18-mavzu. Mumifer tabletkasining biosamaradorligini aniqlash




Download 193.99 Kb.
Sana03.02.2022
Hajmi193.99 Kb.
#17017
Bog'liq
Doc1, Reja burg`ulash qurilmalarining keng tarqalgan turlari, Формы коррупции. Виды коррупции. tayyor, DISKRET 3, 3b.ru.uz

18-mavzu.Mumifer tabletkasining biosamaradorligini aniqlash

Toshkent Farmatsevtika instituti Markaziy Osiyoda mikroelement saqlagan kompleks brikmalarni sintez qilish, tarkibini o'rganish va amaliyotga tatbiq qilish bo'yicha etakchi o'rinni egallaydi. Institut olimlari tomonidan sintez qilingan va amaliyotga tatbiq etish uchun taklif etgan preparatlardan feramid, kupir, piratsin, sinopir, koamid, kogistin, pirofer va boshqalarni misol tariqasida keltirish mumkin. Bizni mintaqamizda eng ko'p tarqalgan xastalik kamqonlikdir. yuqorida nomlari zikr etilgan preparatlar asosan temir yetishmovchiligi bilan bog'liq bo'lgan kamqonlikni davolashga tavsiya qilingan. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar askofer (askorbin kislotasini feramid bilan aralashmasi), mumifer (mumiyoni feramid bilan aralashmasi), feraskafol (feramidni askorbin kislotasi, koamid va fol kislotalari bilan aralashmasi) tabletkalarining antianemik faolligi, bu preparatlarning o'ziga qaraganda biosamaradorligi ancha yuqori bo'lishini ko'rsatadi.


Bugungi kunda nisbatan qattiq, dozalangan, og‘iz orqali qabul qilinadigan dori vositalarini biofarmatsevtik ko‘rsatkichlarini in vitro sharoitlarida o‘rganish uchun 200 ga yaqin usullar va asbob-uskunalar taklif etilgan. Shulardan dori vositalarini eruvchanlik testini aniqlash bo‘yicha taklif etilgan “Aylanuvchan kajava” usuli qator e’tirof etilgan xalqaro farmakopeyalarga (NF, USP, BP, EuP va boshqalarga) kiritilgandir. Bu usul bizning respublikamizda ham rasmiy usul hisoblanadi. “Aylanuvchan kajava” usulining bu darajada keng qo‘llanilishining asosiy sabablari, olingan tadqiqot natijalarining ko‘p holatlarda in vivo tajriba natijalari bilan yuqori korrelyasion bog‘liqlikka egaligi, usulning oddiyligi, amalga oshirilishini qulay va kam xarajatliligi kabilardir.
Ayrim tabletkalar uchun In vitro va in vivo sharoitlarida amalga oshirilgan tajriba natijalari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik hisoblab chiqildi va olingan natijalar asosida korrelyasion bog‘liqlik yuqori darajada ifodalangan “erish testi” niamalga oshirish sharoitlari belgilandi.
Korrelyasiya koeffitsienti qanchalik birga yaqin bo‘lsa, olingan natija shunchalik ijobiy hisoblanadi va bunday holatda korxona sharoitida ishlab chiqarilgan tabletkaning biosamaradorligi in vitro usuli bilan baholansa yetarli bo‘ladi.
Korxona sharoitida in vivo tajribalari o‘rniga in vitro tajribalarini ishlatish imkoniyati borligini ilmiy jihatdan asoslash uchun, ularning korrelyasion koeffitsientini hisoblash lozim. Agar korrelyasion koeffitsient 0,60 va undan katta bo‘lsa, korxona sharoitida biosamaradorlikni in vitro usulida aniqlash kifoya qiladi.
Farmakokinetik tahlil farmakoterapevtik va farmatsevtik omillarni to‘g‘ri tanlashga imkoniyat beradi. Biosamaradorlik testi tirik organizmlarda olib boriladi va aniqligi bilan ajralib turadi, ammo ular murakkab va uzoq vaqt talab qilganligi uchun ishlab chiqarishda kam qo‘llaniladi.
In vivo va in vitro tajribalari asosida olingan ko‘rsatkichlarning bir-biriga mos kelishini bilish uchun ularning korrelyasiya koeffitsientini aniqlash lozim bo‘ladi. Markaziy Osiyoda, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida ham, temir tanqisligi bilan bog‘liq anemiya bilan kasallangan bemorlar sonining yildan yilga ortib borishi kuzatilmoqda. Ekologiyaning yomonlashishi, vaqtida ovqatlanmaslik va haddan tashqari asabiylashish ushbu kasallikning rivojlanishini chaqiruvchi asosiy sabablarga kiradi. Temir tanqisligi bilan bog‘liq anemiya ayniqsa bolalar va emizuvchi ayollar orasida keng tarqalgandir.
Ushbu kasallikni davolash uchun asosan organik va noorganik tabiatga ega bo‘lgan temir preparatlari qo‘llaniladi. Adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, organik tabiatga ega bo‘lgan temir preparatlari noorganik tabiatga ega bo‘lgan temir preparatlaridan ko‘ra yumshoqroq ta’sir qiladi, to‘liqroq so‘riladi va kamroq zaharli ta’sir namoyon etadi. Farmakologik tadqiqotlarning dastlabki natijalariga ko‘ra, tarkibida muayyan miqdoriy nisbatlarda feramid va mumiyo-asilni saqlovchi “Mumifer” substansiyalar aralashmasi hamda feramid, koamid, askorbin va fol kislotalarini saqlovchi “Feraskofol” substansiyalar aralashmasi ma’lum bir dozalarda antianemik faollikka ega. Dorivor moddalar va ularning aralashmalaridan yuqori samarador, turg‘un, iqtisodiy jihatdan foydali va murakkab tarkibli dori turlarini ishlab chiqish esa farmatsevtik texnologiyaning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

Download 193.99 Kb.




Download 193.99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



18-mavzu. Mumifer tabletkasining biosamaradorligini aniqlash

Download 193.99 Kb.