19-Mavzu: Korxona faoliyati biznes rejalashtirishning obyekti sifatida. Reja: Biznesni rejalashtirish




Download 28.85 Kb.
bet1/2
Sana24.03.2023
Hajmi28.85 Kb.
#46450
  1   2
Bog'liq
19-mavzu
Maruza 4, 4-mavzu, TALABALAR UYUSHMALARI FAOLIYAT TIZIMIDA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TALABALARINING TASHKILIY KOMPETENTSIYASINI SHAKLLANTIRISH, DV-Frequently-Asked-Questions-Uzbek, 66892a1a0322d41f01c5c681568556cf, DIE JAHRESZEITEN 1, Mavzu. Matritsa haqida tushuncha. Matritsalar ustida amallar. Re, 13-mavzu. Unitar almashtirishlar, ularning xos sonlari va kanoni, ABDULLA QODIRIY, Nisbiy ustunlik nazariyasi, PLAGIAT VA UNGA YO‘L QO‘YMASLIK TALABLARI, Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari., futbol taktikasi, badmington tarixi

19-Mavzu: Korxona faoliyati biznes rejalashtirishning obyekti sifatida.
Reja:

  1. Biznesni rejalashtirish.

  2. Rejalashtirish bosqichlari.

Rejalashtirish bozor bilan umuman mos kelmaydi, deb hisoblagan bozor munosabatlari tarafdorlari ham bugungi kunda o’zlarining avvalgi fikrlarida qattiq turmayaptilar. Vaqt va hayotning o’zi, xususan, ko’plab xorijiy kompaniya, firma va korxonalar tajribalari rejalashtirish va bashorat qilishning muhim ahamiyat kasb etishini tasdiqlaydilar. Masalan, Rossiyada islohotlar boshida qabul qilingan «tadbirkorlar Rossiyani qutqaradilar» shiori garchi nafaqat Rossiya, balki barcha sobiq ittifoq mamlakatlarining barchasida ham biznes va tadbirkorlik sohasi iqtisodiyotning ustivor yo’nalishiga aylangan bo’lsada, yumshoq qilib aytganda o’z tasdig’ini topdi.
Gap shundaki korxona bu nafaqat bozor subyektidir, u shu bilan bir paytda davlat tizimining elementi ham hisoblanadi. U davlat boshqaruv tizimi va siyosatidan to’liq mustaqil bo’la olmaydi. Markazlashgan iqtisodiyotga asoslangan mamlakatlarda bozor munosabatlarini erkinlashtirish yo’nalishida amalga oshirilgan islohotlar ishlab chiqarish jarayonini chetlab o’tib, shu bilan bir paytda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxonalarda mehnat motivatsiyasi va rejalashtirish tizimini sezilarli ravishda o’zgartirib yubordi.
Menejment sohasi mutaxassislarining ta’kidlashicha, butun rejalashtirish va boshqaruv tizimi xodimlarning ish sifati va samaradorligini oshirishdan manfaatdorligiga yo’naltirilishi lozim bo’lib, bu firma rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi. Biroq bu xuddi boshqa muvaffaqitlar kabi o’zidan-o’zi kelmaydi. Buning uchun resurslar asoslaridan tashqari mohir tashkilotchilik, ilmiy asoslangan rejalashtirish va boshqaruvni talab qilinadi. Ayniqsa kishilarning ishlab chiqarish mehnatidan moddiy manfaatdorligi muhim ahamiyat kasb etib, bugungi kunda buni mehnat hayotining sifati deb nomlanadi.
3.1-rasm Strategik rejalashtirish jarayoni
Masalan, Janubiy Koreyaning «DEU» transmilliy firmasi rahbari Kim U Jung ta’kidlashicha: «biznesda odam boshqa hech qaerda bo’lmagan ahamiyatga ega. Inson - hamma narsadan yuqori. U buyuk kuchdir. Shu sababli kompaniyalar tobora ko’proq kadrlar bilan bog’liq masalalarga e’tibor qaratmoqdalar. Chunki umuman olganda odamlar ishlaydilar. Firmaning gullab-yashnashi yoki inqirozga uchrashi ularga bog’liq«1. Shu sababli bo’lsa kerak, Yaponiya firmasi «Matsusita» quyidagi shiorni tanlab olgan: «narsalarni yaratishdan avval «Matsusita» kadrlarni yaratadi»2.
Bugungi kunda O’zbekistonda turli mulkchilik shaklidagi, turli soha va tarmoqlarga taaluqli 300 mingdan ortiq korxona mavjud bo’lib, ulardan 280 mingtasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi. Ularning ishlab chiqarish faoliyati, shubhasizki, rejalashtirish va boshqarish obyekti bo’lib, bozorga va iste’molchilar talabini qondirishga yo’naltiriladi.
Amaliyotning ko’rsatishicha, ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirishda har bir korxona o’zining bugungi kundagi va kelajak uchun strategiyasini belgilab oladi. Shu sababli rejalashtirish korxonani rivojlantirish strategiyasidan ajralmas bo’lib, buni quyidagi sxema yordamida aks ettirish mumkin
Mazkur holatda strategiya kelajak uchun umumiy g’oyani shakllantirshga imkon berdi. Rejalashtirish jarayonining o’zi va bevosita strategik reja esa korxonaga aniqlik, individuallik hadya etib, bu unga ma’lum turdagi xodimlarni jalb qilish va boshqa turdagi xodimlarni jalb qilmaslikka imkon beradi. Bu reja korxona uchun istiqbollar ochib berib, yangi xodimlarni jalb qiladi, mahsulot ishlab chiqarishdan tashqari uni sotishga ko’maklashadi.
Rejalar shunday tuzilishi kerakki, ular uzoq vaqt davomida buzilmasligi, shu bilan bir paytda zarur hollarda yo’nalishni o’zgartirishga moslashgan bo’lishi lozim. Amalda rejalashtirish jarayonida ikkita muhim savolga javob topish zarur:
1. korxona uchun bozordagi vaziyat bilan bog’liq joriy vazifalarni bajarishda to’siqlar yaratmaydigan strategik maqsadni qanday tanlash;
2. strategik maqsadlarga tayangan holda eng murakkab va kutilmagan hodisa va tashqi tendentsiyalarga munosib va samarali javob qaytarishi uchun moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarini qanday shakllantirish lozim.
Avvalgi buyruqbozlik tizimidagidan farqli o’laroq ko’plab korxonalarda, ayniqsa, mikrofirma va kichik korxonalarda rejalar mustaqil ravishda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Biroq korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish xuddi avvaldagi kabi ko’rsatkichlar tizimi yordamida amalga oshirilib, bu ko’rsatkichlar sifat va miqdor, hajm va solishtirma turlarga taqsimlanadi.

Download 28.85 Kb.
  1   2




Download 28.85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



19-Mavzu: Korxona faoliyati biznes rejalashtirishning obyekti sifatida. Reja: Biznesni rejalashtirish

Download 28.85 Kb.