan himoyalagan joyda, alohida xonada, tozalangan suv va inyeksion suvlarni olish joyidan uzoq joyda saqlanishi lozim.
    Quruq dorivor o‘simlik xom ashyosi farmakopeya maqolasida ko’rsatilgan talablarga javob beradigan shamollatiladigan xonada mahkam yopilgan idishda saqlanishi lozim. Zaharli va kuchli ta ‘sir etuvchi dorivor o‘simlik xom ashyosi alohida qulflanadigan joyda saqlanadi. Yog’li moylar, gigroskopik xom ashyo, suvli meva, yurak glikozidlari saqlovchi dorivor o’simlik xom ashyolari alohida o ‘ziga xos saqlash sharoitlariga egadir. Barcha dorivor o‘simlik xom ashyolari farmakopeya talablariga muvofiq joriy nazoratdan o ‘tkazilib turilishi lozim.
    Dori vositalarni, ayniqsa yoruglikka sezuvchan va termolabil dori vositalarni bemorlar tomonidan uy sharoitida saqlash tartibiga katta ahamiyat berish lozim. Dori vositasini berilayotgan vaqtda uy sharoitida ushbu dorini saqlash qoidalarini aytib o’tish lozim.
    O‘z-o‘zidan yonish yoki tashqi manba ta‘siridan yonish xususiyatiga ega dori vositalar — yong’indan xavfli, portlashga layoqatliklari esa portlashdan xavfli dori vositalar sirasiga kiradi.
    Portlashdan xavfli dori vositalari portlovchi moddalar (nitroglitserin) va portlashdan xavfli (kumush nitrat, kaliy permanganat) turlariga bolinadi. Yong’indan xavflilari esa yengil alangalanuvchi (etanol va uning eritmalari, nastoykalar, spirtli va efirli ekstraktlar, tibbiyot efiri, skipidar, sut kislotasi, xloretil, kollodiy, kleol, Novikov suyuqligi, organik moylar, rentgen plyonka) va yengil yonuvchi (oltingugurt, glitserin, o’simlik moylari, bog’lov materiallari, dorivor o ‘simlik xom ashyosi) turlarga bolinadi.
    Turg‘unlikni o‘rganishning asosiy maqsadi — tashqi muhit ta’sirlarida (harorat, namlik, yorug‘lik) ma’lum vaqt davomida dori vositasi sifatini o‘zgarishi haqidagi ma’lumotlarni olish. Bu maqsadga erishish uchun uch turdagi sinovlar amalga oshiriladi: stress-testlar, tezlashtirilgan sinovlar, davomiy sinovlar.

    Download 18.02 Kb.
      1   2




    Download 18.02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    18-ma’ruza Dori vositalarining biosamaradorligiga sharoit va saqlash muddatining ta’siri. Dori vositalarining turg’unligini aniqlash Reja

    Download 18.02 Kb.