1 – sinf
Borliqni idrok etish (3 soat)
Borliqni idrok etish mashg’ulotlarining vazifalari quyidagilardan iborat: O’quvchilar e’tiborini borliqdagi ajoyib narsa, ko’rinish va hodisalarga qaratish orqali (shuningdek, shakllar, ranglar va boshqalar) ularda borliqqa nisbatan qiziqish uyg’otish, ularda chizish istagini hosil qilish va rivojlantirish, tabiatning turli fasllaridagi o’ziga xos go’zalligini ko’ra bilishga o’rgatish;
-
tabiat go’zalligini idrok etishda asosiy tasavvurlar va fantaziyani qo’llashga o’rgatish (daraxt, shox-shabbalarda, qor uyumlarida turli shakllarni ko’rish va boshqalar);
-
o’quvchilarni tabiatdagi, hayotdagi, ijtimoiy hodisalardagi (mahallalardagi, shaharlardagi va qishloq maydonlarining badiiy bezagidagi) go’zallikni ko’ra bilishga va idrok etishga o’rgatish;
-
o’quvchilarda tasviriy san’atning hayot bilan, atrof-muhit bilan bog’liqligi haqida tushuncha berish.
Borliqni idrok etish darslarida bolalar tabiat quchog’iga sayrga olib chiqiladi va u yerda kuzatish bilan birga turli daraxtlarning shoxlari, ildizlari, barglari hamda boshqa tabiiy materiallar to’plab boriladi.
Borliqni idrok etish mashg’ulotlarida sinfda mavzu bilan bog’liq bo’lgan filmlar, slaydlar, san’at asarlarining reproduktsiyalari namoyish etiladi. Musiqa asarlari tinglanadi, she’rlar o’qiladi. Shuningdek, badiiy materiallar, o’quv asboblari, rassomlarning faoliyatlari bilan ham tanishtiriladi.
|