|
III. O`quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan zaruriy talablar
|
bet | 12/434 | Sana | 15.03.2017 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #158 |
Elektrotexnika ishlari bo`limi: o`quvchilar elektr montaj ishlarida ish o`rnini tashkil qilish; elektr o`tkazish simlarining turlari; elektr o`tkazgichlarni montaj qilish izolyatsiyalash ishlari; elektr asboblari; elektr o`tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini o`rganish; bitta xonani yoritish zanjiri sxemasini tuzish; maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-muhit va inson sog`ligiga ta`siri; elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o`rnini tashkil qilish; kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish asboblari hamda ish usullari; elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullari; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayyorlash; elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko`rsatish, asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushirishga tayyorlash bilan bog`liq kasb-hunarlar bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
|
| |