Naturaga qarab tasvirlash
Naturaga qarab tasvirlash ikki turga bo’linadi:
a) naturaga qarab rasm ishlash; b) naturaga qarab haykal ishlash.
a) Naturaga qarab rasm ishlash o’quvchilarda narsa va hodisalarning hajmi va fazoda joylashuvi, ularning bir muncha tirik belgilari haqida tasavvurga ega bo’lish imkonini beradi, tasvirlash malakalarini o’stiradi.
Naturaga qarab rasm chizish vazifalari 1-2 dars davomida va qisqa muddatli (5-15 daqiqa davomida bajaradigan lavha va chizgilar) bo’lishi mumkin. Xomaki ish va chizgilar darsning muayyan mavzusidan kelib chiqib, darsning boshlanish qismi, o’rtasi yoki oxirida bajarilishi mumkin. O’quvchilarning ko’rib, eslab qolish qobiliyatini, makon haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish uchun ularga eslab va tasavvur qilib rasm chizish bo’yicha ko’proq vazifa berish kerak bo’ladi.
|