2 – sinf
Borliqni idrok etish:
- tabiatda uchraydigan tabiiy hodisalar, fasllar va uning o’ziga xos holatlari, ko’rinishlari borasida 1-sinfda egallangan tasavvur, estetik tushunchalarni takomillashtirish;
- borliqni kompleks idrok etish (tabiat, uning elementlari: daraxt, tog’, adir, suv, maysa, uylar, odamlar, hayvonot dunyosi va boshqalar);
- tabiat va unda mavjud bo’lgan barcha voqea-hodisalarning o’zaro bog’liqligi, ulardagi go’zallik, buyum va narsalarning o’zaro aloqasi, shakllari, nisbatlari va boshqalar.
Naturaga qarab tasvirlash:
- turli ko’rinishlar va holatlardagi chiziqlar (shtrixlar)ni chizish; ulardan naturaning holati, shakli, konstruktiv tuzilishi va boshqa xarakterli xususiyatlarni tasvirlashda yordamchi chiziqlardan foydalanish malakalarini shakllantirish;
- loy va plastilindan turli jonivorlar (shu jumladan o’yinchoq hayvonlar)ning rasmi va hajmdor ko’rinishdagi namunasidan haykalchalar yasash;
-ularning harakatdagi holatlarini, xarakterli ko’rinishlarini, tana qismlarining nisbatlarini to’g’ri tasvirlay olish.
|